ERKAKLARNI TAN OLISH AMALIYOTI Ko`zlaringizni yuming. Qulay joylashib oling. Qo`llaringiz va oyoqlaringizni chalkashtirmang. Chuqur nafas oling, nafasingizni ushlab turing va chiqaring. Xuddi shu tarzda uch marta nafas olib, nafas chiqaring. O`zingizni xayolan bosh miya markazida his qiling. Chunki biz ko`pincha bosh miya markazida bo`lamiz. Ichki tomondan qalbingizga tushib oling. Qalbingiz ikkita ko`kragingizning o`rtasidir. Yuragingizni his qiling. Esda tuting: har bir meditatsiyani qalbingizdan boshlang. Xayolan keng maydonga chiqing. Keng dalalar yoki keng adirliklarda turganingizni tasavvur qiling. Qarshingizga butun dunyo erkaklarini chaqiring. Ular uchburchak tarzida turib olishsin. Qatorning boshiga otangizni turg`izing. Undan keyin ukangiz, akangiz, turmush o`rtog`ingiz turishsin. Siz erkaklarning yuzlarini aniq ko`rishingiz shart emas, faqat erkaklarning boshlari turganini tasavvur qilsangiz, bo`ldi. Ularning qarshisida boshingiz yerga tekkuncha tiz cho`king. Otangizning oyoqlariga bosh qo`ying. Va ayting: men sizlarning qarshingizda tiz cho`kaman. Hammalaringizdan kechirim so`rayman. Sizlar bilan raqobatlashganim, o`zimni sizlardan ustun ko`rganim uchun, sizlardagi erkaklikni tan olmaganim uchun uzr so`rayman. Men sizlardagi erkaklikni tan olaman. Hammangizdan minnatdorman. Erkak bo`lganingiz uchun minnatdorman. Sizlarga omad, zafarlar tilayman. O`sish, rivojlanish, hamma sohada muvaffaqiyat tilayman. Borligingiz uchun shukronalik keltiraman.
Ushbu amaliyotni kamida bir oy muddat tanaffuslarsiz qilasiz. Amaliyotni 15 minutdan 30 minutgacha bajarishingiz mumkin.
Erkaklarni tan olish amaliyoti siz uchun misoli bir xazina. Undan istalgan paytda foydalanishingiz mumkin. Hattoki, yo`lda ketayotganingizda yo`lingizda uchragan har bir erkakning oyog`iga xayolan ta’zim qilib, uni tan olib, unga rivoj tilashingiz va unda erkaklikni ko`rganingiz uchun minnatdor ekanligingizni aytishingiz mumkin. Ana shunda erkaklar sizni ko`rganda erkakni, ya’ni raqibni emas, ayolni ko`ra boshlashadi.
Erkaklarni tan olish amaliyotini qilish bilan birga hayotda ham bunga amal qilishni boshlashingiz kerak. O`zingizga ayol bo`lishga ruxsat bering. Eringizning qo`lidan erkakligini tortib olmang. Hayotda shunday ayollar borki, ular oiladagi hamma yumushlarni o`z ustiga olgan. Zo`r pul topadi, oilani, bolalarni, hatto erini ham pul bilan ta’minlaydi. Er esa bunga javoban ichadi, ishlamaydi, oshna-og`aynilari bilan kayf-u safo qiladi. Hattoki, o`ziga jazman ham topib oladi. Tashqaridan qaraganda erkakning o`zini bunday tutishi adolatsizlikday tuyuladi. Shunday xazina bo`lgan ayolni qadrlamagan erkakdan nafratlanamiz ham. ESLAB QOLING: Munosabatlarni biz yaratamiz. Boshqalar bizga biz xohlagan munosabatlarni ko`rsatib berishadi. Bu ayol erkakdan barcha erkakliklarni olib qo`ydi. Oila boqish, ro`zg`or tebratish ayolning emas, erkakning vazifasiga kiradi. Vazifasi olib qo`yilgan erkak o`zini boshqacha tutishi mumkin emas. Qachonki, ayol erkakning vazifalarini o`ziga qaytarib bersa, o`z ayolligini tan olsa, shundagina eri unga ayolday munosabatda bo`la boshlaydi. Erkakka aylangan ayolda ayollik energiyasi tushib ketadi va erkak unda ayolni emas, erkakni ko`ra boshlaydi. Bitta oilaga bitta erkak yetadi, ikkinchisi ortiqcha. Ayolida erkakni ko`ra boshlagan erkak o`ziga tashqaridan ayol izlaydi, jazman orttiradi. Mana sizga o`z ayolligini yo`qotgan ayolning taqdiri!
Demak, bunday ayollarga tezda ayollik energiyasini oshirishni va magnit ayolga aylanishni maslahat beraman.