M ustaqil ishi



Yüklə 306,87 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü306,87 Kb.
#111865
Raxmanqulova Nilufar-Algebra va sonlar nazaroyasi





Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi
3MI-22IM guruh talabasi
Raxmonqulova Nilufar Choriyevnaning Algebra va sonlar nazariyasi fanidan “Shturm teoremasining isboti” mavzusida tayyorlagan


M USTAQIL ISHI

BUXORO – 2023 YIL

Shturm teoremasining isboti.
Reja:



  1. Shturm sistemasi ta’rifi.

  2. Shutrm teoremasi.

  3. Shutrm teoremasi isboti.

  4. Shutrm teoremasi doir misollar.

Haqiqiy koeffisientli f(x) ko`phadning haqiqiy ildizlarini sonini topish masalasini ko`raylik.Quyida biz musbat ildizlar soni, manfiy ildizlar soni va avvaldan berilgan a va b sonlar orasidagi ildizlar sonini topish masalasini ko`ramiz.Bu masalalarga bir muncha sodda bo`lgan Shturm metodini qo`llab javob beramiz.Noldan farqli bo`lgan haqiqiy sonlarning birorta tartiblangan sistemasi, masalan
1, 3, -2, -5, 6, 1, 3, -1, -1, 4, 1 (1)
berilgan bo`lsin, Bu sonlarni ishoralarini yozib chiqaylik:
+ , + , - , - , + , + , + , - , - , + , + (2)
Biz bu ishoralar sistemasida qarama-qarshi ishoralar 4 marta almashganini, ketma-ket turganini ko`ramiz. Shu sababli (1) tartiblangan sistemada 4 marta ishora o`zgaradi (almashadi ) deyiladi. Demak noldan farqli haqiqiy sonlarning ixtiyoriy tartiblangan chekli sistemasi uchun ishora almashishlar sonini har doim topish mumkin. Haqiqiy koeffisientli f(x) ko`phad berilgan bo`lsin va u karrali ildizga ega emas deb faraz qilaylik.
Agar f(x) ko`phad karrali ildizlarga ega bo`lsa, u holda uni o`zi bilan hosilasining eng katta umumiy bo`luvchisiga bo`lib yuborib har doin karrali ildizga ega bo`lmagan ko`phadni hosil qilishimiz mumkin.
Agar quyidagi shartlar bajarilsa noldan farqli ko`phadlarning tartiblangan chekli sistemasi
f(x)= f0(x) , f1(x) , f2(x),...., fs(x) (3)
f(x) ko`phadning Shturm sistemasi deyiladi.
1). (3) sistemaning qo`shni ko`phadlari umumiy ildizga ega emas.
2).Oxirgi fs(x) ko`phad haqiqiy ildizga ega emas.
3). Agar  son (3) sistemaning oraliq ko`phadlaridan biri bo`lgan fk(x) ko`phadning haqiqiy ildizi bo`lsa,( 1 k  s-1) u holda fk-1() va fk+1() qarama-qarshi ishoraga ega bo`ladilar.
4). Agar  son f(x) ko`phadning haqiqiy ildizi bo`lsa, u holda x o`sa borib  dan o`tganda f(x)f1(x) ko`paytma o`z ishorasini manfiydan musbatga o`zgartiradi.
f(x) ko`phad shunday (3) Shturm sistemasiga ega deb faraz qilaylik.(Ixtiyoriy ko`phadning Shturm sistemasiga egaligi masalasini keyinroq ko`ramiz) .
Agar c haqiqiy son berilgan f(x) ko`phadning haqiqiy ildizlaridan ibrat bo`lmasa, u holda haqiqiy sonlarning
f(c ) , f1(c ), f2( c ),....,fs( c)
sistemasini olamiz, undan barcha nolga tenglarini o`chiramiz va W( c) orqali qolgan sistemaning ishora o`zgarishlar sonini belgilaylik.
Ta`rif.W( c) ni f(x) ko`phadning (3) Shturm sistemasida x = c bo`lgandagi ishora o`zgarishlar soni deyiladi.
Teorema.(Shturm teoremasi) Agar a va b (a < b) haqiqiy sonlar karrali ildizi bo`lmagan f(x) ko`phadning ildizlari bo`lmasa, u holda W(a)  W(b) bo`ladi va W(a)-W(b) ayirma f(x) ko`phadning a va b orasida joylashgan haqiqiy ildizlari soniga teng bo`ladi.
Isboti. Teoremani isbotlash uchun x o`sishi bilan W(x) son qanday o`zgarishini kuzatush etarli. x o`sa borib o`z yo`lida (3) Shturm sistemasining birorta ham ko`phadining ildizlarini uchratmasa, bu sistema ko`phadlarining ishoralari o`zgarmaydi, demak W(x) ham o`zgarmay qoladi.Shu sababli Shturm sistema ta`rifidagi 2) shartga asosan faqat ikkita holni ko`rish kifoya: x birorta oraliq fk(x) ,( 1 k  s-1) ko`phadning ildizlaridan o`tishi va x ning f(x) ko`phadning o`zining ildizidan o`tishi.
 son fk(x), 1 k  s-1 ko`phadning ildizi bo`lsin. U holda 1) shartga ko`ra,
fk-1() va fk+1() lar noldan farqli. Demak, shunday  musbat kichik son topish mumkinki, (- , +) oraliqda fk-1(x) va fk+1(x) ko`phadlar ildizga ega emas va demak ular ushbu oraliqda ishora saqlaydi.Bundan tashqari 3) asosan bu shoralar qarama-qarshidir. Bundan esa, ushbu
fk-1(-) , fk(-) , fk+1(-) (4)
va
fk-1(+) , fk(+) , fk+1(+) (5)
sonlar sistemalarining har biri fk(-) va fk(+) sonlar qanday ishoraga ega bo`lishdan qat`iy nazar faqat bittagina ishora o`zgarishiga ega bo`ladilar.
Masalan, agar fk-1(x) ushbu qaralayotgan oraliqda manfiy bo`lsa, fk+1(x) esa musbat bo`lsa hamda fk(-) > 0 , fk(+) < 0 bo`lsa, u holda (4) va (5) sistemalarga ushbu
- , + , + ; - , - , +
ishoralar sistemasi mos keladi. Demak, x Shturm sistemasidagi birorta oraliq ko`phadining ildizidan o`tganda bu sistemaning ishora o`zgarishi faqat joyini o`zgartiradi (ya`ni suriladi), yangidan paydo bo`lmaydi va yuqolib ham ketmaydi, shu sababli W(x) son o`zgarmay qoladi.
Endi  f(x) ko`phadning o`zining ildizi bo`lsin. 1) ko`ra  f1(x) uchun ildizbo`lmaydi. Shu sababli shunday  son topiladiki (-  ,  +  ) oraliqda f1(x) ildizga ega bo`lmaydiba shu sababli f1(x) bu oraliqda ishora saqlaydi. Agar bu ishora musbat bo`lsa, u holda x 4) shartga ko`ra  dan o`tganda f(x) o`z ishorasini manfiydan musbatga o`zgartiradi, ya`ni
f(-) < 0 , f(+ ) > 0
Demak,
f(-), f1(-) va f(+ ) , f1(+) (6)
sonlar sistemasiga
- , + va + , +
ishoralar sistemalari mos keladi, boshqacha qilib aytganda Shturm sistemasida bitta ishora o`zgarishi yo`qoladi. Agar f1(x) ning (-  ,  +  ) oraliqdagi ishorasi manfiy bo`lsa, yana 4) ga ko`ra x  dan o`tganda f(x) ko`phad o`z ishorasini musbatdan manfiyga o`zgartiradi, ya`ni f(-) > 0 , f(+ ) < 0 , (6) sonlar sistemasiga endi
+ , - va - , -
ishoralar sistemalari mos keladi, ya`ni Shturm sistemasida yana bitta ishora o`zgarishi yo`qoladi. Demak,W(x) son x o`sa borib f(x) ko`phad ildizlaridan o`tgandagina o`zgaradi, shu bilan birga bu holda u roppa -rosa bitytaga kamayadi.
Teorema isbotlandi.
Tasdiq.Karrali ildizga ega bo`lmagan, haqiqiy koeffisientli har qanday f(x) ko`phad Shturm sistemasiga ega bo`ladi.
Isboti.Quyidagi usul bilan Shturm sistemasini tuzaylik.
f1(x) = f1(x) deb olaylik. Shturm sistemasi ta`rifidagi 4) shartni bajarilishini ko`rsataylik. Agar  son f(x) ko`phadning ildizi bo`lsa, u holda f1()0 bo`ladi va demak f1() > 0 bo`lsa, u holda  nuqta atrofida f1(x) > 0 va shu sababli f(x) x ni qiymati  dan o`tganda ishorasini manfiydan musbatga o`zgartiradi va demak f1(x)f(x) ko`paytma ham o`z ishorasini manfiydan musbatga o`zgartiradi. Agar f1() < 0 bo`lsa, u holda  nuqta atrofida f1(x) < 0 bo`ladi va f(x) х ni qiymati  dan o`tganida ishorasini musbatdan manfiyga o`zgartiradi va demak f1(x)f(x) ham o`z ishorasini manfiydan musbatga o`zgartiradi.
So`ngra f(x) ni f1(x) ga bo`lamiz va bu bo`lishdan chiqqan qoldiqni teskari ishora bilan olib, f2(x) deb olamiz:
f(x) = f1(x)q1(x)+r1(x)
f2(x) = -r1(x)
f3(x) deb esa quyidagi ko`phadni olamiz:
f1(x)= f2(x)q2(x)+r2(x)
f3(x)= - r2(x)
va hakazo. fk-1(x) va fk(x) lar topilgan bo`lsin, u holda fk+1(x) quyidagicha topamiz:
fk-1(x) = fk(x)qk(x)+rk(x)
fk+1(x)= -rk(x) (5)
Bu prosess f(x) va f1(x) ko`phadlarning eng katta umumiy bo`luvchisi bo`lgan birorta fs(x) da to`xtaydi. Olishimizga ko`ra f(x) va f1(x) ko`phadlar o`zaro tub bo`lgani uchun fs(x) birorta nolinchi darajali ko`phad bo`ladi.
Biz tuzgan
f(x)= f0(x) ,f1(x)= f1(x) , f2(x),...., fs(x)
ko`phadlar sistemasi Shturm sistemasining ta`rifidagi 2) shartni bajarishini, ya`ni fs(x) haqiqiy ildizga ega emasligini va 1) shartni bajarilishini ko`rsataylik: faraz qilaylik fk(x) va fk+1(x) umumiy  ildizga ega bo`lsin. U holda (5) ga asosan, 
fk-1(x) uchun ham ildiz bo`ladi va hakazo fk-2(x),fk-3(x) ,...f1(x),f0(x) lar uchun ham ildiz bo`lishi kelib chiqadi. Bu esa f(x) va f1(x) ni o`zaro tub ekanligiga ya`ni f(x) ni karrali ildizga ega emasligiga ziddir.
3). shartni bajarilishi (5) dan kelib chiqadi. Agar fk() = 0 bo`lsa, u holda fk-1() = - fk+1() bo`ladi.

Tasdiq isbotlandi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Kostrikin A.I. Vvedenie v algebra.Uchebnik.M.Nauka,1977g.


2.Hojiev J., Faynleyb.F.S. Algebra va sonlar nazariyasi kursi. T. 2001 y.
3.Kurosh F.G. Oliy algebra kursi. T.Ukituvchi . 1976 y..
4.Fadeev D.K.,Sominskiy I.S.Sbornik zadach po vыsshey algebre. M.Nauka .1976 g.
5. Gelfand I.M. Lektsii po lineynoy algebre. http://www.mcmee.ru, http://lib.mexmat. ru.
6. Kurosh A.G. Kurs vыsshey algebre http://www.mcmee.ru,
http://lib.mexmat. ru.
Yüklə 306,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin