Majburiyatlar auditi Reja


Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 188,23 Kb.
səhifə20/24
tarix19.12.2023
ölçüsü188,23 Kb.
#186726
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Majburiyatlar auditi Reja-www.hozir.org

2. 7. Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
auditi.
Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlashi zarur. ²isob-kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.
Bu muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans -moddalari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma’lumotlari bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan schyotlar bo‘yicha qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So‘ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo‘yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo‘lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo‘lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya’ni debitorlar o‘z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da’vo qilish muddatlari o‘tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi buyicha 4810-4890, 6910, 6920, 6930 va 6990 - schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda to‘rgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o‘xshash.
YUqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma-xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish chog‘ida ushbu schyotlar qo‘llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (YAni 4810-4890, 6910, 6920, 6930 va 6990 schyotlarda boshka hisob-kitob schyotlarida hisobga olinadigan muomalalar aks ettirilmayotganligini aniqlaydi).
Auditor yil oxirida to‘lanmagan, deponentlanmagan summalar buyicha xaqiqatda to‘langan ish xaqi summalaridan hisoblanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ining qayta hisoblanganligini aniklash zarur.
Ijro varaqasi bo‘yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va sh. o‘. ) to‘g‘riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to‘lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligi shaxslar bo‘yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o‘tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlar (byudjet tashkilotlari) bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar mavjudligi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. CHunonchi, o‘qitish, malaka oshirish bilan bog‘liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo‘lsa, o‘quv uchun to‘lovlar «Xarajatlar tarkibi . . . to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq tannarxga qo‘shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo‘lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko‘rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta’minot tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da’vo muddatlari, hamda debitor qarzlarni undirish bo‘yicha xo‘jalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. SHuningdek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4810-4890, 6910, 6920, 6930, 6990 - schyotlar bo‘yicha hisob hamda hisobot malumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to‘g‘riligini baholaydi.



Yüklə 188,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin