Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Mashg‘ulotning borishi 
I. Shaxsda hayot mazmunini, o‘zini anglash ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga doir blis-so‘rov savollariga javob yozish. 
Topshiriq blis-so‘rovi. 
1. Shaxsning hayot mazmuni tushunchalari –
2. Ham uy bekasi, ham mohir dasturchi –
3. Ma’naviy yetuklik, to‘g‘rilik, chin inson bo‘lishning hayotdagi foydasi -
4. “Gender tengligi” tushunchasi -
 
II. Mavzuga oid “Kichik esse” yozish. 
“Kichik esse” uchun taklif etiladigan mavzular: 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: “Xotin-
qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” - deya e’tirof etilishi.
 
2. 
Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralari.
 
3. Xotin-qizlarni ijtimoiylashuvini kuchaytirish. 
 
III. “O‘z-o‘zini rivojlantirishning 33 qoidasi” asosida pedagoglar 
uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. 
O‘z-o‘zini rivojlantirishning 33 qoidasi: 
1. Kamolot, takrorlanmas (yagona) bo‘lishga intiling!
2. O‘zingizni o‘zingiz tahlil qilishga e’tibor qarating!
3. O‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling!
4. O‘zingiz uchun goho dam olishni uyushtiring, “mehnatning quli” 
bo‘lmang!
5. Boshqalarga achining, ammo, o‘zingizni ham unutmang!
6. Orzu-istaklaringizning quliga aylanmang!
7. O‘zingiz uchun o‘zgacha xos hayot tarzini yarating!
8. Muloqot madaniyatini o‘zlashtiring!
9. Bosiqlik talab etilganda jiddiy, bosiq bo‘ling!
10. O‘z kuchingiz va qobiliyatingizga ishoning!
11. Vaqt tutqich bermaydi, shu bois uni qo‘ldan boy bermang!


196
12. Xatolardan saboq chiqaring. Unutmang, hatto qirollar ham xatoga yo‘l 
qo‘yadi.
13. Ilm o‘rganing!
14. Mehnat insonni takomillashtirishini unutmang!
15. Harakatlaringizning izchil bo‘lishiga erishing!
16. Bugun bajarish mumkin bo‘lgan ishni ertaga qoldirmang!
17. Boshqalarni nima uchun kechirmasangiz, o‘zingizni ham shular uchun 
kechirmang!
18. Kishining o‘z ustidan hukmronlik qilishi, boshqalarning ustidan 
hukmronlik qilishi uchun garovidir!
19. Mukammal bo‘lmaganliklari uchun o‘zgalardan xafa bo‘lmang!
20. Hissiyotingizni boshqaring, shundagina yengilmas bo‘lasiz!
21. Ruhiy zo‘riqish (stress)larni bartaraf etishni o‘rganing!
22. Irodangizni chiniqtirib boring!
23. Tanangizni nazorat qila olsangizgina hukmdorga aylanasiz!
24. Kamchiliklaringizga qarshi kurashda mohir jangchi bo‘ling!
25. Oliy maqsadlarga intilishni o‘rganing!
26. Ko‘pchilik o‘rniga ishlash – qorga yozish kabi befoyda ekanligini 
unutmang!
27. Tartib tartibli bo‘lishning muhim omili!
28. O‘zingizni himoya qilishni, g‘ururli bo‘lishni o‘rganing!
29. Izzattalabligingizdan foydalanib, qirol bo‘ling!
30. Hiyla-nayranglar qurboni bo‘lmang!
31. Xatti-harakatlaringiz ustidan ichki sezgi (intuitsiya)ning ustun kelishiga 
yo‘l qo‘yib bering!
32. O‘zingizga tez-tez “Nima uchun?” degan savolni berib turing!
33. Muvaffaqiyatsizliklardan cho‘chimang – ular Sizni olg‘a intilishga 
rag‘batlantiradi!

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin