Axborot oqimi
— bu m a’lum ketma-ketlikda, belgilangan yo‘na-
lishda harakatlanayotgan ham da boshlang'ich, oraliq va oxirgi
nuqtalari belgilab qo'yilgan axborotdir.
Axborot jarayoni
— bunda axborot o'zgarishiam ing aniq ketma-
ketligiga ega bo‘lgan asosiy obyekt sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu
holatda axborotni yig‘ish,
tahlil qilish, qayta shakllantirish, saqlash,
qidirish va tarqatish m uhim o ‘rin tutadi.
Logistik tizim da o'tadigan axborot jarayoni davomida quyidagi
funksiyalar amalga oshiriladi:
• axborotni vujudga kelish joylaridan yig‘ish;
• axborotni tahlil qilish va qayta shakllantirish;
• axborotni yig‘ish
va saqlash;
• axborotni tashish;
• axborot oqim ini filtrlash, ya’ni boshqaruvning u yoki bu
darajalariga zarur b o ‘lgan m a’lum otlar
va hujjatlarni tanlab
olish;
• axborot oqim larini birlashtirish va ajratish;
• elem entar-axborot qayta shakllantirishlarni amalga oshirish;
• axborot oqim ini boshqarish.
Alohida korxona darajasida axborot logistik tizimlari uchta
guruhga ajratiladi.
Rejali axborot tizimlari logistik tizim lam i boshqarishning yuqori
darajasida tashkil etiladi ham da strategik xarakteiga ega bo'lgan
qarorlarni tayyorlash va qabul qilish uchun xizmat qiladi:
logistik
zanjir b o ‘g ‘in larin i tashkil etish va o p tim allashtirish; ishlab
chiqarishni rejalashtirish; zaxiralar va zaxiralaming um um iy bosh
qaruvi va boshqalar.
Dispozitiv yoki dispetcher tizim lar om bor yoki sexni boshqarish
m aqsadida tashkil etiladi va bu logistik
tizim lam ing samarali
ishlashini ta ’minlaydi.
Bu yerda quyidagi m asalalar hal q ilin a d i: om b o r va sexlarda
z a x ir a la rn i b o s h q a ris h ; tr a n s p o r tn i b o s h q a r is h ; y u k la rn i
tanlash
va kom plektlash; j o ‘natilgan to v arlar hisobi va b o sh
qalar.
Bajaruvchi yoki operativ tizim lar boshqaruvining u yoki bu
organlari asosida tashkil etiladi va moddiy oqimlarni operativ bosh-
148
qarish. uiar harakatining grafik va rejalari bajarilishi ustidan
nazorat, yuklar harakatini boshqarish va boshqalar bilan bog'liq
masalalarni yechadi.
Axborot logistik tizim lari korxonani boshqarish tizim ining
iyerarxik strukturasiga mos keladi
va u ch ta darajadan iborat
bo‘ladi:
— birinchi daraja — logistik operatsiya amalga oshirilayotgan
ish joyi;
— ikkinchi daraja — ish joylari joylashgan va yuklarni tashish
amalga oshirilayotgan uchastka, sex, omborlar.
— uchinchi daraja - xom ashyoni
tushirib olishdan tayyor
mahsulotni yetkazib borishgacha bo ‘lgan voqealar zanjirini qamrab
oluvchi transport va yuklarni tashash tizimi.
Bu uchta darajalardan keladigan axborot bitta axborot tizimiga
integratsiyalashadi. Vertikal va gorizontal integratsiyalar ajratiladi.
Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv
va bajaruvchi tizimlar
orasida aloqani vertikal axborot oqimlari orqali ta ’minlaydi.
Gorizontal integratsiya deb dispozitiv va bajaruvchi tizimlarning
alohida komplekslari orasida aloqaning gorizontal axborot oqimlari
orqali ta’minlashiga aytiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: