M ike Tyson


Duglas top-jangchi bo‘lmagan. U bungacha uch marta nokautga uchragandi



Yüklə 45,02 Kb.
səhifə2/4
tarix01.04.2023
ölçüsü45,02 Kb.
#92326
1   2   3   4
Mike Tyson

Duglas top-jangchi bo‘lmagan. U bungacha uch marta nokautga uchragandi


Baster Duglas 29 yoshda edi. Uning otasi Billi “Dinamit” Duglas ham o‘z vaqtida muvaffaqiyatli faoliyat boks faoliyatini yuritgan (41 g‘alaba, 16 mag‘lubiyat va 1 durang), ammo chempion bo‘lolmagan.
Tayson bilan jangdan oldin Baster og‘ir vazn toifasining o‘rtamiyona vakili edi — 30 ta jang, to‘rtta mag‘lubiyat (uchtasi nokaut) va faqat bitta chempionlik imkoniyati. 1987-yilda, Temir Maykning parvozi endigina boshlanganida, Duglas IBF chempioni Toni Takerga duch kelib, o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan yutqazib qo‘ygandi. “Toniga yutqazganim meni kuchliroq qilgan deb o‘ylayman. Ha, maqsadimga yaqin kelgandim, lekin yana unga yaqinlashishimni bilardim. Birinchi marta mag‘lub bo‘lish, unvon uchun kurashdagidan ko‘ra og‘riqliroq edi”, — deya yodga olgandi Duglas.
aster ketma-ket oltita jangda g‘alaba qozonishga ulgurgandi, u bu yo‘lda sobiq va bo‘lajak chempion Berbik hamda Oliver Makkolni nokautga uchratgan. Ikki yirik g‘alaba Duglasga Taysondek yirtqichga qarshi yana bir titul jang o‘tkazish imkoniyatini berardi. Jangdan oldin barcha Basterning Mayk uchun yengil “kechki ovqat” bo‘lishi haqida gapiradi. Boisi Duglas The Ring’ning og‘ir vazn toifasi reytingida bor-yo‘g‘i yettinchi o‘rinni egallab turgandi, hech kim uni jiddiy qabul qilmagan.

Har ikki bokschi jang oldidan muammolarga duch keladi


1988-yilning oxirida Mayk menejer Bill Kleyton va murabbiy Kevin Runi bilan xayrlashadi. Runi bilan xayrlashish Taysonning jismoniy holati va texnikasiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Kevin Maykning chempionlik uslubi charxlanishida muhim rol o‘ynagan va Kas D’Amatoning o‘limidan so‘ng murabbiylik rolini o‘z qo‘liga olgandi. Runi ketganidan so‘ng Mayk eski taktika asosida ikkita jangda g‘alaba qozonadi, ammo Duglasga qarshi bahsda murabbiyning burchakda yo‘qligi yaqqol bilinadi.
1989-yilning fevral oyida Tayson yana bir zarba qabul qilib oladi — birinchi rafiqasi Robin Givens bilan ajrashish jarayoni boshlanadi. Nikoh roppa-rosa bir yil davom etgandi. Givens erining o‘zini tutishidan qo‘rqishini ma’lum qilgan — bokschi aktrisani xiyonat qilishda ayblardi. Mayk ajrimga e’tibor bermaganini aytgan bo‘lsa-da, o‘zini tutishida o‘zgarishlar kuzatilgan.
Tayson mashg‘ulotlarga jiddiy yondashmagan. Hatto Duglas bilan jang oldidan uning sparring paytida bir necha marta nokdaunga uchraganligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi. “Mashg‘ulotlarga beparvo munosabatda bo‘lganman deb ayta olmayman. Ammo janglar orasida o‘zimga juda ko‘p narsani ravo ko‘rardim. Qizlar, giyohvand moddalar — xullas, hamma narsa bor edi. Lekin Duglas qarshi jang oldidan zalga qatnaganman — buni aniq eslayman. O‘sha paytda shunchaki mashg‘ulot o‘tkazardim va ayollar bilan munosabatda bo‘lardim. Bu narsa Yaponiyaga uchib borganimizda ham davom etdi. Basterni o‘rganib chiqdimmi? Yo‘q, albatta. Uning birorta jangini ko‘rganim yo‘q”, — degandi Mayk.
Duglas ham yaxshi holatda emasdi. Basterning hayotida uch nafar sevimli ayol bo‘lgan: onasi Lula, rafiqasi Bert va ma’shuqasi Dorris. U bir lahzada ularning barchasidan ayriladi. Jangdan bir oy oldin xotini narsalarini yig‘ib, uydan chiqib ketadi. Bokschiga o‘g‘il farzand tug‘ib bergan Dorris esa leykemiya bilan og‘rib, kasalxonada hayot uchun kurashayotgandi. Tayson bilan uchrashuvdan uch hafta oldin esa onasi Lula vafot etadi. Basterning menejerlari unga Yaponiyadagi jangdan bosh tortishni taklif qiladi, ayniqsa Lula undan “quturgan hayvon” (Tayson nazarda tutilmoqda) bilan ringga chiqmaslikni so‘ragan. Ammo bokschi jang qilishga qaror qiladi: “Onam uchun g‘alaba qozonishni xohlagandim. Agar jangni bekor qilganimda, qo‘rqoq va noshud bo‘lardim”.
Duglasning muammolari shu bilan tugamaydi. Ringga chiqishdan bir kun oldin sportchi shamollab qoladi — ehtimol iqlimning keskin o‘zgarishi bunga ta’sir qilgandir. Jangchining harorati 38 darajaga ko‘tariladi, u kecha-yu kunduz antibiotiklar qabul qilsa-da, maqsadidan voz kechmaydi.
Jang oldidan Duglasga hech kim ishonmasdi, hatto Billining otasi ham o‘g‘liga oson bo‘lmasligini aytgan. Bukmekerlar esa uning g‘alabasiga aql bovar qilmas darajadagi koeffitsiyentlar qo‘yadi. Mutaxassislar bir ovozdan Taysonning raqibini yo‘q qilib yuborishini bildiradi, Associated Press jurnalisti Ed Shuyler esa bo‘lajak jang haqida kulgi aralash shunday deydi: “Tokioda qancha vaqt ishlayman? Menimcha, 90 soniyadan ko‘p emas”.

Yüklə 45,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin