316 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz markazsizlashtirish asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy
resurslarini shakllantirish, hududning iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanishni
rag‘batlantirish yo‘llari ochildi.
Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash va
mahalliy byudjetlar xarajatlari samaradorligiga erishishda, birinchi navbatda,
hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va soliqqa tortish manbalarini ko‘paytirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash, xarajatlarini barqarorlashtirish,
ularning daromadlari bazasini kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb
masalalardan biridir. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasi bevosita hududlarda hosil
bo'ladigan milliy daromadga, ya'ni ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga,
daromadlarning doimiy va bosqichma-bosqich kamayib borishiga bevosita bog'liqdir.
Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishning ichki zaxiralari hududlarda ishlab
chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni joylarda muvaffaqiyatli amalga oshirish
bilan chambarchas bog‘liq. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini to‘g‘ri
tashkil etish har bir hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy talablaridan
biridir.
Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni moliyalashtirishga qaratilgan moliyaviy resurslari
manbai hisoblanadi.
1-jadval – Mahalliy budjet daromadlarining o‘zgarish dinamikasi (milliard so‘mda)