Mablaglarning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi
Tayyorladi:FARZONA abduganiyeva
Har bir korxona tashkil qilinish davridao‘z faoliyatining hajmi va harakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag’ga vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin.
Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag’lar ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi (xarakteri) mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat fondidan
O‘z mablag’lari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi. Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarning o‘z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi
Kapital (fond)lar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali (fondi) va zahira (rezerv) kapitalidan tashkil topadi. Ustav kapitali (fondi) korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat fondidan (davlat korxonalarining kapitali) kelib tushgan mablag’larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir.
qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari ega bo‘lgan mablag’lari va ulardan foydalanishning samaradorligi kerakli axborot bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak.