M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix19.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
78448 (1)

4-jadval
А 
В 
С 


F
«Ғ» nuqta — xodimni simvollashtiradi (rahbar uning uchun oliy 
namuna).
«А» nuqta — xodim rahbarga qarshi.
«Е» nuqta — rahbarga do'st sifatida qaraydigan xodim, hamfikr.
«D» nuqta — xodim rahbarga to'g'ri munosabatda bo'ladi.
«В» nuqta — rahbarga ochiqdan ochiq qarshi munosabatda 
bo'ladigan xodim.
«С» nuqta — rahbarga yaqin orada qarshi bo'lib qoladigan xodim. 
Bu nuqtada o'rtacha xodim turadi (yangi kelgan, rahbami hali yaxshi 
bilmaydigan), u keyin yo chapga, yoki o'ngga qarab harakat qiladi.
O'ng tomonda turadigan xodimlar bilan ishlash rahbar uchun albatta 
oson. Chap tomonda turgan xodimlami rahbar o'ng tomonga o'tkazishga 
harakat qilishi kerak. Psixologiya tili bilan aytganda, ularga nisbatan 
attraksiya (o'ziga jalb qila olish) ni shakllantirish kerak.
Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning ko'ngliga tezda yo'l 
topib, ishlarini bitirgandan so'ng tezda g'oyib bo'ladilar yoki yaxshilikni 
unutib yuboradilar. Ular boshqalarda o'zlariga nisbatan attraksiyani tez 
hosil qiladilar. Bunday kishilar muloqot jarayonida attraksiyani 
shakllantiruvchi maxsus psixologik usullami mohirona qo'llaydilar.
Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mexanizmlari 
mavjud. Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan so'ng
www.ziyouz.com kutubxonasi


ajrashib ketsak-da, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot 
salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band 
bo‘lib o'tirganim izda kotibaning kirib 
nim alarni gapirganini 
anglamaymiz. Biz uning ovozni eshitish a’zosi orqali eshitamiz, lekin 
anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quwat olmaymiz. Bizning 
qulog'imizga bizga yoqadigan so‘z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. 
Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda hissiy munosabatni uyg‘otsa bizda 
attraksiya paydo bo'ladi.
«Ism» usuli — bizga o'z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. 
Fuqaro, o'rtoq deb aytgandan ko'ra ismning aytilishi kayfiyat 
ko'tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Kamegi 
fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini 
o'taydi.
«Ism» usulining psixologik mexanizmi quyidagicha:
— ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug'ilgandan boshlab 
uning ismi u bilan yonma-yon turadi;
— ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiboming 
mavjudligini bildiradi;
— shaxsga nisbatan diqqatli bo'lish, shaxsni tasdiqlash demakdir;
— agar shaxs o'zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish 
hissi paydo bo'ladi;
— qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi;
— kishi doimo ijobiy hislar paydo bo'lishiga harakat qiladi;
— agar hech kim bizda ijobiy hislami qo'zg'ata olmasa, attraksiyani 
vujudga keltirishga harakat qilinadi. (Panasyuk A. Yu. 45-b.)
«ISM» USULINING TA’SIR QILISH MEXANIZMLARI

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin