Abstract
. In this article, the fact that it has a negative impact on the speed and
quality of the budget execution and on the effective management of budget funds requires
immediate measures to be taken to improve the existing mechanism. For this reason,
theoretical and practical consideration of the treasury system and its prospective
directions is one of the issues of urgent importance today.
Key words
: management of local budgets, treasury system, revenues of local budgets,
revenues of local budgets, subventions allocated from the budget, tasks assigned to local
government agencies.
Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari samarali ijrosining yangi mexanizmini
amaliyotga kiritish bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biridir.
Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan
-
302
-
tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan
subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining
daromadlari hisoblanadi. Tuman hokimliklari binolarida “Innovatsiya va texnologiya
markazi” uchun maxsus xonalar ajratish hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan
zarur kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, internet va boshqa zarur jihozlar bilan
ta’minlash. Sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga
oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larni (respublka va mahalliy budjet hamda
tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari) aniq hisob-kitob qilgan holda, 2022-yilda yangi va
foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab
chiqish hamda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish. Respublika va mahalliy budjet
mablag‘lari hamda tashabbuskorlarning o‘z mablag‘idan xarajatlari moliyalashtirish
1
.
O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi asosida
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq yukini keskin pasaytirish, soliqqa tortiladigan
ob’ektlarni to’liq qamrab olish va soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish orqali tegishli
byudjetlar daromad bazalarini mustahkamlash, mahalliy soliq va yig’imlarning soliq
ma’muriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shuning uchun mahalliy byudjetlarning markaz byudjetiga
qaramligini keskin kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish va
mahalliy byudjetlar mablag’larini samarali boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati
organlarining mustaqil ish olib borishlarini ta’minlash muhim omil hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati idoralari o’zlariga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni
lozim darajada bajarishlari uchun byudjet daromadlaridan iborat barqaror moliyaviy-
iqtisodiy asosga ega bo’lmog’i lozim.
Shu sababli, yuqorida qayd etilgan va o’z echimini kutayotgan muammolarning
ijobiy hal etilishi, birinchidan, byudjetlararo munosabatlarning takomillashtirilishiga,
ikkinchidan, mahalliy byudjetlar jami daromadlari tarkibida o’z daromadlari ulushining
oshirilishiga xizmat qiladi. Mana shu muhim ikki shartning bajarilishi mahalliy byudjetlar
mustaqilligini ta’minlash va oshirish imkonini beradi.
Yuqoridagilar bilan birga, mahalliy byudjetlarning moliyaviy jihatdan mustaqilligiga
bir qator omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jumladan: hudud iqtisodiyotining sust
rivojlanishi; rivojlangan ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy infratuzilma tizimining mavjud
emasligi; mahalliy byudjetlarning soliq potentsialini qisqartirishga yo’naltirilgan davlat
organlarining siyosati; mahalliy hokimiyat idoralariga tegishli mol-mulklardan
2
samarali
foydalana olmaslik (yoki mulkni byudjet tizimining boshqa bo’g’iniga o’tkazilishi
sababli mulkning qisqarishi), daromad manbalarining etarli emasligi sababli mahalliy
byudjetlar mustaqillik darajasining pasayishi; mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’lashda
ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan
bo’yin tovlashi; mahalliy byudjetlarning ijrosi ustidan byudjet nazoratining sustligi;
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini to’g’risida farmoni.
2.
Qayd etish joizki, rivojlangan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Portugaliya,
Irlandiya, Niderlandiya) mahalliy byudjetlarning asosini mulk solig’i yoki foyda solig’i tashkil etadi.
-
303
-
hududlarning iqtisodiy salohiyatidan, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalana
olmaslik kabilar mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligining ta’minlanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi.
Shuningdek, hududlar iqtisodiyotida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan
tarmoqlarning rivojlanmaganligi, hududlar iqtisodiy saloxiyatiga nisbatan ijtimoiy
majburiyatlarning salmoqliligi, yashirin iqtisodiyot darajasining yuqoriligi yoki norasmiy
hamda yashirin faoliyat turlarining kengayishi natijasida soliqqa tortish bazasinig
nisbatan torayib borishi kabilar ham mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishda salbiy
ta’sir doirasiga ega.
O’z navbatida, mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishda ularning daromad
vakolatlari va xarajat majburiyatlari asosiy o’rinni egallaydi. Byudjet tizimi bo’g’inlari
o’rtasida daromadlar vakolatlari va xarajatlar majburiyatlarining taqsimoti har bir
mamlakatda mavjud bo’lib, moliya tizimi va fiskal siyosatiga bog’liq bo’ladi. Byudjet
tizimi bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar davlat tuzilishi shakliga qarab, turli tamoyillar
asosida shakllanadi. Aksariyat mamlakatlarda markaziy va mahalliy byudjetlar
o’rtasida, shuningdek, quyi byudjetlar o’rtasida ham daromadlar vakolatlari va xarajatlar
majburiyatlarini belgilashda muammolar mavjud.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining iqtisodiyot xarajatlari qishloq
xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, yerlarni rekultivatsiya
qilish ishlarini bajarish; uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini
olib borish; suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; aholi
punktlarini obodonlashtirish; shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash kabi xarajatlardir bundan tashqari
ulardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish
xarajatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari,
mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari, davlat yoki jamoat
ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy
shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari kabi xarajatlar ham amalga
oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar
byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o‘tkazib beriladigan
daromadlar ajratilishi ham mumkin.
Mahalliy byudjetlardan iqtisodiyotga qilingan xarajatlar natijada hududlar
iqtisodiyotini rivojlantirish bilan mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirishga
xizmat qiladi. Mahalliy byudjetning daromadlar bazasini oshirishning ichki zaxiralari,
hududlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarning amalga
oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mahalliy byudjetlar mavqeyini yanada oshirish
hukumatimizning byudjet soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat
qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi. mahalliy byudjetlar daromadlarining
shakllanishidagi ushbu yo‘nalishda aytish mumkinki, davlat byudjeti daromadlarining
katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa
-
304
-
mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, byudjetning ijrosidan
manfaatdorligini va bu boradagi ma’suliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari,
bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga
rag‘batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi. Markazlashtirilgan
moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda mahalliy byudjetlarning vakolatlarini
oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bo‘lib qolmoqda va hozirgi olib
borilayotgan islohotlar ham hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy
byudjetlarning vakolatlarini oshirishga yo‘naltirilgan.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muhim tarkibiy
qismini tashkil etadi hamda Mahalliy xokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy
manba bo’lib hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar tizimi Mahalliy talab-extiyojlarni
to’laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan
tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib
beradi. Mahalliy xokimiyat organlariga Mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va
resurslarning tejmakorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi.
Mahalliy byudjetlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni
moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi. Mahalliy byudjetlar
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tizimining asosiy qismi sifatida o’zida
ko’pgina mustaqil byudjetlarni mujassamlashtiradi va davlat byudjetida qariyib
60%ni tashkil o’iladi.
Mahalliy xokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib tushishini
ko’paytirish hamda resurslardan optimal foydalanishdan manfaatdordirlar, chunki
joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o’sish sur’atlari mahalliy rezervlarni safarbar
etishga, mablag’larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog’liq bo’lib,
bu o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli
bajarishga imkon yaratadi.
Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatini o’rganish va iqtisodiyotni
boshkarish va tartibga solishdagi ishtirokni ko’rib chiqish jarayonida, daromadlarining
tashkil topishini tahlil qilish, ushbu sohadagi muammolarni echishga qator xulosalar va
takliflar berishga asos bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Mahalliy xokimiyatlarni davlat boshqaruvidagi xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
tomondan boshqarishdagi rolini oshirish, hozirgi kunning asosiy masalalaridan
biridir. Bunda maalliy boshqaruv organlarining moliya-byudjet huquqlarini, qonuniy
asoslarini va ularning bu huquqlarini kengaytirish juda muhimdir. Konstitutsiyaning
100-moddasiga asosan, Mahalliy xokimiyatlarga byudjetlarini shakllantirish va uni
ijro etish, Mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni
xosil qilish huquqlari berilgan. Ammo iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida
rivojlangan, bozor io’tisodiga o’tayotgan davlatlarning tajribalarini chuqur
o’rgangan holda, O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, byudjet
qonunchiligi rivojlantirilish zarurdir.
Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozimdir:
- Mahalliy xokimiyat organlarining Mahalliy byudjetlarni rejalashtirish, tasdiqlash
va bajarishdagi huquqlarini kengaytirishga;
-
305
-
- respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning o’zaro aloqalarini, qonuniy
asoslarini yaratishga, ya’ni bunda turli byudjetlarning o’zaro majburiyatlari, huquqlari
o’z aksini topishi lozim. O’zbekistonning unitar davlat ekanligidan kelib chiqib, asosiy
e’tiborni Mahalliy byudjetlarni davlat byudjetining tarkibiy qismi sifatida mustaqilligining
oshirishga;
- respublika byudjeti va Mahalliy byudjetlar o’rtasida daromadlar va xarajatlarning
qonuniy chegarasini yaratishga qaratilishi lozim deb hisoblayman.
2. Mahalliy byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, Mahalliy xududlarda
ushbu soliqlardan tushadigan tushum xijmiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Foizlar
yillar bo’yicha turli xildir.
Bu orqali Mahalliy hokimiyatlarni ushbu soliqlardan tushadigan daromadlarini
ko’paytirib borishdagi manfaatdorligi oshiriladi. Byudjet ijrosi davomida Mahalliy
byudjetlarni daromadlar rejasini o’zgartirish orqali Mahalliy byudjetlar tomonidan
amalga oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlashga chek o’o’yilishi
darkor. Buning uchun esa xududlarning soliqlarni yig’ish imkoniyatini to’g’ri belgilash
juda muhimdir. Shu sababli moliya organlarining, byudjet daromadlarini tushishi bilan
shuYoullanuvi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdagi huquqlarini kengaytirish
lozim deb hisoblayman.
3. Hozirgi kunda korxona va jamoa xo’jaliklari o’z daromadlari hisobidan ijtimoiy
ob’ekitlarni Mahalliy xokimiyatlar balansiga olib borish, bu korxonalarga bushagan
mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish imkoniyatini beradiki,
pirovard natijada bu byudjet daromadlarini ko’paytirishga olib keladi. Buning uchun esa
barcha imkoniyatlar mavjuddir.
4. O’tkazilgan iqtisodiy tahlil shuni ko’rsatadiki, Mahalliy byudjetlardan amalga
oshirilayotgan xarajatlarni oshib borishi, ma’lum jihatdan ularni qo’shimcha daromadlar
bilan ta’minlanishi amalga oshirilgan. Ko’rinib turibdiki, Mahalliy byudjetlar
daromadlarini shakllanishida davlatning ishtiroki juda kuchli va ularga bog’lanib qolgan.
Ammo bugungi kunda Mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mustahkamlash davlat
tomonidan ularning daromadlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishni,
Mahalliy xokimiyatlarning byudjet daromadlarini ko’paytirib borishdagi manfaatdorligini
kuchaytirishni talab o’iladi.
5. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirib borish, Mahalliy xokimiyatlarning
ularni bajarishdagi javobgarligini oshirish va mustaqilligini kengaytirish bilan bog’liqdir.
Mahalliy byudjetlarning ijrosi davomida bo’sh bo’lgan mablag’larni qisqa muddatlarga
bank muassasalariga sotish huquqini berish (chet davlatlarda ushbu huquq berilgan),
byudjetga qo’shimcha mablag’lar ishlab topish imkoniyatini yaratadi
6. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismini ijtimoiy madaniy tadbir
xarajatlari tashkil o’iladi. Bu xarajatlarni samaradorligini oshirish ularni rejalashtirishni
takomillashtirish bilan bevosita bog’liqdir.
7. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot moddasini
ko’zda tutish juda muhimdir. Bunda nafaqat davlat kapital qo’yilmalari, balki Mahalliy
xokimiyatlar tomonidan ham kapital qo’yilmalarni xajmini oshirishni qo’shimcha
mablag’larining manbalarini topish va yo’naltirish lozimdir. Shu sababli, Mahalliy
-
306
-
xokimiyatlar ixtiyorida xususiylashtirishdan tushayotgan tushumlarni qoldirilayotgan
qismini Mahalliy byudjetlarni xarajatlari tarkibidagi taraqqiyot moddasiga jamlash va
ularni ishlatish xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bu mablag’lardan foydalanish
samaradorligini oshiradi, deb o’ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: |