Dt «Тo`lanadigan obligatsiyalar» 600000
Dt «Hisobdan chiqarilmagan obligatsion mukofot» 4000
Kt «Oddiy aktsiyalar» 500000
Kt «Nominaldan ortiqcha kiritilgan kapital» 104000
Yangi hisobvaraqlar rejasida milliy va xorijiy valyutada respublika hududida va uning tashqarisida korxona olgan turli o`rta muddatli va uzoq muddat-li kreditlarning holati va harakati haqidagi axborotlarni umumlashtirish uchun «Uzoq muddatli bank kreditlari» nomli hisobvaraq ko`zda tutilgan. Bu hisob-varaqning kreditida olingan kredit summasi ko`rsatilsa, debetida esa ushbu qarz-dorlikni uzish bilan bog`liq muomalalar aks ettiriladi. Bu turdagi xo`jalik muomalalarini hisobga olishning ham o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ya`ni 12 oydan ortiq muddatga olingan bank kreditining o`zi uzoq muddatli majburiyatlar tarkibida hisobga olinsa, ushbu kredit bo`yicha hisoblangan foizlar esa joriy majburiyatlar sifatida tan olinadi.
16-misol. «XYZ» kompaniyasi 2003 yilning 2 yanvar kuni bankdan 2 yil muddatga yillik 24 % to`lov sharti bilan 400000 so`m kredit oldi.
Kreditning olinishi vaqtida
Dt «Pul mablag`lari» 400000
Kt «Bankning uzoq muddatli kreditlari» 400000
Yanvar oyining yakuniga ko`ra foizlarning hisoblanishi 400000 x 24 % = ( 96000 ÷ 365 ) x 30 kun = 7890 so`m
Asosiy qarz summasi qaytarilganda Dt «Bankning uzoq muddatli kreditlari» 400000
Kt «Pul mablag`lari» 400000
Bu hisobvaraqda moliyalashtirilgan lizing shartnomasi bo`yicha olingan ak-tivlar uchun ijaraga beruvchilar bilan hisoblashishlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi. Bu xo`jalik muomalalari «Lizing hisobi» mavzusida keng tarzda ko`rib chiqiladi.
Garov xatlari – haqqoniy aktivlar bilan ta`minlanadigan uzoq muddatli qarzning shakllaridan biridir. Bunga ko`ra bir korxona boshqa bir korxonaning uzoq muddatga olayotgan qarzi bo`yicha kafolat majburiyatini oladi. Qarz olgan tashkilot shartnomada ko`rsatilgan muddatda asosiyso`mma yoki qarz foizlarini to`lay olmaydigan bo`lsa, Ushbu summani to`lash majburiyati garov xati bergan tashkilot zimmasiga tushadi.