Mg2+ ionlari organik moddalar bilan teskari xelatga o’xshash birikmalar hosil qila oladi.Bu ularning turli biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishiga imkon beradi, 300 dan ortiq fermentlarni faollashtiradi.Kofaktor sifatida u ko’plab fermentativ jarayonlarda, xususan ,glikolizda va ATPning gidrolitik bo’lishida ishtirok etadi va energiya chiqarilishini ta’minlaydi.

Fotosintez-yuksak o’simliklar,suvo’tlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar o’zlashtiradigan yorug’lik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil bo’lishidir.
Fotosintez tabiatda sodir bo’ladigan eng muhim biologik jarayonlardan biri.Fotosintezda quyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi.Fotosintezda sodir bo’ladigan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi.Fotosintezda barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo’lgan kislorod atmosferaga ajralib chiqadi.Fotosintez haqidagi dastlabki ma’lumotlar ingliz botanigi va kimyogari S.Geyls va rus olimi M.V.Lomonosov ishlarida keltiriladi.Ammo fotosintezni tajribalar orqali o’rganish Pristli,Senebye,Sossyur va boshqalarning ishlari bilan boshlandi.Nemis fiziologi Yu.Saks barglardagi xloroplastlarda kraxmal sintezlanishini ko’rsatadi.Fotosintezda kislorod hosil bo’lish jarayonini nemis fiziologi Engelman o’rgangan.Fotosintezda yorug’lik nurining ahamiyati 19-asrning o’rtalarida boshlandi.