222
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan
tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.
Apellyasiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan
tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt
nafar a’zo kiritiladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi
e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin.
Talaba tomonidan berilgan apellyasiya Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun
ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga
ega.
Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning
natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni
o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtiraolmagani ko‘rsatiladi. Apellyasiya komissiyasi
tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: