«G‘ordagi madonna» (1483-1499), «Sirli oqshom» (1495-1497)
kabi mashhur asarlarini yaratdi. Milandagi Santa-Mariya de la Gratsiya
monastiri uchun ishlangan mashhur «Sirli oqshom» devoriy surati
Leonardo da Vinchini novator rassom darajasiga ko‘tardi. U Injildan
olingan an’anaviy syujetni erkin va asosan, obrazlarning his-tuyg‘u va
kechinmalarini ishonarli talqin etish hisobiga ochadi.
Leonardo da Vinchi umrining oxirida ilm, kuzatish va ularni
sistemalashtirish ustida ish olib bordi. Uning chiziq, rang, perspektiva,
rangshunoslik haqida yozib qoldirgan fikrlari hanuzgacha o‘z qiymatini
yo‘qotmagan.
Rafael Santi (1483-1520) Uyg‘onish davrining titanlaridan biri
bo‘lib, bu davr Rafael Santi ijodida o‘zining tugal talqinini topdi. XVI
asr boshlariga kelib, Rim Italiyaning muhim siyosiy va madaniy
markaziga aylandi. Uning mavqeini orttirish maqsadida Rim papalari
yetuk san’atkorlarni shaharga taklif eta boshladiiar. Shu davrda
Mikelanjelo, Bramantelar qatori Rafael ham papalar diqqatini o‘ziga
tortdi va 1508-yili ularning taklifiga binoan Rimga keldi. Shu paytdan
Rafael ijodining eng gullagan davri boshlandi, shu yerda u o'zining eng
yetuk asarlarini yaratdi. Dastiab unga Vatikandagi papalar shaxsiy
xonalarining devorlarini bezash ishlari topshirildi. Rafael bu suratlar
ustida 1511-yilgacha mehnat qilib, uni muvaffaqiyatii bajardi. Bundan
xursand bo‘Igan papalar unga yana xonalami bezash va ularga devoriy
suratlar ishlashni davom ettirishni topshirishdi. Rafael me’mor sifatida
ham ijod qildi. U Bramante vafotidan keyin Avliyo Pyotr soborini
qurish ishlariga rahbarlik qildi, villa hamda cherkovlar uchun karton va
chizmalar ishladi, qalamda suratlar chizdi. Rafael 37 yoshida vafot
etdi401.
Mikelanjelo Buonarotti (1475-1564) 1475-yili 6-martda Florensiya
yaqinidagi Kapreze shaharchasida dunyoga keldi, 13 yoshida u
Florensiyalik Domeniko Girlyandayo ustaxonasiga o'qishga kirdi. Uni
Medichilar saroyi qoshidagi badiiy maktabga o‘qishga qabul qilishdi.
Bu yerda u o‘z bilim va mahoratini oshirdi.
401 The World History o f Architecture. Auguste Choisy. London. 2009. Р.596(Опост Шуязи. Всеобщая история
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО. 2009 kftobmng m s tiiidagi Ulqimdan foydalanilgan)(The Papal
Basilica o f S t P e te r in the V attau i, or simply S t P eter’s
Yüklə
Dostları ilə paylaş: