dan yasalgan stol boigan. Afsonalarga ko‘ra, xudo o ‘z koxinlari bilan shu stol atrofida gaplashgan. Old Osiyoning qadimgi davrga xos b o i gan tasviriy san’at xususiyatlari Shumer va Aqqad davlatlarida ko‘ri- nadi. Aqqad podsholigi (er. av. XXIV-XX11 asrlar) davrida Old Osiyo yerlari yagona davlatga birlashtirildi. Er. av. 1 ming yillikda Ossuriya yirik quldorlik davlatiga aylandi. Er. av, VII asrga kelib, u butun Old Osiyoni o‘ziga bo‘ysindirib oldi va yagona davlat tashkil etdi. Shu davrda xashamatli saroy, ibodatxonalar vujudga keldi. Dur-Sharruken (hozirgi Xorsobod) dagi Sargon II saroyi xarobalari (er. av. VIII asming ikkinchi yarmi) shu davr monumental me’mor- chiligining xarakterli tomonini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m. boigan su’niy tepalikka qurilgan boiib, u qalin devor bilan o‘ralgan. Saroy mehmonxona, yotoqxona va diniy marosimlarga moijailangan xonalardan iborat boiib, ular alohida
ochiq hovli atrofida joylashtirilgan105. Saroyga kiraverish darvoza- larining ikki yon tomoniga esa kantoli, odam boshli buka-shedu o ‘matilgan. Bu xaykal tabiiy kuchlar ramzi boiib, podshoni «yomon ko‘zdan» saqlashda xizmat qilgan. Kalxudagi Ashshumasirapal П (er. av. 883-859-yillar). Nanevidagi Ashshurbanapal (er. av. 669-635-yillar) saroylari burtma tasvirlari ham mashhurdir. Er. av. 612-yili Ossuriya Bobil va Midiya podsholigi yurishlari tufayli o‘z umirini tugatdi. Lekin uning arxitekturasi qadimgi dunyo xalqlari arxitekturasi rivojiga katta ta’sir qildi. Er. av. VII asr oxiriga kelib, Bobil yangi rivojlanish davrini boshidan kechira boshladi. Navuxodonosor II (er. av. 605-562-yillar) podsholik qilgan yillar