• Suhbatdoshim menga qanday savollarni berishi mumkin?
Agar suhbatdoshim menga ovozini ko‘tarsa, gap qaytarsa, qarshilik
qilsa, rozi bo'lsa, mening fikrlarimga e’tibor bermasa, ishonmasa,
ishonmasligini yashirsa men nima qilaman?
Muloqotning 2-bosqichida suhbatdosh bilan bevosita yuzma-yuz
bo'lish, «emotsional mikromuhit»ni his qila olish, tezkor ravishda
suhbatni boshlash. Ba’zida suhbatdoshlar gapni nimadan boshlashni
bilmaydilar. Bu holda quyidagi usullami qo'llash zarur:
• Shunday savol qo'yingki, u munozarali bo'lmasin, qiziqarli,
qisqa bo'lsin;
• Fikringizni qisqa, lo'nda ifodalashga harakat qiling;
• Hukmingizni, qaroringizni asoslang;
• Savol berganingizda «qachon?» «nimaga?» «qanday?» kabilarni
ishlatsangiz suhbatdoshingiz «ha yoki yo'q» degan javobni bera olmaydi.
• Xodimingizning oxirgi fikrini ham eshitishga harakat qiling,
tinglash madaniyatiga rioya qiling.
• Javob berishga shoshmang, uning savollarini mohiyatini yaxshilab
o'ylab keyin javob berishga harakat qiling.
• Xodimning savoliga keskin ravishda javob bermang.
Rahbar uchun eng qiyin holat suhbatni boshqarib turish. Agar u
xodimni tinglay olmasa, suhbatni ham boshqara olmaydi.
Rahbar suhbatni boshlashdan awal xodimning kayfiyatini aniqlashi,
oilaviy sharoitini so'rashi, keyin savol bilan murojaat qilishi lozim. Agar
suhbatni buyruq berishdan boshlasa suhbat muvaffaqiyatli bo'lmaydi.
Ayrim hollarda xodim bilan rahbar o'rtasida nizo kelib chiqishi
mumkin. Sababi rahbar xodimlarga odob bilan murojaat qilmaydi.
Rahbarlarning xodimlar bilan ishlashining uch uslubi bor:
1.
Dostları ilə paylaş: