giyohvandlik
vositalari,
psixotrop
moddalar,
prekursorlar
ekspertizasining yangi usullarini baholashda qatnashadi;
0 ‘zbekiston
Respublikasining giyohvandlik
vositalariga
bo‘lgan
ehtiyojini jamlaydi va BMT ning giyohvandlar nazorati qo‘mitasiga kvota
ajratishi uchun yuboradi;
BMT ning giyohvandlik vositalari muomalasi bo‘yicha xalqaro
giyohvandlik nazorati qo‘mitasiga O'zbekiston Respublikasi bo‘yicha
hisobotlarni taqdim etadi.
Dori vositalari ekspertizasi va standartlash Davlat markazi (DVE va
SDM) Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-sonli qarorining
ijrosi sifatida 0 ‘zR SSVning 1995-yil 6-iyundagi 250-sonli buyrug‘iga
binoan 0 ‘zR SSV qoshidagi dori vositalarini standartlashtirish va sifatini
nazorat qilish laboratoriyasi bazasida tashkil etilgan.
DVE SDM ning asosiy vazifasi Respublikada ishlab chiqarilgan va
import bo‘yicha keltirilayotgan dori, profilaktika, diagnostika vositalari va
tibbiy
texnika,
tibbiyotda
ishlatiladigan
buyumlar va
davolash-
oziqlantirish mahsulotlarining sifatini davlat nazoratidan o‘tkazish; dori
vositalarini
standartlashtirish,
sifatini
nazorat
qilish
usullarini
takomillashtirish, yangi usullarni ishlab chiqish va, shuningdek, yangi dori
vositalarini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish.
DVE SDMning tarkibida quyidagi bo'limlar mavjud:
- Dori vositalarini va sifat nazoratini standartlashtirish laboratoriyasi;
- Farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi;
- Vak-sina, zardob vositalari va mikrobiologik tadqiqotlar laboratoriyasi;
- Tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi;
- Ilmiy-uslubiy va axborot bo‘limi.
Davlat markazi laboratoriyalari dori vositalarining sifat nazoratini
o‘tkazish uchun AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning
yetakchi firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan
jihozlangan Dori vositalarini sertifikatlovchi organ hisoblanadi. Andijon,
Samarqand, Urgench va Qarshi shaharlarida Davlat markazining filiallari
mavjud.
Dori vositalari standartizatsiyasi va ekspertizasi davlat markazida
ilmiy - uslubiy va axborot hamda sertifikatlashtirish bodimlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: