Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqandda yashagan bu ulug’ alloma fiqh, arab tili va adabiyotini yaxshi bilgan. “Faqir ikki yil alarning qoshida saboq o’qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, farzand der erdilar”, deb yozadi Navoiy.
Mavlono Muhammad Tobadgoniy – Xoji Abdulloh Ansoriyning fors va arab tilida bitilgan “Manozil us-soyirin” asariga sharh yozgan. Sa’j (nasr) san’atining yuksak namunasi bo’lgan bu asar didaktik dostonlar yaratilishida zamin bo’la olishi bilan ham badiiy qiymatga ega.