Mahsulot sotish hajmi va uning dinamikasini tahlili reja: I. Kirish II. Asosiy qism


-jadval Tovar mahsuloti strukturasi tahlili



Yüklə 279,39 Kb.
səhifə6/16
tarix07.01.2024
ölçüsü279,39 Kb.
#207989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
MAHSULOT SOTISH HAJMI VA UNING DINAMIKASINI TAHLILI111111

3-jadval
Tovar mahsuloti strukturasi tahlili

Mahsulot

Mahsulot birligining ulgurji narxi, so’m

Mahsulot i/ch hajmi, dona

Mahsulot strukturasi

Reja narxida mahsulot i/ch, mln. so’m

Strukturaviy o’zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri, ming so’m

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqiy mahsulot reja strukturada

Haqiqatda

Kaptiva

85000

100

95

12,82

11,88

8500

8717,95

8075

-642,95

Epika

70000

120

110

15,38

13,75

8400

8615,38

7700

-915,38

Lasetti

48000

140

145

17,95

18,13

6720

6892,31

6960

67,69

Neksiya

32000

200

220

25,64

27,50

6400

6564,10

7040

475,90

Damas

26000

220

230

28,21

28,75

5720

5866,67

5980

113,33

jami


780

800

100

100

35740

36656,41

35755

-901,41

Agar ishlab chiqarish hajmi barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha rejalashtirilgan struktura bo’yicha bo’lganda, umumiy mahsulot hajmi reja narxida 36656,41 mln. so’mni tashkil qilar edi.


Haqiqatdagi strukturada u 901,41 mln. so’mga kam. Bu esa umumiy ishlab chiqarish hajmida arzonroq mahsulot ulushi ortganligidan darak beradi.
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili. Umumiy mahsulot hajmi bo’yicha reja bajarilishi yoki ortig’i bilan bajarilishi mumkin. Lekin bu hali ishlab chiqarish rejasi barcha mahsulotlar, ya’ni mahsulotlar assortimenti bo’yicha bajarilganligini anglatmaydi. Mahsulot hajmi bo’yicha rejaning bajarilishi yoki ortig’i bilan bajarilishi bir mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish va ayni vaqtda boshqa mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarmaslik natijasi ham bo’lishi mumkin.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida reja bajarilishi tahlili yuqori turuvchi organlar orqali davlat tomonidan korxonalar faoliyati ustidan nazorat shakli hisoblangan. Hozirgi vaqtda, ya’ni tovarlar etkazib berish, davlat buyurtmasi, bozor kon’yunkturasini o’rganish, asosida korxona mustaqil ravishda reja ishlab chiqayotgan bir paytda reja bajarilishi tahlili quyidagilarni baholashga imkon beradi:
– shartnoma majburiyatlarini bajarilish darajasi;
– rejalashtirish sifati;
– menejment sifati.
Ayni vaqtda umumiy hajmda va assortiment bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar bilan ta’minlash, uskunalar bilan jihozlash, shtat jadvalini tuzish va boshqa rejalar tuzish uchun boshlang’ich baza hisoblanadi.
Yo’riqnoma va amaliyotda ko’pincha aralash qo’llaniladigan nomenklatura hamda assortiment tushunchalarini farqlash talab qilinadi.
Nomenklatura – bu mahsulotlar nomlari va ularning mutanosib turlari uchun belgilangan kodlar ro’yxatidir.
Assortiment – har bir tur bo’yicha ishlab chiqarish hajmi ko’rsatilgan holda mahsulot nomlari ro’yxatidir.
U to’liq, guruhli va guruh ichida bo’lishi mumkin.
To’liq assortiment – tayyorlanadigan mahsulotlarning barcha turlari va ko’rinishlarining tugal ro’yxati; guruhli assortiment turdosh gurhdagi mahsulotlarni birlashtiradi. Guruhga kiruvchi mahsulotlar uning guruh ichidagi assortimentini tashkil qiladi.
Assortiment va mahsulot ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda korxona, bir tomondan, mazkur mahsulot turiga talabni, boshqa tomondan – mehnat, xom ashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va tasarrufida mavjud boshqa resurslardan samaraliroq foydalanishni hisobga olishi lozim. Assortimentni shakllantirish tizimi quyidagilarni tashkil qiladi:
– xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash;
– ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini baholash;
– mahsulotning hayot tsiklini o’rganish, yangi, yanada mukammal mahsulot turlarini joriy qilish va ishlab chiqarish dasturlaridan ma’naviy eskirgan hamja iqtisodiy samarasiz mahsulotlarni chiqarib tashlash bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar qo’llash;
– mahsulotlar assortimentida o’zgarishlarning iqtisodiy samaradorligi va risk darajasini baholash.
Mahsulotlar assortimenti bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash odatda ayni nomli koeffitsient yordamida hisoblanib, u assortiment bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga kiritilgan umumiy haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishni uning umumiy rejaviy ishlab chiqarishga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi (rejadan tashqari tayyorlangan mahsulot assortiment bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishida hisobga olinmaydi).

Yüklə 279,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin