plyastrlar bilan boiib chiqilgan. Yuqoriga qarab kichrayib boruvchi yetti
darcha binoning ko‘rinishini yanada monumental, mustahkam va yuqoriga intiluvchi qilib ko‘rsatadi. Temir pagoda. Sun davrida qurilgan pagodalar faqat yog‘och, g‘isht yoki toshdangina emas, balki temirdan ham qurilib, uiaming shakllari ham o‘zgardi. Endilikda pagodalar ko‘proq olti, sakkiz qirrali qilib qurila boshlandi. Bundan tashqari, mayda detallarga e’tibor berish, haykal, naqsh va relyeflar bilan bezatishga etibor ortdi. Ular endilikda memorlik kompozitsiyasidan ko‘ra, ko‘proq xaykaharoshlik yodgorligiga o‘xshab bordi. Tan asri pagodalariga xos vazminlik, soddalik va ulug‘vorlik yo‘qola bordi. Pekindagi imperator saroyi Pekindagi imperator saroyi Berk shahar Xitoy memorlik sanatining muhim nodir yodgorligi xisoblanadi. Qator me’morlik komplekslaridan tashkil topgan bu saroy katta maydonni egallagan. Zinalar, yo‘llar, suxbat qurish uchun mo‘ljallab qurilgan shiy- ponlar maysa va daraxtlarga boy tabiat qo‘ynida uning ajralmas qismiga aylangan. Binolar bo'rtma, o‘yma va rang naqshlari bilan bezatilgan. Ise ibodatxonasi Yaponiyada feodal munosabatlar shakllanishining ilk bosqichida, asosan, sinto dini xukmron edi. Sintoizm qadimgi yapon diniy-mifologik konsepsiyasi boiib, uning tub mohiyatini tabnat kuchlari va avlodlar shaxsiga sajda qilish tashkil etar edi.Feodalizmnmg dastlabki bosqichida (IV-VII asrlar) shu din bilan borliq boigan yogochdan yasalgan sintoizm ibodatxonalarining shakllari yuzaga kelgan. Sintoizm ibodatxonalarining xarakteri va tuzilishi to‘grisida keyingi davrlarda