4-§ Hujayra- hayotning asosi 1.Tiriklikning eng kichik birligi?
A.Hujayra B.To’qima C.Organoid D.Organ
2.Qaysi hujayra kislorod tashishda ishtirok etadi?
A.Leykotsit B.Eritrotsit C.Loviyasimon hujayra D.Nerv
3.Jadvalda berilgan X,Y,Z,W bilan belgilangan hujayralarning vazifalarini aniqlang?
X
Y
Z
W
Soxta oyoqlar hosil qiladi
loviyasimon tuzilishga ega
Ikki tomoni botiq shaklda
uzun va kalta o’simtalari mavjud
A.X- kislorod tashiydi, Y- suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi
Z- organizmni mikroblardan himoya qiladi, W-impulslarni hujayradan-hujayraga o’tkazadi
B. Z- kislorod tashiydi, Y- suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi
X- organizmni mikroblardan himoya qiladi ,W-impulslarni hujayradan-hujayraga o’tkazadi
C. Z- kislorod tashiydi, X- suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi
Y- organizmni mikroblardan himoya qiladi, W-impulslarni hujayradan-hujayraga o’tkazadi
D. X- kislorod tashiydi, Y- suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi
W- organizmni mikroblardan himoya qiladi, Z-refleks hosil qiladi
4.Rasmda berilgan hujayralarga xos xususiyatlarni aniqlang?
a) uzun va kalta o’simtalari mavjud b)loviyasimon tuzilishga ega c)organizmni mikroblardan himoya qiladi d)kislorod tashiydi e) soxta oyoqlar hosil qiladi
f) ikki tomoni botiq shaklda g) suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi h)refleks hosil qiladi.
A.1-d,h 2-b,g 3-c,h, 4-a,e B. 1-d,f 2-b,g 3-c,e, 4-a,h
C. 1-d,h 2-b,g 3-a,h, 4-c,e D. 1-d,f 2-b,e 3-c,h, 4-a,g
5.Prokariotlarga qaysi organizmlar misol bo’ladi?1. hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar A. 4 va 5 B. 1,2 va 3 C. 3 va 4 D. 1 va 2
4.Qaysi organizmlarning yadrosi yaxshi shakllangan? 1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar
A. 4 va 5 B. 1,2 va 3 C. 3 va 4 D. 1 va 2
6.Prokariot –I va eukariotlar-II hyjayralarga xos xususiyatlarni aniqlang
A.I-yadrosi shakllanmagan, II-bakteriya, ko’k- yashil suvo’tlar kiradi
B.I-yadrosi shakllanmagan, II-yadrosi yaxshi shakllangani
C.I-zamburug’, o’simlik, hayvonlar kiradi, II- bakteriya, ko’k- yashil suvo’tlar kiradi
D.I-yadrosi yaxshi shakllangan , II- yadrosi shakllanmagan
7.Sitoplazmatik membrananing vazifalari?
A.Irsiy axborotni saqlash, nasldan-naslga o’tkazish, moddalar almashinuvini boshqarish
B.Himoya, moddalarni almashinuvini boshqarish
C.Organoidlarni saqlash D.Himoya, moddalarni tanlab o’tkazish
8.Hujayraning eng muhim qismi qanday vazifalarni bajaradi?
A.Irsiy axborotni saqlash, nasldan-naslga o’tkazish, moddalar almashinuvini boshqarish
B.Himoya, moddalarni almashinuvini boshqarish C.Organoidlarni saqlash
D.Himoya, moddalarni tanlab o’tkazish
9.Selluloza qobiq mustahkamlik va tayanch vazifasini bajaradigan organizmlarni aniqlang?
A.Mimoza, zarang B.Evglena, ayiq C.Pomidor, ilvirs D.Ot, aloe
10.Ildiz va urug’da ko;p bo’ladigan plastida?
A.Leykoplast B.Xloroplast C.Xloroplast D.Leykoplast va xloroplast
11.Vakuola tarkibining nechi foizini suv va unda erigan mineral tuzlar, organic kislotalar va uglevodlar tashkil etadi?
A.60-90% B.70-95% C.75-95% D.80-90%
12.Qari hujayraga xos xususiyatni aniqlang?
A.Yadro yirik B.Qobiq yupqa C.Vakuola yirik D.Sitoplazma suyuq
13.Qaysi xususiyat faqat o’simlik hujayrasi uchun xos?
A. Sitoplazmatik membrana ustida selluloza qobiqning mavjudligi
B.Plastidalarning mavjudligi
C.Hujayra shirasi bilan to’lgan vakuolaning bo’lishi
D.Barcha javoblar to’g’ri
14.Hujayraning eng muhim tarkibiy qismi nima?
A.Vakuola B.Yadro C.Sitoplazma D.Plastida
15.Qaysi plastida pigmentlar miqdoriga ko’ra sariq ,qizil ,ko’k bo’lishi mumkin?
A.Xloroplast B.Xromoplast C.Leykoplast D.Xloroplast va xromoplast
16.Mevalarning shirin yoki nordon bo’lishi qaysi hujayra organoidiga bog’liq?
A.Vakuola B.Yadro C.Sitoplazma D.Plastida
17.Qaysi organik modda kop bo’lsa meva shirin bo’ladi?
A.Yog’ B.Organik kislota C.Uglevod D.Oqsil
18.Hujayradagi ortiqcha suyuqlikni tashqariga chiqarib tasahalaydigan organoid?
A.Yadro B.Qisqaruvchi vakuola C.Plastida D.Hazm vakuolasi
19.Asosiy to’qimaga qaysi hujayralar kiradi?
A.Qoplovchi, mexanik B.Ustunsimon, barg og’izchalari
C.O’tkazuvchi, bulutsimon D.Bulutsimon, ustunsimon
20.Kislorod tashishda ishtirok ertuvchi hujayra va uning shaklini belgilang?
A.Eritrotsit, amyobasimon B.Leykotsit, soxta oyoqli
C.Eritrotsit, ikki tomoni botiq D.Leykotsit, loviyasimon
21.Suv bug’latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadigan hujayra shaklini ko’rsating?
A.Ikki tomoni botiq B.Loviyasimon C.Yulduzsimon D.Soxta oyoqli
22.O’simlik (a), va hayvon(b) hujayralariga xos xususiyatlarni ajrating?
1-sitoplazmatik membrana 2-selluloza qobiq 3-qisqaruvchi vakuola 4-shira to’plovchi vakuola 5-hazm qiluvchi vakuol 6- plastidaning bo’lmasligi 7-hujayra qobig’ining yupqa bo’lishi
A.a-1,2,4,6 b-3,5,7 B. a-1,2,4 b-1,3,5,6,7
C. a-3,5,7 b-1,2,4,5 D.a-3,4,6, b-1,2,5,7
23.Qaysi xususiyat faqat o’simlik hujayrasi uchun xos?
A.Sitoplazmatik membrana ustida selluloza qobiqning mavjudligi
B.Plastidalarning mavjudligi
C.Hujayra shirasi bilan to’lgan vakuolaning bo’lishi
D. Barcha javoblar to’g’ri
24.Qisqaruvchi vakuola-1, hazm vakuolasi-2 vazifalarini aniqlang?
A.1- oziq moddalarni parchalash, 2- ortiqcha suyuqlikni chiqarish
B. 1- ortiqcha suyuqlikni chiqarish, 2-hazm qilish
C.1-himoya qilish 2-tayanch, mustahkamlik berish
D.1-ortiqcha suyuqlikni chiqarish, 2- himoya qilish
25.Yirik vakuolaga ega organizmlarni aniqlang?
A.Asalari, qoraqurt B.Piyoz, termit C.Mimoza, yalpiz D.Qizilmiya, nereida
26.Hayvon hujayrasi-I, o’simlik hujayrasi-II uchun xos belgilarni aniqlang?
1) selluloza qobiq mavjudligi 2) plastidaga ega ekanligi 3)vakuolaning kattalashib borishi 4)hujayra qobig’i yupqa 5)qisqaruvchi va hazm vakuolasining mavjudligi
6)qo’shimcha selluloza qobiqning bo’lmasligi 7)hujayra shirasiga ega vakuolaning bo’lishi 8)vakuolalarning mayda bo’lishi
A.I- 1,2,3 II-4,5,7 B.I-4,5,6 II-1,2,8 C.I-5,6,8 II-2,3,7 D.I- 4,5,3 II-1,2,7
27.Piyoz hujayralariga xos xususiyatlarni toping?
A. Zich joylashgan, silindrsimon B.Zich joylashgan, yumaloq
C.Selluloza qobiqli, siyrak joylashgan D.Ustunsimon, bulutsimon
28.Faqat o’simliklar hujayrasiga xos bo’lgan organoidning pomidor o’simligida aylanish ketma-ketligini aniqlang?