Majburiyat subyektlari


Majburiyatdagi shaxslarning o`zgarishi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#188463
1   2   3
Majburiyatlar mazmuni obektlari va subʼektlari xamda turlari

Majburiyatdagi shaxslarning o`zgarishi

Kreditorning o`zgarishi majburiyatga oid huquqiy munosabatlarda muayyan subyektlar o`rtasida vujudga keladi. Majburiyatni bajarishda ishtirok etayotgan taraflar o`rinlarini boshqa shaxs bilan almashinishlariga qonun bo`yicha yo`l qo`yiladi. Majburiyatda qatnashuvchi kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxslar bilan almashinishlari mumkin.


Kreditorning almashinishi deb – majburiyatda ishtirok etayotgan kreditor o`z o`rnini boshqa shaxs bilan almashinishiga aytiladi. Kreditorning talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazilishiga, agar bu qonun yoki shartnomaga zid bo`lmasagina yoki talab kreditorning shaxsi bilan bog`liq bo`lmasagina yo`l qo`yiladi. Agar talab kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog`langan bo`lsa, masalan, FKning 314-moddasida ko`rsatilganidek, alimentlar va hayotga yoki sog`liqqa yetkazilgan zararni to`lash to`g`risidagi talablarning boshqa shaxsga o`tishiga yo`l qo`yilmaydi.
Ba'zi hollarda talab qilish huquqini o`tkazishga shartnoma bo`yicha ham yo`l qo`yilmaydi. Masalan, umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga bergan shaxs o`zining talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkaza olmaydi. FKning 318-moddasida ko`rsatilishicha, kreditorning majburiyat bo`yicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda o`tadi:
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o`tkazish to`g`risidagi sudning qaroriga muvofiq;
3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat bo`yicha qarzdor bo`lmagan kafil yoki garovga qo`yuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;
4) sug`urta holati boshlanishi uchun javobgar bo`lgan qarzdorga nisbatan kreditor huquqlarining sug`urta qiluvchiga subrogatsiyasi (o`tishi) natijasida;
5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazgan kreditor bu huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni ana shu shaxsga topshirishga majbur. Chunonchi, kreditor qarzdordan tilxat olgan bo`lsa, mazkur hujjatga talab qilish huquqining o`tkazilganligini yozib, uni yangi kreditorga topshirishi lozim. Dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga o`tkazilgan talabning qarzdor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun o`z zimmasiga kafolatini olgan hollar bundan mustasno (FKning 321-moddasi).
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o`tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o`tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilinmagan bo`lsa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o`zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o`z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi (FKning 313-moddasi).
Ba'zi hollarda normativ hujjatlarning o`zida ham talab qilish huquqini umumiy qoida sifatida o`tkazishga yo`l qo`yilmasligi, masalan, temir yo`l ustavining 172-moddasida temir yo`l korxonasiga talab, shikoyat yoki da'vo qo`zg`atish huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga o`tkazishga yo`l qo`yilmasligi ko`rsatilishi bilan birga qanday hollarda bu qoidadan istisnolar bo`lishligi ham aytilgan.
Qarzdor majburiyat bo`yicha huquqlar yangi kreditorga o`tganligi haqida ogohlantirish olgan paytda dastlabki kreditorga qarshi e'tirozlarni yangi kreditorning talabiga qarshi qo`ya oladi (FKning 317-moddasi). Masalan, majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarz hujjatida ko`rsatilgan summaning olinmaganligini ko`rsatib, o`z e'tirozlarini yangi kreditor talabiga qarshi qo`yish huquqiga ega.
Qarzdorning almashinishiga kelsak, majburiyatda qatnashayotgan qarzdor ham o`z o`rnini boshqa shaxs bilan almashish huquqiga ega. Qarzdor almashgani tufayli yangi qarzdor majburiyatli bo`lib qolishiga – qarzning (majburiyatning) ko`chirilishi deyiladi.
Qarzdorning o`z qarzini boshqa shaxsga o`tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo`l qo`yiladi (FKning 322-moddasi). Qarzdor uchun qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yo`q bo`lsa ham kreditor uchun kim yangi qarzdor bo`lishining ahamiyati bor. Avvalo, kreditorning yangi qarzdorning mulkiy holati, ish qobiliyati hamda majburiyatni bajarishga qodir bo`lish-bo`lmasligi qiziqtiradi. Agar, masalan, yuqori malakali usta ishni bajarishni o`z shogirdiga topshirmoqchi bo`lsa, kreditor ish manfaatlarini ko`zlab bunga rozi bo`lmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga majburiyatini o`tkazganida kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan butunlay ozod bo`ladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zimmasiga o`tadi.
Kreditor bilan dastlabki qarzdor o`rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e'tirozlarni yangi qarzdor kreditorning talabiga qarshi qo`ya oladi, jumladan, yangi qarzdor ham dastlabki qarzdor kabi majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarzning qisman to`langanligini yoxud hujjatda ko`rsatilganga qaraganda kamroq summada olinganligini aytib, e'tirozlarini bildira oladi.
Kreditor yangi qarzdordan majburiyatni to`la hajmda bajarishni talab qila oladi, chunki majburiyatni ko`chirishda uning mazmuni o`zgarmaydi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan to`la hajmda to`linishini talab qila oladi.
Agar kafil yoki garovga qo`yuvchi yangi qarzdor uchun javobgar bo`lishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan berilgan garov qarzning boshqa shaxsga ko`chirilishi bilan bekor bo`ladi.
Qarzni (majburiyatni) ko`chirish ko`pincha fuqarolarning o`zaro munosabatlarida qo`llaniladi. Ammo majburiyat qarzdorning shaxsi bilan bog`liq bo`lsa, qarzni ko`chirish mumkin emas.
Yozma shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talab qilish huquqini o`tkazish va qarzni (majburiyatni) ko`chirish oddiy yozma shaklda qilinishi lozim. Agar bitim notarial tasdiqlangan va davlat ro`yxatidan o`tkazilgan bo`lsa, u holda ushbu tegishli shaklga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. FKning 323-moddasida qarzni ham, majburiyat bo`yicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga o`tkazish qoidalari nazarda tutilgan. Bunga asosan qarzdorni qarzni to`lash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o`tkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi uchun sherik (solidar) javobgar bo`ladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatining bajarilishi bo`yicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli bo`ladi.



Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin