6. Тосунова М.И. Архитектурное проектирование.- М.; Высшая
школа, 1998.
7. Сербинович П.П, Орловский Б.Й. Архитектура.- М.; Высшая
школа, 2000.
QADIMGI GRETSIYA ME’MORCHILIGI
Reja:
1. Qadimgi grek madaniyatining dunyo madaniyati rivojidagi
hissasi.
2. Gomer davri, Arxaika davri, Klassika davri, Ellinizm davri
me’morchiligi.
3. Shahar davlatlar shakllanishi.
4. Ibodatxonalar qurilish texnikasi va orderlar sistemasi.
5. Afina akropoli.
Antik madaniyat uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Uning
rivojlanishida Peloponnes yarim oroli va Egey dengizidagi ko‘pgina
orollarda, Kichik Osiyoning g'arbiy sohillarida eramizdan awalgi 1П-
II minginchi yillarda yashagan qabilalar madaniyati muhim rol o'ynadi.
Antik dunyoning eng qadimgi tarixi «egey» yoki «krit-miken»
madaniyati bilan boshlanadi. Bu madaniyat yodgorliklarining dastlabki
arxeologik kashfiyotlari Mikena va kritda topilganligi va mulligi tufayli
bu san’at adabiyotlarda ba’zan krit-miken san’ati deb ham yuritiladi.
Egey madaniyatining eng gullagan davri eramizdan awalgi 2000-
yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda xashamatli me’morchilik kompozit-
siyalari, podsho saroylari, san’at namunalari yaratildi. Shunday nodir
yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A. Evans tomonidan Kritda topil
gan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Bu saroy uncha baland boMmagan
tepalik ustiga qurilgan. Saroy tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan. Binolar
planirovkasi erkin. Binoning qarbiy tomonida xonalar boiib, u
yerlarda, podsho boyliklari, qurollar, katta xumlarda turli ozik-ovqatlar
saqlangan. Markaziy tomondagi xonalarda esa xunarmandlaming
Yüklə Dostları ilə paylaş: |