315 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz darajada muhim rol o'ynaydi. Soliq vakolatlari hajmi va munitsipalitetlarning
daromadlari tarkibi bo'yicha Rossiya Germaniyaga eng yaqin hisoblanadi, ammo
shunga qaramay, ko'proq soliqlar mahalliy byudjetlarga tushadi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarining barqarorligini ta’minlash, shuningdek,
mahalliy byudjetlar xarajatlaridan samarali foydalanish ham iqtisodiy, ham huquqiy
omillarga bog‘liq. Ayrim iqtisodchilar bu omillarga mahalliy davlat hokimiyati
organlarining vakolat va mas’uliyatini oshirish orqali erishish mumkinligini e’tirof
etishsa, ba’zi iqtisodchilar esa daromadlar va xarajatlar mutanosiblikka erishish orqali
amalga oshirilishi mumkinligini tan olishadi. Xususan, A.Islomqulovning fikricha,
mahalliy byudjet daromadlari, bir tomondan, yalpi ichki mahsulot qiymatining ishlab
chiqarish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi natijasi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, bu qiymat hisoblanadi va u mahalliy ahamiyatga ega fondni shakllantirishga
xizmat qiladi.
M.Xaydarovning ta’kidlashicha, byudjet tizimi byudjetlarini markazsizlashtirish
byudjet daromadlari va turli darajadagi boshqaruv organlari vakolatlari o‘rtasidagi
byudjet xarajatlari bo‘yicha majburiyatlarga nisbatan mutanosiblikni ta’minlashga
qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Markazsizlashtirish
natijasida davlat xizmatlarini tashkil etish va ko‘rsatish shunday ta’minlanadiki, ular
mahalliy aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirishni ta’minlashi shart.
Mahalliy budjetning daromadlari va davlat byudjeti xarajatlari mahalliy
byudjetlarning hududlarda istiqomat qiluvchi aholini ta’minlovchi daromad qismini va
uning natijalarini mamlakatda yaratilgan milliy daromadni taqsimlash asosida
mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
U.O‘roqov mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, qo‘shimcha
daromad manbalarini yaratish va zaxiralarni aniqlashda mahalliy hokimiyat
organlarining manfaatdorligini oshirish zarur, deb hisoblaydi.
N.Yo‘ldosheva esa mahalliy byudjetlarni tartibga solish usullarini
takomillashtirish orqali ularning daromad manbalarini mustahkamlash va xarajatlar
majburiyatlarini optimallashtirishga erishish mumkinligini ta’kidlaydi.
Muallifning fikricha, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash
va ularning mustaqilligini oshirish uchun, birinchi navbatda, byudjet orqali tartibga
solishni hisobga olish kerak, chunki bu mutanosiblikni taʼminlash maqsadida ular
oʻrtasida mablagʻlarni qayta taqsimlashning eng muhim mexanizmi byudjet tizimi
byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hisoblanadi.
Yuqoridagi olim-iqtisodchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida
mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va joriy sharoitda xarajatlarni
optimallashtirishning
dolzarb
moliyaviy
jihatlari
o‘rganildi.
Shuningdek,
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2