17. Ifodaning qiymatini toping:
-2,4*(-5)+3,6*(-10)
A) -48 B) -24 C) 44 D) 48
18. 8 km ga yugurish musobaqasida O’tkirbek 7641m yugurdi, keyin 3456 dm yurdi va 12340 mm dan so’ng charchab to’xtab qoldi. O’tkirbekdan finishgacha necha sm qolgan?
A) 1060 B) 106 C) 10,6 D) 1,06
19. A mulohaza “0 butun son”, B mulohaza esa “5 ning har qanday natural darajasi 5 bilan tugaydi”. Ushbu mulohazalar asosida to’g’ri javobni toping.
A) A va B rost
B) A rost, B yolg’on
C) A va B yolg’on
D) A yolg’on, B rost
20. 1 hafta necha soat?
A) 85 B) 84 C) 168 D) 160
TARIX 21. Inson qaysi davrda hayvonlarni qo’lga o’rgata boshlagan?
A) mezolit davri
B) paleolit davri
C) eneolit davri
D) neolit davri
22. Mil.avv.VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan Yerqo’rg’on va Uzunqir shaharlari qayerda bo’lgan?
A) Samarqand B) Surxondaryo
C) Qashqadaryo D) Xorazm
23. Eftaliylardan zarbaga uchragan kidariylar Shimoliy Hindistonda yana necha yil davomida hukmronlik qilganlar?
A) 120 yildan ortiq B) 50 yil
C) 200 yil D) 75 yil
24. Qang’ davlati qachon parchalanib ketganligini aniqlang?
A) IV asrda B) III asrda
C) II asrda D) I asrda
25. Xuroson hukmdori Shohrux qachon vafot etgan edi?
A) 1446-yilda B) 1449-yilda
C) 1447-yilda D) 1448-yilda
26. Imom al-Buxoriy maqbarasi qayerda joylashgan?
A) Buxoroda B) Samarqandda
C) Xorazmda D) Toshkentda
27. . "Moskva savdo kompaniyasi" vakili Antoniy Jenkinson Buxoroda bo'lgan sanani aniqlang.
A) 1556-yilda B) 1558-yilda
C) 1566-yilda D) 1555-yilda
28. Mir Arab madrasasi qayerda qurilgan edi?
A) Buxoroda B) Karmanada
C) Toshkentda D) Samarqandda