Dt «Pul mablag`lari» 103984
Kt «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan mukofot» 3984
Kt «Тo`lanadigan obligatsiyalar» (uzoq muddatli) 100000
Bu xo`jalik muomalasidan keyin balansning «Uzoq muddatli majburiyatlar» bo`limi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Uzoq muddatli majburiyatlar 103984
Тo`lanadigan obligatsiyalar (uzoq muddatli) 100000
Muddati uzaytirilgan mukofot 3984
Mukofot summasi obligatsiya harakat qilayotgan muddat davomida foiz ko`ri-nishidagi daromad hisobvarag`iga hisobdan chiqariladi.
Chegirma va mukofot atamalari obligatsiya emissiyalarining salbiy yoki ijobiy sifatlarini ko`rsatmaydi. Ular shunga o`xshash obligatsiyalar bo`yicha foiz daro-madi stavkasini bozor stavkalariga moslashtirish uchun sotish bahosidagi tuza-tishlar natijasi hisoblanadi.
Foizlar to`lash orasidagi muddatda obligatsiyalarni sotish muomalalari.
Bunday holda investor foizlar to`lovlari orasidagi muddatda obligatsiyani sotib olganda, foizlar bo`yicha oxirgi to`lovlar sanasi va obligatsiyaning sotish sanasi orasida yuzaga kelgan joriy qiymatini to`laydi. So`ngra foizlar to`lovi-ning keyingi muddati kelganda investor butun muddat uchun foizlar bo`yicha hisob-langanso`mmani oladi. Shunday qilib, investor tomonidan obligatsiyalarni sotib olish paytida to`langan foizlar emitent tomonidan foizlar to`lovi kuni kelganda unga qaytarilib beriladi.
Obligatsiyalarning aktsiyalarga o`tkazilishi
Boshqa qimmatbaho qog`ozlarga almashtirilishi mumkin bo`lgan obligatsiyalar konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar deb ataladi. Bu almashtirish obligatsiya egasining xohishi bo`yicha amalga oshiriladi. Almashtirish shartlari obligatsion bitimga obligatsiyani xaridor uchun yanada jozibador qilish maqsadida kiritilishi mumkin. Obligatsiyalarni oddiy aktsiyalarga almashtirganda, aktsiyalar almashtirilayotgan obligatsiyalarning joriy qiymati bo`yicha hisobga olinadi, obligatsiyalarning o`zi va ularga tegishli chegirma yoki mukofotlar esa hech qanday zarar yoki foydani aks ettirmay hisobdan chiqariladi.
15-misol. Kompaniya 200x yilning 1 iyulida aktsionerlar qaroriga asosan avval chiqarilgan va qiymati 600000 so`m bo`lgan barcha obligatsiyalarni donasining nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 50 oddiy aktsiyaga almashtirib berdi. Bunday xo`jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagicha o`z aksini topadi:
Dostları ilə paylaş: |