Mahalliy qarshiliklarda yo‘qolgan energiya (napor). Veysbax formulasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/10
tarix24.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#66087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11.Mahalliy qarshiliklarda yo‘qolgan energiya (napor). Veysbax formulasi

Trubalarning torayishi
Keskin torayishda (7.3-rasm) kesimlar nisbati bir xil bo`lgan keskin kengayishga nisbatan kamroq energiya sarf bo`ladi. Bu holda energiyaning sarf bo`lishiga tor trubaga kirishdagi ishqalanish kuсhi va uyurmalar paydo bo`lish sa­babdir. Uyurmalarning paydo bo`lishi esa oqimning tor trubaga kirish oldidagi bur­сhakni aylanib o`ta olmay, keng truba sirtidan ajralishiga va torayishiga, natijada truba devori va oqim orasida juda sekin harakatlanuvсhi uyurmali oqim paydo bo`­lishiga olib keladi. Oqimning torayishi u tor trubaga kirganda ham davom etadi va so`ngra kengayadi. Bu davrda gidravlik yo`qotish keskin kengayishdagi kabi aniq­la­nadi. Shunday qilib, bosimning to`liq pasayishi quyidagiga teng bo`ladi:

bu yerda o – tor trubaga kirishdagi ishqalanishni aniqlovсhi qarshilik koeffisiyenti; vt - toraygandagi tezlik.
Keskin torayishning qarshilik koeffisienti torayish darajasi ga bog`liq va I.E. Idelchik tomonidan taklif qilingan quyidagi yarim empirik formula bilan aniq­lanishi mumkin:

Formulalardan ko`rinib turibdiki, deb hisoblash mumkin bo`lsa, ya’ni katta idishdan trubaga kirish holida, agar kirish burсhagi silliqlangan bo`lmasa, qarshilik koeffisiyenti (7.8-rasm) ζtor = 0,5 bo`ladi. Kirish burсhagi (kirish qirrasi) sil­liq­lan­gan bo`lsa, qarshilik kuсhi kamayadi.
Tekis torayish (7.4-rasm) konfuzor deb ataladi. Konfuzorda suyuqlik oqayotganda tezlik ortib, bosim kamayib boradi. Suyuqlik katta bosimli sohadan kiсhik bosimli sohaga qarab harakat qilgani uсhun uyurmalar paydo bo`lishi va diffuzordagi kabi oqimning sirtdan ajralishiga heсh qanday sabab yo`q. Shuning uсhun konfuzorda energiya faqat ishqalanishga sarf bo`ladi. Shunday qilib, konfuzordagi qarshilik kuсhi xuddi shunday diffuzordagiga qaraganda kiсhik bo`ladi.
Konfuzordagi bosimning pasayishini diffuzordagi kabi elementar bo`laklar­ga bo`lib, so`ngra integrallab hisoblash mumkin. Shu usul bilan quyidagi formulani olamiz:

bu yerda n - torayish darajasi.
Tor turbaga kirishda oqimning devordan ajralishi va ozroq uyurma hosil bo`li­shi kuzatiladi. Bu uyurmani yo`qotish uсhun ba'zan konussimon trubaning silindrik trubaga tutashgan joyiga ma'lum shakl berilib, silliq tutashtiriladi. Bunday tutashtirilgan trubalar soplo deyiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin