Skadinaviya mamlakatlari, Angliya, Germaniya, Avstriyada esa hali
yuzaga kelmagan edi. Bu mamlakatlardagi notinchlik, turli urushlar (30
yillik urush) bunga asosiy sabab boidi. XVIII asrga kelib vaziyat
birmuncha o‘zgarib, yangi munosabatlar yuzaga kela boshladi. Me’
morchilik iqtisodiy hayotning dolzarb muammolari bilan uzviy bogiiq
holda rivojlana boshladi. Shu asrda milliy maktablar ham ко‘pay a
boshladi. Ular orasida Fransiya badiiy maktabi Yevropa san’atida
yetakchi o'ringa chiqdi. Angliyada san’at rivojlandi. Italiyada Venetsi
ya badiiy maktabi, Germaniyada o‘ziga xos nemis san’ati ravnaq topib,
ular jahon madaniyati taraqqiyotida o‘z o‘miga ega bo* ldi.
Angliya san’ati taraqqiyotidagi yangi bosqich XVII asr ikkinchi
yarmidan me’morlikda namoyon bo‘la boshladi. Me’mor Inigo Jons
(1573-1620) mumtoz me’morlikni dastlab A.Palladio ijodini targib
etishdan boshladi va bu bilan ingiiz klassitsizmi prinsiplari
shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Bu xususiyat binoning fimksional
tomoni qulayligi hamda uning badiiy bezatilishini uyg‘unlashtirib
yuborishga, klassik shakllami aniq va erkin ishlatishga intilishda
namoyon boidi. Jons boshlagan ishni keyin mashhur me’mor Kristofer
Ren (1632-1723) davom ettirdi. U mumtoz shakllarga milliy, o‘ziga
xoslik kiritishga harakat qildi. Uning mashhur va yirik asarlaridan biri
Londondagi ulug‘vor va tantanali Avliyo Pavel ibodatxonasi
binosidir426. Uning interyerlari, kompozitsiyasi o‘rta asr me’morligiga
yaqin. U lotin butiga o‘xshaydi. Lekin bino konstruksiyasi va ayniqsa,
undagi orderlar, katta gumbaz ishlanishi jihatdan mumtoz me’morlik
tamoyillarini eslatadi va ingiiz klassitsizmining o‘ziga xos xususiyatini
namoyon qiladi. Klassitsizm XVIII asr Angliya me’morligida yetakchi
o‘rinni egalladi. U shahar va uning chekkasida qurilgan shaxsiy
imoratlarda ham o‘z ifodasini topdi. Klassitsizmning ratsionalistik
qat’iy uslublarda chekkaga chiqishga intilish dastlab ingiiz bog‘-park
yaratish, past-baland joylar, soy va jarliklarda erkin rejalashtirilgan
parklar yaratishga harakat qildilar. Bu so‘qmoq yoilar, daraxtlardan
426
History o f Architecture A.D.F.Hamlin. A. M Professor o f the history o f Architecture in the school o f Architecture,
COLUMBIA, UNI VERSIRY, 1998 SEVENTH EDITION. P.183 (The task o f designing a replacement structure was
officially assigned to S ir Christopher Wren on 30 July 1669. He had previously been put in charge o f the rebuilding
o f churches to replace those lost in the Great Fire. Моте than 50 City churches are attributable to Wren. Concurrent
with designing St Paul's, Wren was engaged in the production o f his five
Yüklə
Dostları ilə paylaş: