bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar, seminarlar, laboratori ishlari ko‘zda tutilgan. Bu
mashg’ulotlar davomida talabalar kelajakda amlada qo‘llashlari lozim bo‘lgan
mikroelektronika va nanoelektronika kabi sohalarining chngi tarmoqlari paydo
bo‘lishi zamonaviy ta’limga jadal va tez Yangiliklar kiritish, xususan laboratoriya
mashqulotlarida qo‘llaniladigan o‘quv asboblarining zamonaviyligini ta’minlash,
tez-tez modernizasiYa qilishni, lamaliy mashg’ulotlarga ko‘proq e’tibor berish shu
38
Mazkur malakaviy bitiruv ishida taklif qilinayotgan virtual laboratoriya
ishlarining «Elektr va magnetizm» fani bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar o‘tishda
keng foydalanish bir qator muammolarni yechishga yordam beradi.
LabVIEW muhitida oddiy dasturlarni yoki virtual laboratoriya ishlarini
Yaratish usullarini hamda boshlang’ich dasturlash ko‘nikmalarini sodda
algoritmlarni tuza olish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan(bu ko‘nikmalar odatda o‘rta
maktablarda hosil qilinadi) 1-2 kurs talabalariga qisqa vaqt ichida o‘rgatish,
hamda talabalar vaqat virtual laboratoriya ishlaridan foydalanibgina qolmay balki
o‘zlari ham Yangi virtual dasturlar tuzishlari mumkin. Bu talabalarning ham o‘z
mutaxasisliklari bo‘yicha bilimlarini oshirishga(virtual laboratoriya ishining asosi
bo‘lgan fizik jarayonni mukammal o‘rganishga) ham, zamonaviy dasturlash
tillaridan biri o‘rganishga olib keladi.
Kasb-hunar kollejlari talabalir uchun mo‘ljallangan «Elektr va magnetizm»
fani mashg’ulotlarida virtual laboratoriya ishlaridan foydalanishni quyidagi to‘rt
usuldan birini qo‘llagan holda olib borish mumkin.
1.
Laboratoriya mashg’ulotlarini o‘tish uchun virtual laboratoriya qurilmasi
sifatida foydalanish.
2.
Real laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin qisqa muddatli trenirovka
qilish uchun.
3.
Amaliy va seminar mashg’ulotlarida ma’lum bir jarayon borishini yoki
asbobning ishlashini modellashtirish bilan talabalar bilmini mustahkamlash uchun.
4.
Nazariy bilim beruvchi ma’ruza darslarida demonstrasion virtual dastusr
sifatida foydalanish.
Bundan tashqari virtual laboratoriya ishi va dasturlaridan masofaviy ta’lim
olish jarayonida ham keng va juda samaralidir. Bu haqda keyingi paragrafda
kengroq to‘xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: