Samarqand viloyati Samarqand shahar, Samarqand tumani va Tayloq tumanlarida “Mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi vakili” lavozimiga tanlangan nomzodlar bilan 2 kunlik o‘quv dasturi doirasida o‘tkazilayotgan suhbatlardan lavhalar
“Mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi vakili” lavozimiga tanlangan nomzodlar uchun respublika miqyosida hududlarda 2 kunlik o‘quv seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 25 noyabr kuni Institut direktori professor Jalilov Aktam Tashnazarovich Samarqand viloyati miqyosida tanlangan nomzodlar bilan alohida suhbatlar olib bormoqdalar. Suhbat erkin tarzda tashkil etilmoqda. Bu jarayonlar nomzodlarning 2 kunlik o‘quv seminariga tayyorgarlik ko‘rish asnosida amalga oshirilmoqda.