Majburiyатlar hisobi



Yüklə 167 Kb.
səhifə2/18
tarix07.04.2023
ölçüsü167 Kb.
#94290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Majburiyatlar hisobi

haqiqiy qiymat usuli- bunda majburiyat summasi hisobot davrida haqi-
katda e`tirof etilgan qarzdorlik summasiga teng bo`ladi. Masalan, 13 % yagona soliq to`lovchisi bo`lib hisoblangan korxona hisobot davrida 500000 so`mlik mahsulotini sotishga erishdi. Shunga ko`ra korxona ushbu sotish hajmiga to`g`ri keluvchi 65000 (500000 x 13 %) so`mlik yagona soliq summasi hisoblab byudjet oldidagi majburiyatni tan oladi.
qayta hisoblangan qiymat usuli - bu usulda majburiyatlar hisobot tuzish
sanasida qayta tiklanib boriladi. Masalan, «XYZ» korxonasi xorijiy firmadan hisobot yilining 25 sentyabrida 10000 AQSh dollariga teng miqdorda xom ashyo sotib oldi. Shu kunda davlat kursiga ko`ra bir AQSh dollari 890 so`mga teng edi. Shunga ko`ra «XYZ» korxonasi o`zining buxgalteriya hisobida xorijiy firma oldi-dagi majburiyatni 8900 ming so`m miqdorida tan oladi.
Dt «Хom ashyo» 8900000
Kt «Хorijiy firma oldidagi majburiyat» 8900000
Hisobot yilining 31 dekabriga kelib 1 AQSh dollari 925 so`mga teng bo`lib koldi. Bu holat «XYZ» korxonasiga xorijiy firma oldidagi majburiyatini qayta hisoblashni taqozo etadi. Balans tuzish sanasidagi kursga ko`ra korxonaning xorijiy firma oldidagi majburiyati ( $10000 x 925 so`m) 9250 ming so`mni tashkil qiladi yoki (9250 ming so`m – 8900 ming so`m) 350 ming so`mga ortadi. Bu o`zgarish buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi va hisobotida ko`rsatadi.
Dt «Kelgusi davr xarajatlari» 350000
Kt «Хorijiy firma oldidagi majburiyat» 350000
qoplash (sotish)ning mumkin bo`lgan bahosida - bu usulda majburiyat qoplash (sotish bahosi)da aks ettiriladi. Misol uchun korxona o`z fao-liyatida foydalanish uchun 750000 so`mga kompьyuter sotib oldi. Bu holda korxonaning kompьyuter etkazib bergan tashkilot oldidagi majburiyati 750000 so`m miqdorida aks ettiriladi.
diskontlangan qiymat usuli - bu usulda majburiyat kelgusida uni qop-lash uchun sarf bo`ladigan pul oqimlarining diskont qiymatida aks ettiriladi.Masalan, «XYZ» korxonasi avval sotib olingan aktivlar bo`yicha yuzaga kelgan 90000 so`mlik savdo kreditorlik qarzini uzish uchun, to`lov muddati 6 oydan keyin keladigan 100000 so`mlik veksel yozib berdi. Shunga ko`ra mol etkazib beruvchi oldida to`lanadigan veksellar bo`yicha 100000 so`mlik majburiyat yuzaga keldi.



Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin