JO-jadval
Yuqoridagi chizmadan ko'rinib turibdiki, Yo'lchiyev Tursunovga,
M uhiddinov Yo'lchiyevga, Tursunov esa Muhiddinovga ishni
topshiradi, o'zlari esa mas’uliyatdan qochadi. Demak, har bir guruhda
qanchalik odam kam bo'lsa, boshqaruv shunchalik yaxshi bo'ladi.
Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy xizmatlar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlaming uchta turini ajratish mumkin:
1. Tashkiliy-texnologik maqsad ustuvorligi. Masalan, bosh muhandis,
direktor o'rinbosari kabi lavozimdagilarda bu ustuvorlik kuchli bo'ladi.
2. Ustuvorlik iqtisodiy tizimda ham bo'ladi. Chunki barcha
tashkilotlar iqtisod asosida ko'riladi. Masalan, artellar, xususiy ishlab
chiqarish, kooperativlar.
3. Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy maqsadlar teng huquqli bo'lishi
kerak. Agar biri (bosh iqtisodi) ikkinchisi (bosh muhandis) ning
ustidan boshliq bo'lib qolsa ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Shuning
uchun bu lavozimlar teng huquqli bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
5.2. Muloqotdagi nizolarning oldini olish
va uni bartaraf etish
Suhbatdoshlar o ‘zaro muloqotga kirishar ekan, ular o'rtasida
nizoning vujudga kelishi ehtimoli doimo mavjud bo'ladi. Nizolar inson
hayotining ajralmas qismidir. Bir-biridan farqlanuvchi fikrlarga,
maqsad va unga erishish yo'llari haqidagi tasawurlarga ega bo'lgan
kishilar mavjud joyda, inson individualligining namoyon bo'lishiga
to'sqinlik qilinmaydigan makonda nizoli vaziyatlar paydo bo'ladi.
NIZO — muloqot ishtirokchilarining har biri uchun muhim
bo'lgan muammoni hal etish vaqtida ular o'rtasida vujudga kelgan
qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.
Nizoning asosi muloqot ishtirokchilarining biri ikkinchisining o 'z
ehtiyojlarini qondirish, o 'z maqsadlariga erishish jarayoniga
to'sqinlik qila boshlashi tufayli paydo bo'ladi. Bu — nizoli vaziyat.
Muloqot ishtirokchilarining ushbu nizoli vaziyatda vujudga kelgan
to'siqni bartaraf etish uchun amalga oshiruvchi harakatlari nizoni,
ya’ni ochiqdan ochiq qarshi kurashni keltirib chiqaradi. Demak,
nizoning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: muammo +
nizoli vaziyat + insident = nizo.
Nizo qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketganligi
bilan bahsdan farq qiladi. Nizo o'z tarkibiy tuzilishi, amal qilish
sohasi, dinamikasi va turlariga ega. Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot
ishtirokchilarining tashqi va ichki pozitsiyasi hamda nizo obyektidan
iborat. Tashqi pozitsiya — kishining xulq-atvori. Ichki pozitsiya —
kishining maqsadi va motivlari. Nizo obyekti — nizoning sababi. Nizo
ishchan yoki shaxsiy sohada amal qilishi mumkin. Masalan, ishchan
sohada — «nega kech qoldingiz?», «qandaydir muammolar paydo
bo'ldimi?», «keyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam
bo'ladimi?», «kech qolishingiz sababini bilsam bo'ladimi?». Shaxsiy
sohada — «nega buncha uyquchisiz?», «shunchalar ham mas’uliyatsiz
bo'lasizmi?», «keyingi safar ham shunaqa kech kelavering, xo'pmi?».
Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: yetilish, ro'yobga chiqish,
so'nish.l-bosqichda nizo ro'yobga chiqishining oldini olish mumkin.
Samarali usullardan biri kommunikativ o'zaro ta ’sir sohasidan
predmetli faoliyat sohasiga o'tish. Ro'yobga chiqish bosqichiga o'tgan
nizoning oldini olib bo'lmaydi. So'nish bosqichining kelishini kutish
kerak bo'ladi. Bu bosqichda korreksion tadbirlarni o'tkazish samaralidir.
Nizolar bir qancha belgilariga ko'ra tasniflanadi:
1.
Natijasiga ko'ra: konstruktiv — munosabatlaming yaxshilanishi,
muammoning ikkala tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Destruktiv — munosabatlarning yomonlashuviga, muammoning hal
etilmasligiga olib keladi.
2. Davom etish vaqtiga ko'ra: uzoq muddatli — ro'yobga chiqish
bosqichi cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli — ro'yobga chiqish
bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo.
3. Keskinlik darajasiga ko'ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-
qarshilik, dushmanlik.
4.Faoliyat sohasiga ko'ra: boshqarish sohasidagi, ishlab chiqarish
sohasidagi.
Psixologlar m uloqotdagi nizolarning oldini olish uchun
quyidagi qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib o'tadilar:
• tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik;
• fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash;
• e’tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh flkrini bo'lmaslik,
suhbatdoshga o'z flkrini bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan
qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga kamroq
e’tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat
vaziyatidan chalg'imaslik;
• ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta ’minlash;
• suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish;
• qat’iy fikr bildirishdan saqlanish;
• fikrni bildirishdan awal u nima haqida ekanini ma’lum qilish;
• suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik);
• befoyda bahslarga kirishishdan saqlanish;
• buyruq ohangidan voz kechish;
• «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan
foydalanish;
• ijobiy emotsiyalami saqlab turish, ko'proq tabassum qilish.
Nizo ro'y bergach, uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal
qilish tavsiya etiladi:
1. Vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar
boshqarish).
2. Nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi
savollar berish).
3. Shaxsiy sohadagi to'qnashuvga yo'l qo'ymaslik (suhbatdoshning
shaxsiy xususiyatlaridan ranjishni, ulami yoqtirmaslikni ko'rsatmaslik,
shaxsiy ustunlikni ko'rsatishdan saqlanish).
4. Har bir so'z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish
(jumladan, «siz adashdingiz», «siz xato qilyapsiz», «es-xushingiz
joyidami?» kabi negativ iboralarni ishlatishdan saqlanish).
5. Kompromiss (kelishuvchanlik) uchun ochiq bo'lish (o'zaro
manfaatli kelishuvga tayyor turish).
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.
Suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va tahlil
qilish (uning hissiyotlarini tushunishga harakat qilish, shaxsiy
pozitsiyaning suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini
aniqlash).
Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni
faqat pozitsiya (nuqtayi nazar)larning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi tufayli
ro'y bergan hodisa, deb hisoblash lozim. Demak, biz o'zaro muloqotda
nizolaming paydo bo'lmasligiga harakat qilmog‘imiz, suhbatdoshimizni
to‘g‘ri tushunmog'imiz kerak. Shundagina atrofdagilar bilan bo'ladigan
muloqotimiz muvaffaqiyatli amalga oshadi.
5.3. Guruhlararo muloqotlar texnologiyasi
Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo'lmagan guruhlar ham mavjud.
Bunday guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo'ladilar.
Chunki ularning xarakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi.
Bunday norasmiy guruhlar tanaffus paytlarida shakllanadi. 7—8
kishidan iborat uyushma muloqot orqali birlashadi. Natijada norasmiy
guruh paydo bo'ladi. Shunday guruhlar bayram konsertlaridan aw al,
dam olish zonalarida, kechqurun uyda to'planilganda o'z-o'zidan
tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqt imkoniyati chegaralangan. Shuning
uchun kishi faqat 7—8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo'la oladi.
Shuning uchun katta jamoada rahbar bilan xodimlar o'rtasida
ziddiyatlar tez kelib chiqadi. Norasmiy guruh a’zosi rahbardan ham
guruh a’zolaridan ham bir xil xatti-harakatni kutsa ziddiyat kelib
chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talab, guruh a’zolari boshqa talab
qo'ysalar nizolar kelib chiqishi, jamoaning ruhiy muhiti buzilishi
mumkin. Psixologik tadqiqotlaming ko'rsatishicha, gumh a’zolarining
ijobiy munosabati eng yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan.
Ogohlantirish olganga nisbatan guruh a ’zolarining hurmatidan qolish
yomonroq. Guruh qanchalik uyushgan bo'lsa, rahbar bilan ziddiyatga
borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a’zosini jamoa himoya
qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki butun bir guruhni
boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi
qiyin b o 'lad i. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib,
chuqurlashib boraveradi. Chunki uni tug'diradigan sharoitlar — bu
kishilaming qiziqishlari, qarashlari, bir-birlarini tushunishlaridir.
Guruhda kishilaming madaniyat darajasi bir xil bo'lsa, bunday guruh
referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi
kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya, simpatiya tez shakllanadi.
Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlari
to'g'ri kelmasa ziddiyat kelib chiqadi. Muloqotni barqarorlashtirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisobiga guruhdagi nizolar bartaraf qilinadi. Guruhning o‘z qonun-
qoidalari mavjud bo'ladi. Guruh a’zolari unga albatta bo‘ysunishlari
kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Guruhdagi me’yor,
tartib va qoidalar shaxsning shu guruhda o‘z o'mini topishiga, mavqeni
egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a ’zolarining fikri bilan
hisoblashishlari, guruhning flkrini qo'llab-quw atlashlari lozim.
Shundagina jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi.
5.4. 0 ‘zaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motiv
Har bir guruh ichidan liderlar (yetakchi) yetilib chiqadi. Rahbar
yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator (ma’mur)
bo'lsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh a’zolari mana
shu norasmiy liderga ergashadi. Shuning uchun jamoaning tayinlangan
rahbari jamoa ichidan yetilib chiqqan lider bilan hamkorlikda ish
olib borishi lozim. Bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar bo'lishi
mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh a’zolariga ta’sir qilishi
oson bo'ladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari
yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ayrim hollarda lider bilan rahbaming
hamkorligi qarama-qarshi fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt
do'stona munosabatni amalga oshira olmaydilar. Chunki rahbar doim
ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki aksincha, rahbaming
talabini har doim guruh a’zolari bajaravermaydi. Shunda ziddiyatlar
kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider rahbar
bilan guruh a’zolarini kelishtirishi kerak. Norasmiy lider guruh
a’zolarining qiziqishlarini himoya qilsa, rahbar tashkilotning
manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati bilan a ’zolar manfaati
yoki tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga doim ham
to'g'ri kelavermaydi. Jamoa a’zolari birgalikda bajarayotgan ishlarini
o'zlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalargina jamoaning ishi yaxshi samara
beradi.
Shaxsda tug'iladigan ziddiyat maqsadga to'g'ri yo'naltirilgan bo'lsa
o'z samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat
bo'ladi. Birinchi bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi.
Ikkinchi bosqichda ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda
ayrim qismlari tahlil qilinadi. Ziddiyatning keltirib chiqaruvchi o'z
tashkilotchisi bo'ladi. Ziddiyatda maqsadga yo'naltirilgan xatti-
harakatlar tug'iladi. Maqsad ishonchli bo'lmasa u kuchini yo'qotadi.
Turli maqsadlar o'zining yutug'i uchun turli usullami talab qiladi.
Shuningdek, ishonchli bo'lmagan maqsad — «deklarativ maqsad»dir.
Masalan, bir narsani talab qilib boshqa narsa ko'zda tutiladi. Shaxs
nizoni keltirib chiqarayotgan paytda o'zini xuddi boshqalarning
www.ziyouz.com kutubxonasi
m anfaatini ko‘zlab harakat qilayotgandek ko'rsatadi, aslida esa o 'z
m an faatini k o'zlay di. N izodagi x a tti-h a ra k a tla r faqat m aqsadga
qaratilgan bo'lm asdan, realistik tabiatga ega bo'ladi. Intellekt darajasi,
ishlab chiqarish m uam m osi b o 'y ich a bilim ayni paytdagi ziddiyatni
hal qilish uchun vaziyatni to 'g 'ri ko'rish kafolatini berm aydi. Shaxs
ziddiyatga borayotganida anglanm agan m otivlar asosida x atti-harak at
qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo tug'ilayotgan paytda o'zining aniq
maqsadiga va anglangan m otivlariga ega bo'lishi zarur. Z iddiy atlam i
bartaraf qilish uchun o 'z shaxsiy m anfaatinigina k o'zlam asdan, butun
jam oa m anfaatini ko'zlab ish olib borish lozim. Ideal «men»imiz hech
qachon real «men»imiz bilan to 'g 'ri kelavermaydi.
Ziddiyatli vaziyatning obyektiv rejasini idrok qilish. Z iddiyatni
bartaraf qilayotganda chegarani his qila bilish kerak. Y a’ni «kutish» va
«harakat qilish» orasidagi chegarani aniqlash ko'nikm asi bo'lishi zarur.
O 'z-o 'zig a baho berishning past bo'lishi passivlikka olib keladi:
aslida u voqealarga faol yondasha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulq-
atvom i nam oyon qila bilishi zarur. O pponent uchun o 'ziga yuqori
baho berish ziddiyatli vaziyatni to 'g 'ri idrok qila olm aslikka, tez va
oson g'alabaga erishishni kutishga olib kelsa, o'ziga past b ah o berish
vaziyatning m urakkabligini kuchaytirib idrok qilish, m uvaffaqiyatga
erishishga ishonm aslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy oqibatdan
himoyalanishga olib keladi.
Ish usullarini tanlash. O 'ziga yuqori baho beradigan o p p o n en t
ziddiyatli vaziyatda ishonch bilan, qat'iy turib o'zining nuqtayi nazarini
bayon qiladi. O 'ziga past baho beradigan opponent esa o 'z in i himoya
qilishga harakat qiladi. O'ziga yuqori baho beradigan opponent egoistik
(lav o zim idan ajrab q o lish d a n q o 'rq is h , m oddiy m an fa a td o rlik ,
o'zining xavfsizligini saqlab qolish) m otivlarini asosiy o'rin g a qo'ygan
holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent shaxsiga
qarshi yo'naltirilgan bo'ladi.
Kelishuvchanlik munosabati. Bu so'zning m a’nosi o'zaro chekinishga
rozi bo'lish deganidir. Z iddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yo'li
bilan qism an erishish m um kin. M aqsadga erishish im koniyatlari to 'la
yo'qolgan bo'lsa kelishuvchanlik vujudga keladi.
Om adsizlikka m unosabat. Z iddiyatni b artaraf qilayotganda o'ziga
past baho beradigan opponentda bunday holat sodir b o 'lish i m um kin.
Om adsizlikka konstruktiv m unosabat xatolarni tan olish, o'zin in g
kuchsiz tomonlarini his qilishda ko'rinadi. O'ziga yuqori baho beradigan
opponent yutqazsa ham aybni boshqa qatnashchilarga qo'yadi. Past
baho beradigan opponent esa o'zidan ayb qidiradi. Nizoga borayotganda
nim a uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nim alarga olib kelishi,
qanday yutuqlarga erishish m um kinligini o'ylab harakat qilish joiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
5.5. Tashkillashtirilgan ziddiyatlar
Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin.
Masalan, xodimlar uyidan kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hanikasbi
bilan ham nizoga borib qolishi tabiiy hoi. Ishga m as’uliyatsizlik bilan
yondashilsa ham ziddiyat kelib chiqishi shubhasiz. Shaxslararo ziddiyatlar
vujudga kelishi bilanoq bartaraf qilinmasa u jamoaning barcha a’zolariga
ta ’sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi faqat tashkilotgagina taalluqli
bo'ladi. Ziddiyatlam ing vazifasi tadqiqotchilam ing diqqat markazida
turadi. Hozirgi kunda kishilar o 'rtasida um um iy ziddiyatlar kelib
chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim. Chunki dunyoning bir
qancha mamlakatlarida turli buzg'unchi g'oyalar asosida aqidaparastlar,
ekstrem istlar kishilar o 'rtasid a adovat u ru g 'in i sochishga harakat
q ilm o q d ala r. H a r b ir tash k ilo td a g i ra h b a r x o d im larin in g tu rli
buzg'unchi g'oyalarga ishonmasligiga harakat qilishi lozim.
Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga o'xshatish
mumkin. Lekin inson ongli mavjudot bo'lgani uchun har bir qiladigan
harakatini aw aldan o'ylab, aniq bir maqsad asosida faollik ko'rsatadi.
Ziddiyatlar butunlay y o 'q b o 'lib ketm aydi, balki u davom etishi,
shaxslararo m unosabatlarga aylanib ketishi m umkin.
Tashkilotda ichki ziddiyatlaming kelib chiqishiga aw alo rahbar
sababchi bo'ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimlam i
teng ko'rishi, to 'g 'ri munosabatda bo'lishi zarur. Rahbar demokratik
usulda jamoani boshqara olsa, bu jamoada ziddiyatlar kam paydo bo'ladi.
Xodim lar o'rtasidagi chaqim chilik, bir xabam i boshqacha talqinda
yetkazish, vahima tarqatish orqali ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyat — bu faoliyat. Kishilar ziddiyat orqali faoliyatda bo'ladilar.
(nutq orqali, verbal va noverbal m uloqot orqali).
Barcha tug'iladigan ziddiyatlam ing oldini olish, b a rta ra f uchun
rahbarda tashkilotchilik qobiliyati yaxshi shakllangan b o 'lish i kerak.
5.6. Insoniy m uloqotlar psixologiyasi
H ar bir norm al kishi o 'zin i o'zg alarni tinglashga, o 'z flkrini
birovlarga yetkazishga, ya'ni gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda
bayon etishga tug 'm a qobiliyatliday tasavvur qiladi. Lekin aslida ana
shu birovlarni tushunish va o 'z fikrlarim iz, o'ylarim izni birovlarga
yetkaza olish qobiliyati bizning insoniy m u n o sa b a tla r tiz im id a
ekanligimizni, har birimiz o'zim izga o'xshash inson jamiyatisiz mavjud
b o 'la olmasligimizni bildiradi.
M uloqotning turi va shakllari turlichadir. M asalan, bu faoliyat
bevosita «yuzma-yuz» bo'lishi; u yoki bu texnik vositalar (telefon,
www.ziyouz.com kutubxonasi
telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan; biro r professional
faoliyat jarayonidagi amaliy yoki d o 'sto n a bo'lishi; subyekt-subyekt
tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (m onologik) b o 'lish i
m um kinligini professor V. Karim ova ta ’kidlaydi.
Insoniy m unosabatlar o 'zaro shunday ta ’sir jarayonlariki, u n d a
shaxslararo m unosabatlar shakllanadi va nam oyon b o 'ladi. B unday
ja ra y o n d a stla b k ish ila r o 'r ta s id a r o 'y b e ra d ig a n fik rla r, h is-
kechinm alar, tash v ish -q u v o n ch lar alm ashinuvini nazarda tu ta d i.
Kishilar m uloqotda bo'lgani sari ular o'rtasida um umiylik, o'xshashlik
va uyg'unlik kabi sifatlar paydo bo'ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda
tushunadi yoki «yarim ta jum ladan» ham fikr ayon b o 'lad i, ayrim
hollarda esa ana shunday m uloqotning tig'izligi teskari reaksiyalarni
— b ir-b irid a n c h a rc h a s h , g ap irad igan g apning qolm aslig i kabi
v aziy atn i k e ltirib c h iq a ra d i. M a sa la n , o ila m u h iti va u n d a g i
m unosabatlar ana shunday tig'iz m unosabatlarga kiradi. Faqat b u n day
tig'izlik oilaning barcha a ’zolari o 'rtasida em as, uning ayrim a ’zolari
o'rtasida b o 'lish i m um kin. (E r-xotin, qaynona-kelin).
O 'zaro m unosabatlarga kirishayotgan to m o n lar m un o sab atd an
ko'zlaydigan asosiy m aqsadlari — o 'zaro til topishish, b ir-b irin i
tushunishdir. H ar qanday faoliyatdan zerikish, charchash m um kin ,
faqat kishi m ulo q otd an , ayniqsa uning norasm iy, samimiy, bevosita
shak lid an c h a rc h a m a y d i, yaxshi su h b a td o sh lar doim o m a ’naviy
jihatdan rag 'batlantiriladilar.
T u rli k a sb -fa o liy at so h asid a ish lay o tg an k ish ilar g u ru h in in g
ko'payishi, u lar o 'rta sid a m un o sabatlar va aloqaning dolzarbligi
a x b o ro tla r t ig 'i z s h a ro itd a o d d iy g in a m u lo q o tn i e m a s, b a lk i
professional, bilim donlik asosidagi m uloqotni talab qiladi.
Oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular so tsi-
ono m ik guru h kasb lar deb atalib, ularda «odam -odam » dialogi
faoiiyatning sam arasini belgilaydi. Ju m ladan, pedagogik faoliyat,
boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar, marketing va boshqalar. (Karimova
V. Psixologiya. 2002. 160—161-betlar).
5.7. S h ax slararo m uloqotning shaxs
rivojlanishida tutg an o ‘rni
H ar b ir in so n n in g ijtim oiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi,
fazilatlari, h atto nuqsonlari ham m uloqot jarayonining m ahsulidir.
H ar qanday m uloqotning eng sodda vazifasi — suhbatdoshlarning
o 'z a ro b ir-b irlarin i tushunishlarini ta ’m inlashdir. Bu o 'zb e k la rd a
samimiy salom -alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan
boshlanadi. Bu jihat milliy o'ziga xoslikka ega. Yana bir m uhim vazifasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijtimoiy tajribaga asos solish bo'lib, odam bolasi faqat odam lar orasida
ijtim oiylashadi, o'ziga zarur insoniy xususiyatlam i shakllantiradi.
M uloqotning yana bir m uhim vazifasi — u odam ni u yoki b u
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Kishilar guruhidan uzoqlashgan,
ular nazaridan qolgan kishining q o 'li ishga borm aydi. H ar qanday
yolg'izlik va m uloqotning yetishmasligi odam da m uvozanatsizlik,
h issiy o tg a b e rilu v c h a n lik , h a d ik s ira s h , x a v o tirla n is h , o 'z ig a
ishonchsizlik, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shaxsning muloqotga
bo'lgan ehtiyojining to 'la qondirilishi uning ish faoliyatiga ta ’sir
ko'rsatadi. IGshilar, ulam ing borligi, shu m uhitda o'zaro gaplashish
im k o n iy a tin in g m av ju d lig i fak ti k o 'p in c h a o d a m n in g ish la sh
qobiliyatini oshiradi, ayniqsa, gaplashib o'tirib qilinadigan ishlar.
O dam lar yonidagi hamkasbiga qarab ko 'p roq, tezroq ishlashga kuch
va qo'shim cha iroda topadi. Bu hamkorlikda o'sha yonidagi odam unga
yoqsa, ular o 'rtasid a o 'zaro sim patiya hissi bo'lsa, unda odam ishga
«bayram ga kelganday» keladigan b o 'lib qoladi. S huning uch u n
am erikalik olim Dj. M oreno sotsiom etrik uslubni ishlab chiqqan edi.
D em ak, m uloqot kishilam ing jam iyatda o 'zaro ham korlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik m exanizm ini tashkil etadi.
■/
5.8 . M uloqotning psixologik vositalari va darajalari
Kishilar bir-birlari bilan m uloqotga kirishar ekan, ulam ing asosiy
ko'zlagan m aqsadlaridan biri — o 'z a ro bir-birlariga ta ’sir ko'rsatish,
ya’ni fikr-g'oyalariga k o'ndirish, harakatga chorlash, ko'rsatm alarni
o'zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik t a ’sir — bu
turli vositalar yordam ida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-
harakatlariga t a ’sir ko'rsata olishdir.
V. Karimovaning fikricha, psixologiyada, psixologik ta ’siming uch
vositasi farqlanadi:
1. Verbal ta ’sir — so'z va nutqim iz orqali ko'rsatadigan ta ’sirimiz.
Asosiy vosita bu yerda so'zlardir. N utq — so'zlashuv, o'zaro m uloqot
jarayoni b o 'lib , uning vositasi so 'zlar hisoblanadi. M onologik nutqda
ham , dialogik nutqda ham kishi o'zidagi barcha so'zlar zaxirasidan
foydalanib, eng t a ’sirchan so'zlam i topib, sherigiga ta ’sir ko'rsatishni
xohlaydi.
2. P aralin gvistik t a ’sir — n u tq n in g atrofidagi uni bezovchi,
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki
past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to'xtashlar, duduqlanish,
yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga
qarab, do'stim iz bizga biror narsani va’da berayotgan bo'lsa, biz uning
qay darajada sam im iyligini bilib olamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3.'Noverbal ta ’siming m a’nosi^ning ttiakonda bir-birlariga nisbatan tutgan o ‘rinlari, holatlari (yaqin,
uzoq, intim ), qiliqlari, m im ika, pantom im ika, qarashlar, bir-b irin i
bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar
(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi m uloqot jarayonini yanada
kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga
yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko'ra, birinchi
m arta k o ‘rishib turgan su h batdoshlardagi taassurotlarning ijobiy
bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik om illar 38% va noverbal
harakatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta’sirga ega bo'lishi
sheriklaming rollariga bog'liq. T a’sirning tashabbuskorida ataylab ta ’sir
ko'rsatish maqsadi b o ‘ladi va u bu m aqsadni amalga oshirish uchun
barcha yuqorida ta ’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar
xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o'm idan turib kutib oladi,
quyuq so‘rashadi, keyin maqsadga o 'tad i. T a ’sim ing adresati — ta ’sir
yo'naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskoming suhbatga tayyorgarligi yaxshi
bo'lm asa yoki adresat tajribaliroq sherik bo'lsa, u tashabbusni o 'z q o iig a
olishi va ta ’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi m umkin bo'ladi.
Kom m unikativ jarayonda o'zaro aloqa to 'rt bosqichni bosib o'tadi:
1-bosqich: m uloqot ishtirokchilarining bir-biriga yo'nalishi.
2-bosqich: m uloqot ishtirokchilarining bir-birini aks ettirishi.
3-bosqich: m uloqot ishtirokchilarining bir-biriga axborot uzatishi.
4-bosqich: m uloqot ishtirokchilari o'rtasidagi aloqaning tugatilishi.
M asalan, avtobusda kelayotgan A ning oldidagi b o 'sh o 'rin d iq q a
В o'tirish uchun tayyorlanmoqda. В aw al A ga qaradi. A o 'z navbatida
В ga razm soldi (tom onlar bir-biriga y o 'n ald i). A esa В ning tashqi
ko'rinishida hech qanday xavotirga soladigan belgilar yo'qligini k o'rdi.
В ham A ning hech qanday yoqimsiz belgilari yo'qligini payqadi
(tom onlar bir-birini aks ettirdi). В o'tirdi. A o 'z navbatida В ning unga
xalaqit berm ayotganligini yuz ifodasi yoki so'z bilan bildirdi. В ham
A ning biroz surilganligiga yuz ifodasi yoki so 'z bilan tashakkur bildirdi
(tom onlar axborot alm ashdi). A o'qib kelayotgan kitobiga e ’tibo rin i
qaratdi. В o 'z xayollariga berildi (aloqa tugatildi). Biror sabab tufayli
aloqani tugatishga hali erta bo'lsa, individ ikkinchi bosqichga qaytadi,
undan uchinchi bosqichga o'tad i. Aloqa tugatilm aguncha bu jaray o n
davom etaveradi.
Aloqa bosqichlarining mazmunini m uloqot darajalari belgilab beradi.
M uloqot darajasi suhbatdoshga bo'lgan m unosabatni, qiziqishni, aloqa
uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi. M uloqotning quyi darajalarida
suhbatdoshga qiziqish mavjud bo'lm aydi, u oddiy m oddiy jism sifatida
ko'riladi,' unga nisbatan tepadan yondashiladi, undan «berkinish»
www.ziyouz.com kutubxonasi
hodisasi ro‘y beradi. Muloqotning o ‘rta darajasida suhbatdoshga nisbatan
qiziqish paydo b o ‘la boshlaydi. Yuqori darajalarda esa bir tom ondan
suhbatdoshga nisbatan bo'lgan qiziqish o'sib boradi, ikkinchi tomondan
ochiqlik darajasi ortadi.]
-^•'Suhbatdoshlarning bir-biriga bo'lgan qiziqishi, teng m unosabatlar
uchun ochiqlik darajasiga k o 'ra m uloqotning quyi, o 'rta va yuqori
darajalari farqlanadi. Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat:
1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum
sifatida m unosabatda bo'lish. Bu buyum prim itiv darajada muloqotga
kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan
buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi,
xalaqit berayotgan bo'lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi.
2. Manipulativ daraja — unda m uloqot ishtirokchisi suhbatdoshini
raqib deb biladi va uni yengishga harakat qiladi. M anipulator ongli
yoki ongsiz ravishda m oddiy yo psixologik m anfaatni ko'zlab, turli
maxsus usullar bilan suhbatdoshi ustidan g'alaba qozonishga urinadi.
M an ip u lativ d arajaning m u him belgisi shuki, u n d a su h batd o sh
shaxsining zaif tom onlariga qiziqish kuchli bo'lad i.
3. Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish
mavjud bo 'lad i. Bu qiziqish suhbatdoshning m uayyan ijtim oiy rolga
egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada m uloqot
ishtirokchilari o'rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari:
«nol niqob» — «men sizga tegm ayapm an, siz ham m enga tegmang»,
degan befarqlik niqobi, «ylbars niqobi» — «menga tegib k ringchi»
degan m a’noni anglatuvchi qo'rqitishga qaratilgan niqob, «quyon
niqobi» — «menga tegm ang, m en ju d a kuchsizm an» degan m a’noni
anglatuvchi niqob, «m asxaraboz niqobi» — «m en hech n arsani
bilmayman, m enga tegishning hojati yo'q» degan m a’noni anglatuvchi,
o 'zin i anqov, g o'l qilib ko'rsatishga harakat qiluvchilar niqobi.
M uloqotning o 'rta darajasi quyidagidan iborat:
K o n v en sio n al d araja — b u d araja quyi va yu q o ri d a ra ja la r
oralig'idadir. U nda ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman
bo'lsa-da ochiqlik (suhbat ro'y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo'ladi.
K onvensional darajadagi m uloqot to 'laq o n li, suhbatdosh haqida
qayg'urish, uning o'rniga o'zini qo'yishga tayyorlik vujudga keladigan
m uloqotdir.
M uloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat:
1.
Ish chan daraja — unda suhbatdoshning asosan ishchanlik
xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo'ladi. Ishchan darajada suhbatlashib
insonlar o 'z m unosabatlarining m oddiy natijalariga ega bo 'ladilar,
ular o'rtasida ancha barqaror ishonch va bog'lanish hislari shakllanadi.
Yoki jud a kuchli antipatiya ham shakllanishi m um kin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2.
0 ‘yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyat
lariga jon li, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g 'araz m aqsadlam i
ko'zlam aydigan qiziqish mavjud bo'ladi. 0 ‘yinli darajada m uloqot
ishtirokchilarining bir-biriga b o'lgan qiziqishi ancha yuqori b o 'la d i,
to m o n lar o ‘zini ju d a ochiq tutadi, suhbatdoshlar b ir-birining «rolini»
o'yngydi. Bu daraja pedagogik m uloqot uchun ancha sam arali.
■fMa’naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. U nda
suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurm atga sazovor
xislatlar egasi, betakror ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu
xislatlar suhbatdoshga nisbatan iliqlikni uyg'otadi, u bilan b o 'lg an
m uloqot unutilm as darajaga yetadi^
5.9. M uloqot va unga o 'rg a tish muammolariT/
Dostları ilə paylaş: |