Mahsulotlarni saqlashda ro‘y beradigan jarayonlar



Yüklə 77,27 Kb.
səhifə3/4
tarix23.03.2023
ölçüsü77,27 Kb.
#89308
1   2   3   4
MAHSULOTLARNI SAQLASHDA RO

Pomodorni saqlash
Qizarib etilgan pomidorni sovitgich omborxonada 0±1°S ga yaqin harorat va havoning nisbiy namligi 90-95 foizda taxminan bir oygacha saqlash mumkin. Maxsulotni saqlash uchun +2°S-3°S harorat juda mos keladi, chunki xuddi shunday sharoitda fiziologik aynish va terlash ro‘y bermay, uning tarkibidagi quruq moddalar protopektin va kletchatka yaxshi saqlanadi. Pomidor tarkibidagi qand moddasi nafas olishga sarflanadi va uzoq turib qolishi tufayli maxsulot bemaza bo‘lib qoladi. Shu sababli imkoni boricha mevalari serqand bo‘lgan navlarini asrash kerak. Saqlov vaqtida yetiltirish yo‘li bilan saqlash muddatini ancha uzaytirish mumkin.
Mevalar faqat tupidagina emas, balki saqlash vaqtida xam asta - sekin qizarib yetiladi. Pomidor saqlov harorati 20°S- 25°S bo‘lganda juda tez qizarib ketadi. Havoning nisbiy nam­ligi pomidorni so’litmaydigan va mog‘or bostirmaydigan darajada yoki 80-90 foiz bo‘lishi kerak. Qorong‘i xonalarda pomidor mevalari sekin qizaradi. Olimlarning tadqiqotlari, ilg‘or sabzavotkorlar tajribasi pomidorni odatdagiga nisbatan ancha uzoq saqlash imkoni borligini ko‘rsatmoqda. Buning uchun maxsus navlar tanlanib, ularga alohida agrotexnikada ishlov bergan xolda qulay havo namligida yaratib, etishtiradigan joyning o‘zida saqlash lozim. Uzoq muddat saqlanadigan pomidor iloji boricha kechroq uzilishi, lekin oxirgi terimi sovuq tushmasdan oldin o’tkazilishi kerak. Past harorat (-2°S+1°S) ta’sirida bo‘lgan maxsulot saqlovda yaxshi turmaydi.
Pomidor saqlash uchun havo quruq kunlarda teriladi va avaylab idishlarga joylanadi. Bandsiz qalin qog‘oz to‘shalgan qutilarga talab qo‘yiladi. Har qaysi qator ustiga qog‘oz yoyiladi. Qutilar bir xil darajada yetilgan pomidor bilan to‘ldiriladi. Po­midorni saralashda to’liq qizarib yetilgan, chala pishgan pushti rang, ko‘ng‘ir va oqara boshlagan, och yashil va to‘q yashil xillarga bo‘linadi. Pomidorni uzish va qutilarga joylaganda yumshoq yorilgan, qurt tushgan va kasallanganlari aralashmasligi kerak. Shuningdek maxsulot tashish va uni omborga joylashda extiyot choralari ko‘riladi. Pomidorni qutilar eniga ikkitadan, ustma- ust 8—10 talab taxlanadi. Qutilar o‘rtasida 5—10 sm oraliq, taxlar orasida 0,5—0,6 m li yo‘lak qoldiriladi. Pomidor 5°S— 7°S li mukobil haroratda saqlanadi, lekin omborlarda yuqoriroq 10°S-12°S li harorat doimiy tutilganda xam yaxshi natija beradi. Maxsulotning xolati va saqlash rejimi xar kuni nazorat qilib turiladi. Agar uzilgan kuniyoq sotish mo‘ljallanmasa, uncha pishib etilmagan xomroq mevalar teriladi. Qizil pomidor ko‘pi bilan 12 kg li, pushtilari 15 kg li, qo‘ng‘ir va och yashil rangli 30 kg li qutilarga joylanib tashiladi. Pishib etilgan pomidor o‘z vaqtida sotuvga chiqarilsa, qolganlari ko‘ng‘ir, dumbul, och yashil tuslilar esa saqlashga qoldiriladi. Ilg‘or tajriba natijalariga ko‘ra, qo‘ng‘ir tusli pomidorlar 30 kun, dumbullari 40—50 kun yashillari 80 kungacha saqlanadi. Shu tariqa, yoppasiga o‘tkazilgan terimdan keyin turli darajada etilgan pomidorlar saralanib tabiiy va qulay sharoitlar yaratilgan xolda iste’mol qilinish muddatini 2,5 oygacha chuzish mumkinligi aniqlandi.



Yüklə 77,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin