Diffuzorlar
Tekis kengayib boruvchi quvurlar (1.11-rasm) diffuzorlar deyiladi. Diffuzorlarda harakat tezligi kamayadi va bosim ortib boradi. Suyuqlik zarrachalari ortib borayotgan
bosimni yengish uchun o‘z kinetik enegiyasini sarflaydi, natijada diffuzorlaming kengayish yo‘nalishida kinetik energiya kamayib boradi. Suyuqlikning devor yonidagi
qavatlarining energiyasi shunchalik kamayadiki, ortib borayotgan bosim kuchini yenga olmay qoladi va natijada harakatdan to‘xtaydi yoki teskari yo‘nalishda harakat qila
boshlaydi. Asosiy oqim ana shu teskari harakatlanayotgan oqim bilan to‘qnashishi natijasida uyurmali harakat vujudga kelib, oqimning quvur sirtidan ajralish hodisasi yuz beradi. Bu hodisaning tezkorligi diffuzoming konuslik burchagi ortishi bilan kuchayib boradi va uyurmali harakat hosil qilishga sarf bo‘layotgan energiya ham ortadi. Bundan tashqari diffuzorda ishqalanish kuchini ham hisobga olish mumkin.
1.11-rasm Diffuzorlarda bosimning kamayishini hisoblashga doir chizma.
Shunday qilib, diffuzorlarda bosimning pasayishi ikki yig‘indidan iborat deb qaraladi
bu yerda hi - bosimning ishqalanish hisobiga pasayishi; hkeng - bosimning kengayish hisobiga pasayishi. Bosimning ishqalanish hisobiga pasayishini taxminan hisoblash mumkin. Buning uchun diffuzomi diametri 2r, yon sirti diffuzor sirti bilan ~ burchak tashkil qilgan va radiuslari r1, dan r2 gacha o‘zgarib boruvchi uzunligi d1 bo‘lgan elementar silindrik naychalardan tashkil topgan deymiz (1.11-rasm). U holda har bir elementar naycha uchun quyidagiga ega bo‘lamiz:
V - ixtiyoriy ko‘rilayotgan kesimdagi o‘rtacha tezlik va ixtiyoriy kesim yuzasi S=πr2 ga teng desak;
ni hisobga olib
fo`rmulani keltirib chiqaramiz
Bu tenglikda dr (ya’ni d1 ni nolga intiltirib borsak, bosimning ishqalanish hisobiga kamayishni tenglikning chap tomondan 0 dan hi gacha, o‘ng tomonidan r1) dan r2 gacha itegral olish yo‘li bilan hisoblaymiz:
Kengayish hisobiga bosimning pasayishini hisoblash uchun keskin kengayishdagi formuladan foydalanamiz va bunda diffuzor keskin kengayishini taxminiy ifodalangani uchun к koeffitsiyent kiritamiz. U holda
к - tajribada aniqlanadigan koeffitsiyent bo‘lib, 5 - 20° konuslik burchagiga ega bo‘lgan diffuzorlar uchun I.E. Idelshikning tajribadan aniqlangan formulasi bo‘yicha
Flingeming taxminiy formulasi bo‘yicha
ga teng. Buni hisobga olib quyidagini olamiz:
bu yerda belgilash kiritilgan bo‘lib, u diffuzoming kengayish darajasi deyiladi.
Shunday qilib, diffuzor uchun mahalliy qarshilik koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bu formuladan ko‘rinadiki, mahalliy qarshilik koeffitsiyenti λ konuslik burchagi va kengayish darajasiga bog‘liq ekan. ko‘rinib turibdiki, a ning n ning ortishi bilan (λu, o‘zgarmas bo‘lganda)
yig‘indining birinchi hadi kamayadi, ya’ni ishqalanish kuchining ta’siri kamayib, diffuzor kaltalashadi va uyurmalaming ta’siri ko‘payadi, a kamayganda esa (o‘zgarmas kengayish darajasi n da) ishqalanish kuchi ortib, uyurmalar kamayadi.
Hisoblashlarda odatda I, - 0,015 0,025 deb olinadi. Bu holda, eng qulay diffuzor uchun nazariy yo‘l bilan kengayish darajasi n = 2 : 4 ni keltirib chiqaramiz. Bu konuslik burchagi a = 6° ga to‘g‘ri keladi.
Amalda diffuzoming uzunligini kamaytirish uchun и va a biroz kattaroq qilib, a =7° + 9° atrofida olinadi.
Dostları ilə paylaş: |