M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Yosh psixologiyasi – inson ontogenezi davomida uning ruhiy rivojlanish va shaxs 
sifatida shakllanish bosqiyalarining qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya fani 
xisoblanadi.
Yosh fiziologiyasi – inson ontogenezi davomida organizm xayotiy faoliyatining 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan fan 
Yosh xususiyatlari – yosh jixatdan rivojlanish bosqichlarining o‘zgarishi 
natijasida qonuniy ravishda o‘zgarib boradigan individ shaxsning o‘ziga xos 
xususiyatlari. Individual xususiyatlardan farqli o‘laroq yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar 
shunisi bilan ajralib turadiki, ular bir xil ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ko‘pchilik 
muayyan madaniyat vakillarining ruhiyatida qsodir bo‘lgan o‘zgarishlarni bildiradi. 
J
Jazo – pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning metodlaridan biri, maqsadi nomaqbul xatti 
xarakatlarning oldini olish, ularga qarshilik ko‘rsatish, o‘z olidida va boshqa kishilar 
oldida aybdorlik tuyg‘usini yuzaga keltirish. Xar qanday jazo pedagog tomonidan 
tushuntirib, asoslab berilishi va pedagogik odob va nazokat bilan ifodalanishi lozim. Jazo 
turlari: qo‘shimcha majburiyatlar yuklash, muayyan xuquqlarni cheklash yoki ulardan 
butunlay maxrum etish, axloqiy tanbex berish yoki ayblash. Jazo bolani kamsitmasligi 
yoki katta kishining qasos olish quroli sifatida xizmat qilmasligi kerak. 
Jamoaviylik (kollektivizm) – jamoa manfaatlari va maqsadalarini alohida shaxs 
manfaatlaridan ustuvorligini qaror topitiradigan xamda jamoaviylik birdamlik, jipslilik 
darajasini yuqori qo‘yadigan axloqiy tamoyil. 
Jismoniy mashqlar texnikasi – jismoniy tarbiya mashqlarida xarakatlarni 
bajarishning eng rasional usullari. 
Jismoniy yuklama – jismoniy mashqlarni bajarishdagi yuklanish darajasi. 
Jismoniy sifatlarning rivojlanishishiga erishish uchun yuklanish va xordiqni oqilona 
galma-gal navbatlash va to‘g‘ri taqsimlash, jismoniy mashq bajaruvchilarning 
tayyorgarlik darajasi, yoshi jinsini xisobga olish, shuningdek muayyan mashg‘ulot 
maqsadlaridan kelib chiqib ish ko‘rish talab qilinadi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin