M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Tez va y e n g il alangalan u vch i p rek u rso rla rn i



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Tez va y e n g il alangalan u vch i p rek u rso rla rn i
saqlashda ularning flzik- 
kimyoviy xossalarini hisobga olish kerak (sirka kislota angidridi, atseton, 
etil eflri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfat kislotasi, toluol).
185


Tez alangalanuvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa 
oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchan moddalar 
(o‘simlik yog‘lari, oltingugurt, bogMov vositalari), shuningdek organiq 
moddalar bilan portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat, kaliy permanganat, 
kaliy xromat va h.k.) hosil qiluvchi noorganik tuzlami birga saqlash 
taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga tashish, 
yuklash) ehtiyotkorlik choralari koYilib, idishning holati, germetikligi, 
to‘g‘riligini doimiy kuzatib turgan holda ishlash lozim.
Tez alangalanuvchi prekursorlar zieh berkiladigan, mustahkam 
shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. Shisha idishlar, ballon va boshqa 
katta hajmli idishlar balandligi bo‘yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni 
bir necha qatorga, isitish manbalari yaqiniga qo'yish taqiqlanadi. So‘kchak 
va isitish manbasi orasidagi masofa bir metrdan kam boMmasligi kerak.
Nitrat va snlfat kislotalarini
saqlashda ularning yog‘ochli, organiq 
tabiatli boshqa moddalar bilan munosabatda bo‘lishining oldini olish 
lozim.
Nitroglitserin eritmasi
- portlovchi modda, uni dorixonada, dorixona 
omborlarida katta emas, yaxshi berkitilgan sklyankalar yoki metall 
idishlarda salqin, qorong'i joyda saqlanadi, yong‘indan ehtiyot bo‘lish 
kerak. Nitroglitserin saqlaydigan idishni surish va shu preparatni tortib 
olish juda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi zarur.
Efir
(tibbiyot yoki narkoz uchun) fabrikaning o‘ramida, qorong‘i, 
salqin (isitish priborlardan uzoqroq) joyda saqlanadi. 
Dietileßr
bilan 
ishlanganda silkitish, zarba berish, ishqalashdan saqlanish kerak.
Kaliy permanganat
glitserin, oltingugurt, chang, organik moylar, 
efirlar, spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan 
portlovchi birikmalar hosil qiladi. Uni maxsus ajratib qo'yilgan joyda, 
tunuka barabanlarda, dorixonada - og'zi mahkam yopilgan va yuqorida 
koTsatilgan vositalardan alohida saqlanadi.
Portlovchi va tez alanga oluvchi vositalar
alohida (quruq, to‘gri 
quyosh nuridan, yong‘in va yer osti suvlaridan himoyalangan, birinchi 
qavatda, temirbeton koplama va metall yashikli) xonalarga joylanishi 
kerak, xonaning poli eshigidan ichkariga qiyalanib sementlangan, 
o‘yilmagan tekis bodishi kerak. Yonmaydigan so‘kchaklar poldan 0,25 m 
dan kam boimaydigan balandlikda bo'lishi kengligi lm dan kam 
bo‘lmagan, chetlari 0,25 m dan kam, so‘kchaklar oraligi 1,35 m dan kam 
bo‘lmasligi kerak; yonmaydigan shkaflar kengligi 0,7 m dan, balandligi 
1,2 m dan kam bo‘lmaydigan eshiklarga ega bo‘lishi kerak; elektr
18 6


o‘tkazish moslamalari, yorituvchi va boshqa elektrjixozlari portlash 
xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek, o'chirish moslamalari bilan 
ta’minlangan bodishi kerak.
Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solingan idishlar zarba- 
lardan saqlaydigan, yoki ag‘daruvchi ballonlarda bir qatorda saqlanadi.
Idishni suyuq moddalar bilan toddirish darajasi 90% hajmdan 
oshmasligi kerak. Katta miqdordagi spirtlar metall idishlarda, 75%dan 
ortiq bodmagan hajmda toddirilib saqlanadi.
Portlovchi va yonuvchi vositalar saqlanadigan xonalarga kerosin 
lampalar va shamlar bilan kirish taqiqlanadi. faqat elektr yoritgichlardan 
foydalaniladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin