oqimi kuchiga qarab kurashish usullari tanlanadi, tadbir choralari belgi-
lanadi.
T ogii hududlarda shaxsiy imoratlami qurish ishlari sel xavfi xaritasi
bilan tanishgan holda, maxsus tashkilotlar ruxsati asosida olib borilishi
kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan hamma ofat tur-
lari 0 ‘zbekistonga xos xarakterlidir. Shuning uchun shu o'lkada yashovchi
har bir fuqaro yuqorida aytilgan tabiiy ofatlardan qo‘rqmasdan, esankira-
masdan, yuqori tashkilotlar, fuqarolar muhofazasi organlari tomonidan beri-
ladigan har bir ko‘rsatma, yo‘riqnomalarga qat’iyan rioya etib, harakat qi
lish zarur. Bunda hech qanday o ‘zboshimchalik, odamlami bezovtalantirish,
xavfsirash, faqat o‘z manfaatini ko'zlaydigan harakatlami qilish taqiqlanadi.
Qayerda yuqori intizom, chuqur ishlangan omillar bo‘lsagina, o‘sha yerda
ofat oqibatlari tugatilib, hayot tezda o‘z iziga tushib ketadi.
Dostları ilə paylaş: