M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix05.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#173864
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

4.4. 
Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlari
Biz ko'z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o'sha paytdagi 
hayajonni, quvonchni, ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo'lgan 
damlarimiz esda qolishi, xotiramizda undan iz qolishi, muloqot uslubiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


bogiiq. Pedagog kommunikativ muloqotining mahsuldor bo'lishi 
uchun pedagogik ta ’sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini 
bilishi zarur. Dars jarayonida o'qituvchi qaysi usulni qo'llayotganini 
doimo eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim 
muammoni hisobga olishi:
— o'zining xatti-harakatini to'g'ri tashkillashtirishi;
— kommunikativ ta’sir samaradorligini ta’minlashi zarur.
Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotni quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1) o'quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi 
(muloqotning aniq usuli);
2) pedagogik faoiiyatning aniq bosqichi uchun xos bo'lgan muloqot 
tizimi;
3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda 
namoyon bo'ladigan muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va ta’lim oluvchilaming ijtimoiy-psixologik ta’sir xusu­
siyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:
a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari;
b) pedagog va tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar tabiati;
d) pedagogning ijodiy individualligi;
e) o'quvchilar jamoasining xususiyatlari (Kan — Kalik. Учителю 
о педагогическом общении. 97-bet).
Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
2. Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot.
3. Masofadan turib muloqotga kirishish.
4. Qo'rqitish (qo'rquv) asosidagi muloqot.
5. Soxta obro'-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.
Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi (axloqi)
tashkil etadi. Bu uslub haqida M.O. Knebel, I.P. Volkov, V.F. Shatalovlar 
o'z fikrlarini bildirganlar. Ulaming fikricha, bolalar bilan bo'ladigan 
munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.
Ikkinchi uslub asosan do'stona munosabatlar, o'quv-tarbiyaviy 
faoliyatda shakllanadi. Do'stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini 
ta’minlaydi. Maroqlilik bilan do'stona munosabat birgalikda rivojlanadi. 
Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o'rtoq, ikkinchi tomondan 
birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo'lishi lozim.
Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim 
ahamiyatga ega. Pedagog bilan o'quvchi o'rtasida muayyan masofa 
bo'lishi kerak. Masofa juda uzoq bo'lmasligi lozim. Aks holda 
rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog 
masofani saqlasa obro'-e’tibori ortadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘rtinchi uslub — qo'rqitish asosidagi muloqot bo'lib, bu uslub 
muloqotning negativ shaklidir. Ba’zi pedagoglar o'quvchilarni 
qo'rqitish orqali muloqotda bo'ladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat 
yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Ayniqsa, katta auditoriyada ma’ruza 
o'qiydigan ma’ruzachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. 
Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo'rqitib pedagogik muloqotni 
muvaffaqiyatli amalga oshiraman, deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu 
o'zaro tushunishga to'sqinlik qiladi.
Beshinchi uslub — soxta obro'-e’tibor qozonish uchun tashkil 
qilinadigan muloqot bo'lib, 
yosh o'qituvchilar malakasi yetarli 
bo'lmagani uchun yolg'on ishlatadilar. Bu bilan o'qituvchi o'quvchi 
bilan tezroq muloqotda bo'lib olishga harakat qiladi. Bunday usulni 
qo'llaydigan pedagogda umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat 
yetishmaydi. Demak, pedagoglaming fikricha, birinchi va ikkinchi 
uslub asosida muloqotga kirishishigina yaxshi natijalarga olib keladi.
4.5. Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi 
"
Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bular:
1. 
Muloqot jarayonida mo'ljal olish. Bu bosqichda pedagog 
muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. Shuningdek, muloqot 
uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga 
chiqadi. Psixolog Sh.A. Amonashvili bolalar maktabga kelmasidan awal 
ularga xat yozgan. M asalan, «Salom, qadrli.... Men sening 
o'qituvchingman. Mening ismim Shalva Aleksandrovich. Maktabga 
kirayotganing bilan tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do'st 
bo'lib ketamiz. Sening 35 ta o'rtog'ing bo'ladi. Seni sinfda kutaman». 
Demak, bu yerda o'quvchiga mo'ljalga olish ko'rsatmasi berilyapti.
O'z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga 
e’tiborni qaratish lozim:
— bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko'rinishingizga 
ahamiyat;
— bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu 
bosqichini e’tibordan chetda qoldirmang;
— boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo'l qo'ymang;
— bugungi muloqot ko'ngildagidek bo'lmasa, uni tuzatishga harakat 
qiling;
— darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya ( vaziyatni yaratish, 
real hayotda bor narsani ko'rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;
— auditoriya bilan ish boshlashdan aw al faqat o'zingizning 
pedagogik materiallaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga 
tayyorligi haqida o'ylang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Pedagogik faoiiyatning muhim jihati — e’tiborni o‘ziga tortish 
bo‘lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars 
jarayonida bolaning diqqati barqaror bo'lishi kerak. O'ziga jalb 
qilishning quyidagi usullari mavjud:
— verbal muloqotda bo'lish (nutqiy);
— tanaffus qilish;
— harakatli (doskaga yozish, ko'rgazmani osish);
— aralash usul (yuqoridagilami birgalikda qo'llash).
Darsda ko'pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlaming 
fikricha, yuz ifodasi va imo-ishoralar orqali ma’ruzada 40% axborot 
beriladi.
3. Obyektning (kishi) qalbini zabt etish bosqichi pedagogik 
muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan 
bu bosqich kommunikatsiyani o'ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, 
yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab 
oladi. O'qituvchining o'quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik 
muloqotning kaliti hisoblanadi.
4. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot
ya’ni o'qituvchining yangi materialni o'quvchilarga og'zaki bayon qilib 
berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot 
tizimida pedagogning so'zi obrazlar qo'zg'atuvchisi bo'lib hisoblanadi.
5. Pedagog bilan tinglovchi o'rtasidagi o'zaro harakatda hayajonni 
uzatishning kommunikativ vositalari muhim rol o'ynaydi. Jumladan, 
pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda 
bo'lishi kerak. Shunda tinglovchilaming idroki to'liq, obrazli bo'ladi.
Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o'z ichiga 
oladi:
a) pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga 
qaratilgan mashqlar;
b) berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini 
egallashga qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo'lishi uchun bir 
nechta nafar pedagog birlashgan holda ish olib borishi lozim. Yosh 
pedagoglar uchun birlashgan seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi 
natija beradi. Tajribali pedagog rahbarligida treninglar o'tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich — hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni 
o'rganish. Masalan, xayolan auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, 
yuring, materiallami tayyorlang, stolga o'tiring, kitobni yoki jurnalni 
oching, eshikni yoping, tashqariga chiqing. Bu harakatlarni yana bir 
marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni o'rganing.
2-bosqich — pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini 
shakllantirish. Qo'llaringizni qimirlating, his qiling, qayerga sizning
www.ziyouz.com kutubxonasi


quwatingiz boryapti (bo'yningizgami, boshqa barmog'ingizgami, 
qo‘lingizgami); ortiqcha og‘irlikni (zo'riqish) yo'qotishga harakat qiling, 
barmog'ingizni qattiq ushlang bo'yningizni, keyin yelkangizni bo'sh 
qo'ying, qo‘lingiz erkin harakat qilsin, ko'rsatgich barmog‘ingiz esa 
qattiq tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni bo'shatishga harakat 
qiling, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha. Keyin 5 
gacha sanab barcha muskullaringizni yana bo‘shatishga harakat qiling.
Bosimni 
(zo'riqish) 
ushlab turish va olib tashlash. 
Bir deb, ushlab 
turing, ikki deb bo'shating. Barcha a’zolaringizni (qo‘l, oyoq, barmoq, 
bo'yin kabi) navbatma-navbat bo‘shating. Bu mashqlami yurib bajarish 
mumkin.
Elementar 
(oddiy) 
pedagogik harakatlarni bajarish davomida 
muskullardagi bosimni olib tashlash. 
Xayolingizda auditoriyaga kiring, 
stolga yaqinlashing (ortiqcha zo'riqish olib tashlanadi), stolda o'tirib 
yozing, doskaga yozing, ko'rgazmalarni mustahkamlang (ortiqcha 
zo'riqishni olib tashlang).
Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish. 
Auditoriyaga kiring, eshik 
orqasida tanangizning tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang, 
qulay yurishni toping, yuring, qo'lingizni orqangizga qilib yuring, 
o'zingizni yaxshi his etishga harakat qiling.
Kuzatuvchanlik, 
diqqatni to'play olish, ixtiyoriy diqqat ko'nik­
malarini rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida 
turib so'zlashing. Tasavvur qiling, siz tinglovchisiz: buyruqni eshiting, 
tik holatda turing, alfavit bo'yicha familiyada turing, keyin ism bo'yicha. 
Endi bir-biringizning sochingizning rangiga qarang. Auditoriyaga 
kirganda diqqatingizni to 'p lash uchun aw al bir tinglovchiga 
e’tiboringizni qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu 
mashq diqqatning barqaror bo'lishiga yordam beradi.
Muloqotning oddiy ko'nikmasini rivojlantirish. 
Xayolingizda 
auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan 
tinglovchilar diqqatini o'zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta’sirlar 
orqali (iltimos, talab, ogohlantirish, rag'batlantirish, yumor, savol, 
buyruq kabilar) murojaat qiling.
Tashabbusni boshqarish 
(A.A. Leontev bo'yicha). Siz bir kishi 
bilan gaplashyapsiz. Siz tinglayapsiz, u gapiryapti, 
tashabbusni 
qo'lingizga olib endi siz gapiring. Darsda oxirgi stolda o'tiradiganlardan 
ko'zingizni uzmang.
Pedagogik muloqotni boshqarish. 
Tasawur qiling, siz guruh 
rahbarisiz, darsdan so'ng guruhdagilar bilan metall chiqindilari yig'ish 
haqida gaplashing. Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo'yishdi, siz 
ular bilan dildan suhbatlashing.
Imo-ishoralarni tanlash 
Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar 
kerakmi? Guruh a’zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilib o‘tirgizib qo‘ying. Bu usul «ko‘zgu» deyiladi. Bittasi ko'zguga 
(ko‘ziga) qaraydi. Ikkinchisi «ko‘zgu» rolini o'ynaydi. «Ko'zgu» rolidagi 
kishi barcha harakatlami takrorlab tu ra d i.
Treningning ikkinchi bosqichi — pedagogik muloqot jarayonida 
yaxlit o'qitish.
Bu guruhdagi mashqlar ikki qismga bo'linadi:
1. Tipik vaziyatda harakat qilish: kuzatuvchanlik ko'nikmasini 
rivojlantirish, vaziyatga o'ylab baho berish, har qanday pedagogik faktni 
tahlil qilish, pedagogik faoliyat sharoitida tipik pedagogik vaziyatlar 
bo'yicha harakat qilish. O'qituvchi ishini kuzatishda hamkasbining 
tinglovchilar bilan qanday usul orqali ish olib borishi ya’ni uning 
qanday muloqot turlaridan foydalanishi kuzatiladi. Jumladan, kayfiyati, 
o'z hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi kabilar.
2. Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq qilish. Bolaning rasmiga qarab 
uning turli hissiy holatlarini aniqlang (qoniqishi, qiynalayotgani, 
muvaffaqiyatsizligi, ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari 
axboroti bilan taqqoslang.
4.6. Oilada pedagogik muloqot
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega. Uning oxiri va 
awali yo'q. Biz bolani tug'ilgandan boshlab tarbiyalaymiz. Bola ota- 
onasining xatti-harakatlarini taqlid qilish orqali o'rganadi, ular aytgan 
so'zlami takrorlaydi. Demak, ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun 
ideal tarbiyachi bo'lishi kerak. Oiladagi tarbiyaviy jarayon awalo bola 
bilan ota-ona o'rtasidagi doimiy muloqotdir. Bolaning tarbiyasi yaxshi 
bo'lishi uchun uni sevish kerak. Biz bola bilan muloqotga necha minut 
vaqt ajratamiz? Shuni o'ylab ko'rish kerak. 1 soat vaqt ajratsak, bu 
yaxshi. Tadqiqotlaming ko'rsatishicha, ota-ona va bola o'rtasidagi muloqot 
bir sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 minut muloqotda bo'lar 
ekan: «qoming ochmi? nima yeysan?» kabilar tarzida. Bola savol bersa 
ayrim ota-onalar javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan 
ovora, ota gazeta o'qish bilan. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu 
muammo bo'lishini biz . kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz 
kerak. Moddiy g'amxo'rlik bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti 
shakllanishi uchun yetarli emas. Bolaning qalbiga quloq sola bilish muhim. 
Ota-ona o'rtasidagi nizolar kelib chiqishining sabablaridan biri bolaga 
e’tibor bermasligidadir. Nima uchun biz hamkasblarimiz bilan, 
do'stlarimiz bilan qancha muloqotda bo'lsak ham qoniqmaymiz, lekin 
farzandimiz bilan kam muloqotda bo'lamiz?
Ota-onaning e’tibori oilada hissiyot madaniyatini tarbiyalashga 
yordam beradi. Shunday savol tug'iladi: Nima uchun o'sm irlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolayapti? Masalan, o'smirlar keksa 
kishini kaltaklashayapti. Demak, biz kattalar farzandimizga e’tiborliroq 
bo‘la olmayapmiz. Ularning ko'ngliga quloq solmayapmiz. Ularda 
boshqalar g'amiga hamdard bo‘lish tuyg'usini shakllantira olmayapmiz. 
Yoshlar bilan moda haqida gaplashsangiz ular siz bilan ko'ngildan 
muloqotda bo'ladilar. Shu tariqa ulaming ko'ngliga qo‘l solish mumkin.
Bolalar bilan ota-ona o'rtasidagi 
o'zaro m unosabatlam i 
tashkillashtirish uchun turli to'siqlar xalaqit beradi. Jumladan, band 
bo'lish «to'sig'i»— ota-onalar doimo band bo'lishadi, bolaga e’tibor 
berolmaydilar, chunki ulaming uy yumushlari ko'p. Bu bolada hissiy 
rivojlanishning to'xtashiga olib keladi. Ikkinchi to'siq — yoshga bog'liq 
bo'lib, bunda kattalam ing yoshi ulug' bo'lgani uchun bolani 
tushunmaydilar. Bolaning ichki dunyosini hisobga ololmaydilar. Kattalar 
uchun arzimaydigan narsalar bola uchun muhim bo'lishi mumkin. Eski 
qolip «to'sig'i»— ota-onalar o'z bolasining yoshi ulg'ayib borayotganini 
sezishmaydi. Farzand ulg'ayib borgan sari ota-onasining u bilan 
hisoblashishlarini istaydi. 
Shuning 
uchun ular o'rtasida 
tushunmovchiliklar, nizolar tug'iladi. Biz kattalar farzandlarimiz bizni 
doimo tinglashlarini xohlaymiz, bizga bo'ysunishlarini istaymiz. Ulaming 
mustaqil fikrlarini eshitishga erinamiz. Demak, kattalar bolaga nisbatan 
eski qarashlarini yo'qotishlari lozim. Shunda o'rtadagi to'siq yo'qoladi.
Tarbiyaviy an’analardagi «to'siq» — ota-onalar oiladagi ilgarigi 
tarbiyaviy ta’sir usullarini qo'llaydilar, bolaning ruhiy rivojlanishi 
darajasini hisobga olmaydilar. Ular o'z malakalarini oshirish ustida 
ishlamaydilar. Natijada bola bilan o'rtalarida to'siq paydo bo'ladi, ular 
bir-birlarini tushuna olmaydilar.
Didaktizm — bunda ota-onalar bolaga doimo aql o'rgatadilar. 
«Unday qilma,» «bu to'g'ri, bu noto'g'ri» va h.k. Bolaning har bir 
qadami o'lchanadi, baholanadi. Bu esa bolada zo'riqishni yuzaga 
keltiradi, asabiy bo'lib qoladi. Demak, yuqoridagi «to'siqlar»ni 
yo'qotish uchun ota-ona farzandi bilan to'g'ri muloqotda bo'lish 
yo'llarini izlab topishi kerak. Shundagina bola bilan til topisha olishlari 
mumkin bo'ladi.
4.7. Rahbarning ko'rsatmalari vijdonan bajarilishiga 
erishishning asosiy qoidalari
Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi», 
deb savol bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til 
topisha olmayman», deb javob qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar 
xodimlarini to'g'ri tushuna olmayotgandir. Demak, ba’zi rahbarlar 
to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya
www.ziyouz.com kutubxonasi


olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning umumiy aqliy 
rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap kam
ikkita gap ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish 
lozim. Har bir xodimning intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib 
ko'rsatma berilsa, ular vijdonan bajaradilar. Rahbar xodimga mantiqiy 
fikr berishi kerak, jumladan, ertaga birorta materialni tayyorlab olib 
kiring deyishi mumkin. Xodimda jon dili bilan rahbami eshitish emas, 
balki tinglash, chuqur idrok qilish ko'nikm asi bo'lishi lozim. 
Xodimning diqqatini to'plab olishiga imkon berishi kerak. Bir-birini 
tushunish uchun quyidagi 5 ta shartni aytib o'tish joiz:
— birgalikdagi kasbiy tilga ega bo'lish;
— intellekt (aqliy) darajasini hisobga olish;
— axborotning to'liq bo'lishi;
— mantiqan bayon etish;
— diqqatni bir joyga to'play olish. (Panasyuk A.Yu. Управленческое 
общение: практические советы. М. 1990. 21-bet).
Boshqaruv m uloqotining Birinchi «qonuni»ga b in o an , 
xodimlaringiz ishga vaqtida kelish, ishlash, ishni muddatida tugatishni 
bilishi kerak. Tushunish — ishni qabul qilish degani emas. Ishni siz 
kutganchalik bajarmayotgan xodim tushunmayotganidan emas, balki 
qabul qila olmayotganidan shunday bajaradi. Muammoni hal qilishda 
xodimning bajargan ishiga qarshi bormasdan masalaga to 'g 'ri 
yondashish kerak. Amaliy tavsiyalar berish lozim. Chunki nima qilib 
bo'lsa ham xodimni bu ishni bajarishga rozi qilish kerak. Bu — ikkinchi 
qoida. Biz kimningdir ehtiyojini, talabini qondirish uchun ishlashimiz 
mumkin. Bu ishga qiziqish bo'lmasligi ham mumkin. Chunki bu ish 
rahbam i qoniqtiradi. Rahbar ishni topshirayotganida xodimni 
qiziqtirishi kerak. Shaxsiy qiziqish bilan ishga doir qiziqish bir-biriga 
mos kelishi kerak. Rahbar xodimlarining psixologik xususiyatlarini 
yaxshi bilishi jamoa ishining rivojlanishiga olib keladi. Xodimga ish 
berishdan awal uning shu ishga qobiliyatini hisobga olib, uni shu 
ishni bajarishga ishontirib keyin topshirish kerak.
O'tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotda: psixolog qo'liga toza 
oq qog'ozni olib xodimlarga ko'rsatib: «shu oq qog'ozmi», deb 
so'ragan, ular: «ha», deb javob berganlar. 15—20 kishidan 2—3tasi 
esa har safar shu savol berilganda, ular: «yo'q, qarang, qog'oz 
sarg'ish, yoki ko'kish rangda», deb javob berganlar. Demak, har 
qanday vaziyatda ham tortishish ahamiyatga ega emas ekan. Agar 
ularning yaqin do'sti bu savolni berganida balki bunday tortishib 
o'tirmas edi. Demak, biz bir kishi uchun ko'ngildagidek ishlasak, 
boshqa kishi uchun shunchaki ishlashimiz mumkin. Rahbar umumiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


topshiriq (barcha uchun) bergandan ko‘ra, shaxsiy (bir kishiga) 
topshiriq bersa, yaxshi natijaga erishishi mumkin.
Boshqaruv muloqotining ikkinchi «qonuni» — boshqalar bilan 
teng sharoitda kishilar ishni tez qabul qiladilar, (ayniqsa o‘zi yoqtiradigan 
kishidan) va aksincha, yoqtirmaydigan kishining topshirig'ini qiyinchilik 
bilan qabul qiladilar. Demak, kishilar uchun ish sharoitiga nisbatan 
ruhiy muhit yaxshi bo'lishi kerak. Shunday qilib, jamoada shaxslar 
bir-biriga nisbatan simpatiyaga ega bo‘lsa ish yaxshi bo‘ladi.
MUNOSABATLAR SHKALASI 
— xodimlarga nisbatan ijobiy va 
salbiy hissiy munosabatlar bo'yicha tuziladi.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin