M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


-rasm. Biznes-jarayonlarini modellashtirish fanining boshqa fanlar bilan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/94
tarix20.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#163444
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi-1

1.1-rasm. Biznes-jarayonlarini modellashtirish fanining boshqa fanlar bilan 
aloqasi
1
 
"Iqtisodiy nazariya" fani bilan korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish 
munosabatlari, xodimlarga ish haqi to‗lash tizimi, mehnat munosabatlari, asosiy 
fondlardan foydalanish va boshqalar bilan aloqada bo‗ladi. 
"Iqtisodiy matematika" fani bilan korxona va tashkilotlardagi ijtimoiy va ishlab 
chiqarish munosabatlarida vujudga keladigan holatlarni hisoblash, qonuniyatlarni 
aniqlash kabi masalalarni hal qilishda o‗zaro aloqador bo‗ladi. 
"Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari" 
fani 
bilan 
korxona 
va 
tashkilotlardagi 
barcha 
jarayonlarni avtomatlashtirishda 
vujudga keladigan 
munosabatlarni shakllantirish, dasturiy ta‘minotni tanlash, kirish va chiqish 
1
Fanning o‗quv dasturi asosida tuzilgan 
Menejment 
 
 
“BIZNES-JARAYONLARINI 
MODELLASHTIRISH” 
Iqtisodiy 
matematika 
Axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
Mikroiqtisodiyo

Iqtisodiy 
nazariya 
Makroiqtisodiyot 
Pul, kredit va
banklar 
Investitsiyalarni 
boshqarish 
Biznes
rejalashtirish 
Statistika 


21 
hujjatlarini qayta ishlash, ma‘lumotlar bazasini shakllantirish, ichki va tashqi axborot 
almashinuvini yo‗lga qo‗yishda aloqador bo‗ladi. 
"Menejment" fani bilan korxona va tashkilotlardagi quyi va yuqori darajadagi 
boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish, har bir bo‗linmaning faoliyatini mos 
keluvchi usullar yordamida boshqarish, funksional va jarayonli boshqaruvni amalga 
oshirish va boshqalarda aloqada bo‗ladi. 
"Mikroiqtisodiyot" fani bilan korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish, 
xarajatlar, biznes-rejani bajarish, resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni 
oshirish kabi masalalarda aloqador bo‗ladi. 
"Makroiqtisodiyot" fani bilan korxona va tashkilotlarning davlat siyosatini amalga 
oshirish, turli davlat tashkilotlari, ya‘ni banklar, soliq idoralari, ish bilan bandlikni 
ta‘minlovchi tashkilotlar bilan aloqalarini o‗rganadi. 
"Statistika" fani bilan korxona va tashkilotlarning oylik, yarim yillik, yillik 
ma‘lumotlarini qayta ishlash orqali turli xil iqtisodiy ko‗rsatkichlar, indekslar, 
o‗rtacha va chekli ko‗rsatkichlarni hisoblash va optimal qarorlar qabul qilish bo‗yicha 
aloqalarini o‗rganadi. 
"Biznes rejalashtirish" fani bilan korxona va tashkilotlarning faoliyatiтш 
rejalashtirish, biznes reja tuzish, xalqaro MRP, MRPII, TQM, ISO standartlariga 
rioya qilish, bo‗yicha aloqalarini o‗rganadi. 
"Investitsiyalarni boshqarish" fani bilan korxona va tashkilotlarda investitsion 
resurslardan samarali foydalanish, zarur faoliyat turlariga investitsiyalarni 
yo‗naltirish, investitsiyalarning samaradorligini baholash, bo‗yicha aloqalarini 
o‗rganadi. O‗zbekistonda amalga oshrilayotgan tub iqtisodiy islohotlar korxonalardan 
sifatli, raqobatbardosh, iste‘molchilarning talablariga javob beruvchi mahsulotlar 
ishlab chiqishnining ustuvor tamoyillariga asoslanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda faoliyat olib boruvchi har bir 
subyеkt o‗zining samarali ishlashini ta‘minlashi lozim. Chunki, bozor iqtisodiyotiga 
xos bo‗lgan tavakkalchilik va noaniqlik elеmеntlari ta‘sirida bo‗lgan iqtisodiy 
subyеktlar bozorining talabalariga to‗liq javob bеrishlari kеrak. Raqobat sharoitlariga 
barcha ishlab chiqarish subyеktlari javob bеra olmaydilar, javob bеra oladiganlari 


22 
esa, korxonalarning ichki muhitini tashqi, ya‘ni bozor muhitiga moslashtirib olib 
boradilar. 
Xo‗sh, bugungi kunda korxonalarning raqobat sharoitida samarali faoliyat olib 
borishlarini ta‘minlaydigan sharoitlar, usullari va vositalar nimalardan iborat? Ushbu 
savolga javob sifatida AQSH, Yevropa davlatlari va Rossiyada rivojlanib borayotgan, 
korxonalardan biznеs-jarayonlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish hisoblanadi. 
Biznеs-jarayonlari 
tushunchasi 
nima? 
Rivojlangan 
davlatlardagi 
korporatsiyalar va kompaniyalar nima sababdan an‘anaviy boshqarish usullaridan voz 
kеchib, boshqarishning yangi – jarayonli boshqarish usullarini qabul qildilar? Bunga 
asosiy sabablar quyidagilardir: jahonda globallashuv va intеgratsiya jarayonlarining 
tеzlashuvi, xalqaro raqobatning kеskinlashuvi, tеxnologiyalarning tеzlik bilan 
o‗zgarib borishi, bozor va iste‘molchilar tomonidan korporatsiyalar va kompaniyalar 
ishlab chiqarayotgan mahsulot (xizmat) ga talablarning o‗zgarishidir. 
1990- yillardan boshlab, boshqarish tizimilarida jarayonli tashqil etish 
masalalarini o‗rganuvchi va ularni tuzish bo‗yicha yеchimlar bеruvchi biznеs-
jarayonlari rеinjiniringi uslubiy yo‗nalish hisoblanadi (Biznеs-jarayonlari rеinjiniringi 
– 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin