M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix19.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
78448 (1)

8-jadval
Umumiy talablar
Aniq talablar
Payshanba kuni bo‘limingizning 
hisobotini bering, menga u 
boshqarmaga berish uchun kerak
Hisobotni payshanbaga tayyorlab 
bersangiz, u bizning hisobotimiz 
uchun kerakbo‘ladi.
Sizning hozir boshqarmaga borib, 
buyurtmalar uchun shartnoma tuzib 
kelishingizni istayman.Tushunarlimi?
Hozir boshqarmaga borib 
kelishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki 
chorak oxiridaqiynalib qolamiz. 
Sizga tushuntiroldimmi?
Siz normal xodimga o ‘xshab 
ishlashingiz kerak. Sizning 
fokusiaringiz menga kerakmas!
Endi siz boshqalaTga o‘xshab yaxshi 
ishlashingiz kerak.Bu faqat sizning 
ishingiz emas, balki bizning ham 
ishiniiz.
Hisobotni tayyorlayotganda yaxshilab 
o'ylab ko‘rishingiz kerak deb 
hisoblayman...
Hisobotingiz haqida biroz
o ‘ylashingizga to ‘g'ri keladi.
Chunki bu mening qiziqishim 
emas, butun jamoamizning ishidir.
O'ng tomondagi jadvalga asosan xodimlar bu ko'rsatmalar rahbaming 
shaxsiy talabi emas, balki umumiy talablar ekanligini bilib oladilar.
Xodim ishiga sidqidildan yondashsa, ishini sevsa, u jon-dili bilan 
ishlaydi. Rahbaming rasman beradigan og'zaki ko'rsatmalari uni 
tashvishga solmaydi. Ammo rahbar «men istayman», «menga shu kerak» 
kabi iboralarni kamroq ishlatishi lozim. Shundagina xodim bilan nizoga 
kam boradi. Unga nisbatan simpatiya tezroq rivojlanadi. Shkalaning o'ng 
tomonida turgan xodimlar sizni qo'llab-quwatlab ishlayveradi. Ammo 
chap tomondagi xodimlar bilan ehtiyot bo'lib muloqotda bo'lish lozim. 
Shunday qoidaga rioya qiling: xodimlarga og'zaki ko'rsatm a 
berayotganingizda «men», «menga» degan so'zlami ishlatmang. «Men
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘ylaymanki,» «meni to‘g‘ri tushunishingizni istayman» kabi so'zlami 
ishlatish mumkin. Bularda umumiy qarash mavjud.
«Faqat savol!» usuli bo'yicha, faraz qilaylik, sizni rahbar qabuliga 
chaqirib: «Ertaga siz bir joyga borishingiz kerak» desa sizda qanday 
taassurot qoladi. Yoki «siz bilan maslahat qilmoqchi edim, bizda 
noqulay vaziyat tug‘ilib qoldi, bizga sizning yordamingiz kerak bo‘lib 
qoldi», deb aytsa qanday taassurot qoladi. Albatta ikkinchi holatda siz 
rahbaming taklifiga rozi blasiz. Chunki sizda rahbar awal ijobiy his- 
tuyg‘ularni vujudga keltirib olmoqda. Ko'rsatma bergandan ko‘ra 
maslahat sraganligi xodimga ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. 
Quyidagi uch xil shakldagi ko‘rsatmaga e’tibor bering:
1. «Dilbar Jo'rayevna! Mana bu ishni ertagayoq bajarishingizni 
talab qilaman!»
2. «Dilbar Jo'rayevna! Iltimos, ertaga mana bu ishni qilib bering...»
3. «Dilbar Jo'rayevna! Mana shu ishni ertaga bajarib bera olasizmi?»
Yuqoridagi ikkala ko'rsatma berilsa, xodimda qarshi fikr tug'ilishi
mumkin. Lekin uchinchi ko'rsatmada xodimda bunday qarshi fikr 
tug'ilmaydi. Chunki uchinchi ko'rsatmada o'zaro hurmat saqlanib 
qolgan. Rahbar xodimga nisbatan hurmat tuyg'usini yo'qotmasa, u 
rahbaming topshirig'ini bajaradi. Ko'rsatmani so'roq shaklida berilsa 
xodim rahbaming topshirig'ini qaytara olmaydi. Har bir rahbar 
xodimlaming psixologik xususiyatlariga, qiziqishlariga qarab og'zaki 
ko'rsatmalar berishi lozim.
4.9. Notiqlik mahorati psixologiyasi
Rahbaming topshiriq berishining (ko'rsatma ) ikkita mustaqil omili 
mavjud. Birinchisi — topshiriq berish mazmuni. Ikkinchisi — uning 
psixologik shakli. Bu shakllar bir-biri bilan bog'liq emas. Topshiriq 
berish mazmuni shaxs sifatida tan olmaslik va shaxs sifatida tan olish, 
tasdiq, so 'ro q , direktiv shakllarda bo'ladi. K o'rsatm a berish 
mazmunining dasturini xodimning harakatlari belgilaydi (qayerga 
borishi, nimanidir qilishi). Rahbaming ko'rsatma berishining psixologik 
shakli motivatsiya darajasini, munosabatni aniqlab beradi. Rahbar 
barcha «oltin szlarni», «munosabatlar oynasini», «ismini aytishni», 
«shaxsini tan olmaslikni», «faqat savol!» kabi usullami qo'llasa ham 
xodim bu topshiriqlar o'zida qiziqish uyg'otmasa natija past bo'ladi.
Ritorika — ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok 
qilishning boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti 
ishonarli nutqning qoida va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon 
mavjud. Keyinchalik esa bu chiroyli so'zlashning ilmiy-falsafiy 
yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san’atni ham fanni ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasiga kommunikativ ishonch- 
ning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish 
sifatida qaraladigan bo'lsa, ta’kidlash kerakki, har qanday kasbda 
inson omilida ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbaming xodimga, 
o'qituvchining o'quvchiga, shifokorning bemorga, sotuvchining xari- 
dorga, avtoinspektorning haydovchiga ko'rsatadigan ta’siri uchun 
ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiya muammosini hal 
qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi. Buning 
uchun jamiyatning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari 
lozim. Hozir esa empirik psixologiya to'plagan nazariy bilimlardan 
foydalanib, ish uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarning 
oldini olish kerak. Chunki har qanday kasbda kishilarga ta ’sir qilish 
uchun ishonch fenomeni muhim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Pedagogik muloqot deganda nimani tushunasiz?
2. Muloqot tarkibiga nimalar kiradi?
3. Kommunikativ ko'nikma bilan kommunikativ qobiliyat o'rtasida 
qanday farq bor?
4. Muloqotni boshqarish yo'llari nimalardan tarkib topadi?
5. Kasbiy-pedagogik muloqotning qanday usullari mavjud?
6. Oiladagi pedagogik muloqot shakllariga nimalar kiradi?
7. «Munosabatlar oynasi» nima?
8. Kishiga ijobiy ta’sir qilish usullariga nimalar kiradi?
9. Notiqlik san’ati tug'ma bo'lishi mumkinmi?
10. Simpatiyani qanday hosil qilish mumkin?
11. «Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi?», degan iborani izohlang.
Mavzu yuzasidan test savollari
1. Pedagogik muloqot ijodiy jarayon bilan qanday bog'liq?
a) pedagogik muloqot ijodiylik bilan bog'liq emas;
b) pedagogik muloqot ijodiylikning bir turi;
d) pedagogik muloqot o'qituvchining muloqotidir;
e) pedagogik muloqot o'quv jarayonidagi muhim holat.
2. Kasbiy-pedagogik muloqot texnologiyasi nima?
a) kasbiy-pedagogik muloqot bosqichi;
b) pedagogik muloqotdagi nutq qobiliyatlari;
d) pedagogik muloqot o'zaro harakat sifatida;
e) yuqoridagi javoblar to'g'ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. «Oltin so‘zlar» deganda nimani tushunasiz?
a) «azizim», «ajoyibsiz», «men sizga tan beraman»;
b) yoqimli taassurot qoldiradigan so'zlar;
d) attraksiyani vujudga keltiradigan so'zlar...
e) yuqoridagi javoblar to'g'ri.
4. Xushomad qilish nimaga olib keladi?
a) kishining kayfiyatini ko'taradi;
b) kishiga salbiy ta’sir etadi;
d) ishning tezroq bitishiga yordam beradi;
e) munosabatlami izga solishga yordam beradi.
Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan bo‘ladigan o'zaro 
munosabatlarini aniqlash metodikasi
1. Oilangizda o'zaro bir-birini tushunish shakllanganmi?
2. Farzandingiz siz bilan ko'ngildan gaplasha oladimi?
3. Farzandingiz sizning ishlaringiz bilan qiziqadimi?
4. Farzandingizning do'stlarini taniysizmi?
5. Ular sizning uyingizda bo'lib turishadimi?
6. Farzandingiz uy yumushlariga qarashadimi?
7. Farzandingizning uy vazifalarini tekshirib turasizmi?
8. Farzandingiz bilan sizning mushtarak qiziqishingiz bormi?
9. Farzandingiz bayram tadbirlarida qatnashadimi?
10. Farzandingiz bayramlarda u bilan birga bo'lishingizni 
xohlaydimi?
11. O'qilgan kitoblarni farzandingiz bilan muhokama qilasizmi?
12. Farzandingiz bilan birgalikda teatr, kino, muzey, konsertlarga 
borasizmi?
13. Televideniyeda beriladigan kinofilmlarni farzandingiz bilan 
muhokama qilasizmi?
14. Farzandingiz bilan sayr qilasizmi?
15. Ta’tilingizni farzandingiz bilan o'tkazish rejangizda bormi? 
«Ba’zan» degan javoblar uchun —1 ball, «yo'q»— javoblari uchun
0 ball. Hamma ballar hisoblab chiqiladi. Agar siz 20 balldan yuqori 
to'plasangiz, farzandingiz bilan munosabatlar me’yorida bo'ladi. 10— 
20 ball to'plasangiz, qoniqarli, 10 balldan kam to'plasangiz 
farzandingiz bilan muloqotingiz yetarli darajada emas. Uni yaxshilash 
haqida o'ylang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jalb etish (attraksiya) ni shakllantirish testi
1. Suhbatdoshingiz didingizga mos tushmasa, suhbatni tezroq 
tugatishga harakat qilasizmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
2. Suhbatdoshingizning fe’l-atvori (yuz, ko‘z harakatlari) 
g‘ashingizga tegishi mumkinmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
3. Suhbatdoshingizning noo'rin iborasi qo'pollikni keltirib 
chiqaradimi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
4. Sizga vujudi bilan talpinayotgan notanish inson muloqotini rad 
etasizmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
f) hech qachon.
5. Suhbatdoshingizning so'zini bo'lish odatingiz bormi? 
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
6. Boshqa narsalar to'g'risida xayol sura turib, xo'ja-ko'rsinga ish 
tutasizmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
7. Suhbatdoshingizni nasl-nasaliga qarab, ovozingiz, yuz 
harakatingiz, fikr bildirishingiz o'zgaradimi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
8. Suhbatdoshingiz Siz uchun «asabbuzar» mavzudan og'iz ochsa, 
uni o'zgartirasizmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
0 hech qachon.
9. Suhbatdoshingiz nutqidagi g'alizliklarni tuzatib turasizmi? 
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
f) hech qachon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


10. 
Muloqot jarayonida mensimaslik, kesatiq, kinoya holatlariga 
yo‘l qo‘yasizmi?
a) hamisha; 
b) ko'pincha;
d) ba’zan; 
e) juda kam; 
f) hech qachon.
Test kaliti quyidagicha:
a) hamisha — 2 ball; 
b) ko'pincha — 4 ball;
d) ba’zan — 6 ball; 
e) juda kam — 8 ball;
0 hech qachon — 10 ball.
0 ‘rtacha daraja — 55 ball.
O'rtadan yuqori — 65 ball.
Yuqoridan pastroq — 75 ball.
Yuqori — 85 ball.
0 ‘ta yuqori — 86—100 ball.
«Siz administrator (ma’mur)misiz yoki lider?»
Quyidagi testlarni ballar bilan aniqlang: 10 ball — to ‘la 
qo'shilaman, 5 ball — qisman qo'shilaman, 0 ball — qo‘shilmayman.
1. Men odamlarga ishonaman.
2. Xodimlar muammolarini o'zlari hal qilishlari lozim.
3. Men xodimlaming o'zlari rahbami saylashlari tarafdoriman.
4. Kerak bo'lsa men xodimlarimni o'zim xohlagan yo'lga boshlay 
olaman.
5. Xodimlarim men ulaming sirlarini saqlay olishimni biladilar.
6. Boshqalar kabi men ham hokimlikka intilaman.
7. Xodimlarimga nisbatan boshqalar tomonidan adolatsizlik bo'lsa, 
men ular uchun kurasha olaman.
8. Qattiqqo'llik rahbar uchun kerak, deb o'ylayman.
9. Men oshkoralik tarafdoriman.
10.Boshqaruvda eng muhimi xodimlami foydali ishga jalb eta olish.
11.Men o'zimga yoqmaydigan xodim bilan ham munosabatlami 
yo'lga qo'ya olaman.
12.Men barcha xodimlarimga bir xil talab qo'yaman.
13.Men o'z nuqtai nazarimni har qanday qarshilik bo'lsa-da, 
himoya qila olaman.
14.Rahbar o'zidan yuqori rahbardan qo'rqib tursa yutuqlarga 
erishishi mumkin.
15.Men xodimlarimni, ularning muammolarini, ularga nima 
kerakligini bilaman, deb o'ylayman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


16. 0 ‘zlarini ko‘z-ko‘z qilmaydigan xodimlarni boshqarish oson 
bo'ladi.
17. Xodimlarimning muammolari yechilishi men uchun juda muhim.
18. Xodimlar uchun mukofot olishdan ko‘ra, jazolanish kuchli 
omil bo'lib hisoblanadi.
19. Men xodimlarimning muammolari yechimini topishga o'zimda 
kuch topa olaman, deb o'ylayman.
20. Kerak bo'lsa xodimlarimni mendan qo'rqib turishlarini uddasidan 
chiqa olaman.
KALIT:

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin