Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə52/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Uslubiy vositalar


Ko’pchilik texnologiyalarning rivojlanishi uchun standartlashtirish va unifikatsiya xarakterli belgi hisoblanadi.
Standartlashtirish – takrorlanuvchi masalalar uchun yechimlar topish va optimal darajada tartiblanganlikka erishishdir.
Unifikatsiyalash (umumlashtirish) – elementlar qo’llanilayotgan tizimlar turli tumanligiga nisbatan ularning turli tumanligini kamaytirish.
Turli standartlar va ularga o’xshash uslubiy materiallarni quyidagi belgilari bo’yicha tartiblash mumkin: Tasdiqlovchi organlar bo’yicha:
xalqaro rasmiy standartlar; milliy rasmiy standartlar; milliy mahkamalar standartlari;
xalqaro komitetlar va birlashmalar standartlari; ishlab chiqaruvchi firmalar standartlari;
«de fakto» standartlari.
Predmet sohasi bo’yicha standartlashtirish:
funksional standartlar (protokollar, dasturlash tilidagi standartlar,
105
kodlash, shifrlash va boshqalar);
axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari (hayot sikli) standartlari (loyihalashga, materiallashtirishga, ishga tushurishga, kuzatib borishga standartlar va boshqalar).
Uslubiy manbaga qarab uslub, model, yondashuv standart sifatida qaralishi mumkin. Misol tariqasida turli darajadagi bir qator standartlarni ko’rib chiqaylik.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization – ISO) tomonidan ishlab chiqilgan ISO/OSI xalqaro standarti tarmoq axborot almashinuvi sohasida foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lib, OSI modeli sifatida tanilgan, yetti darajali etalon modelni (OSI – Open System Interconnection - ochiq tizimlar bog‘lanishi) ifodalaydi.
ISO/IEC 12207:1995-08-01 xalqaro standarti dasturiy ta’minot hayot sikli jarayonlari, hamda dasturiy ta’minot tarkibiy qismi sifatida kirgan axborot tizimlari turlari uchun asos standart hisoblanadi. ISO/IEC JTC1
«Axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minotni loyihalashtirish, SC 7 komitetosti» birlashgan texnik komitet tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan. Asosiy, qo’shimcha va tashkiliy jarayonlar bayonlarini o’z ichiga oladi.
Dasturiy ta’minotning asosiy jarayonlari:
axborot tizimini o’zlashtirayotgan xaridor harakatlarini ifodalovchi o‘zlashtirish jarayoni, dasturiy mahsulot yoki uning xizmati (servis);
yuqorida ko’rsatilgan tashkil etuvchilar bilan ta’minlovchi, yetkazib beruvchi harakatlarini tartiblovchi yetkazib berish jarayoni;
dasturiy mahsulot qurish printsiplarini, ishlab chiquvchi harakatlarini aniqlovchi ishlab chiqish jarayoni; foydalanuvchilar extiyojlari yo’lida axborot tizimiga xizmat ko’rsatayotgan operator harakatlarini aniqlovchi, hamda foydalanish ko’rsatmalari talablaridan tashqari, foydalanuvchilarga maslahatlar va ular bilan teskari aloqani tashkillashtiruvchi ishlash jarayoni;
dasturiy ta’minotni modifikatsiyalash bo’yicha professionalning harakatlarini chegaralovchi (reglamentlovchi), funksional ish qobiliyatini va uning joriy holatini qo’llovchi kuzatish jarayoni.
Yordamchi jarayonlar hujjatlashtirish, konfiguratsiyani boshqarish, sifatini ta’minlash, attestatsiya, hamkorlikda baholash va auditni
106
chegaralaydi.
GOST 34 standartlash obyekti sifati turli xil avtomatlashtirilgan tizimlar va ularni tashkil etuvchilarining barcha turlari, shu bilan birga dasturiy ta’minot va berilganlar bazalaridan iborat. Standart, asosan, loyiha hujjatlarini ko’rib chiqadi va uni ISO/IEC 12207 standartidan farqlaydi. Standart tarkibida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish bosqichlari farq qiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin