oqimlarni boshqarish dasturi doirasida ma’lum ishlarni vaqt bo‘ylab
rejalashtirish (ishlar bajarilishining kalendar grafigini aniqlash) va
logistik vazifalami bajarishda qatnashuvchi funksional bo‘linmalari
orasida resurslarni taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat qilish moddiy oqimlarni boshqarishning funksiyasi
sifatida korxonaning tashkiliy strukturasini aniqlaydigan kanallar
orqaii amalga oshiriladi va u belgilangan parametrlar bo‘ylab tovar
harakati jarayonining o'tishini uzluksiz kuzatishdan iborat. Buning
uchun moddiy oqimlarning holati haqida m a’lumotlarni yig'ish
va qayta ishlash amalga oshiriladi, ishlab chiqarish buyurtmalarini
bajarish bo'yicha rejadagi vazifalardan chetlanishlar aniqianadi va
tahlil qilinadi, olib borilgan ishlarning qo‘yilgan maqsadga moslik
darajasi haqida xulosalar chiqariladi. Aniqlangan kamchiliklarni
yo'qotish boshqarish y o li bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish o ‘zining ichiga quyidagi amallarni oladi: ishlab
chiqarish buyurtmalarini ng bajarilishi bo'yicha ish grafigining
buzilishi va bu keltirib chiqargan sabablarning tahlili; chetlanish-
larni yo'qotish bo'yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga
oshirish bo'yicha chora-tadbirlar.
Aytib o'tilgan amallar bir vaqtda amalga oshiriladi va birgalikda
moddiy oqimlarni boshqarish mexanizmini tashkil etadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: