2.2. Mekedoniya davlatining kengayishi va uning oqibatlari
Ulkan Ahamoniylar saltanati o‘zining g‘arbga qilgan ekspansiyasi natijasida yunon davlatlari bilan to‘qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi choragida yunon-fors urushlari boshlanadi. Mil.avv. V asr davomida betinim urushlar, saroydagi fitnalar, bosib olingan xalqlarning ozodlik uchun kurashlari Ahamoniylar davlatini ancha zaiflashtirib qo‘ygan edi. Mil.avv. IV asrining o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Filipp II Bolqon yarim orolida o‘z mavqeini mustahkamlab olib Ahamoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Filipp II o‘z davriga mos harbiy islohotlar o‘tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga Filipp II ning o‘g‘li 20 yoshli Aleksandr o‘tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash to‘zib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi.
Mil.avv. 334 yil mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktabrida (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra So‘za, Persepol, Pasargada shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi. So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi.
Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang‘iyona, Araxosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo juda sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, Chushqago‘zar, Termez atroflari va SHo‘rob deb hisoblaydilar. Nima bo‘lganda ham, Aleksandr qo‘shinlari qoplarga somon-xashak to‘ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o‘tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan.
Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d yerlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng yunon-makedon qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra yunon-makedonlar «shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», shimoli-sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi tog‘li hududlarda yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar va Sug‘diylar o‘rtasida chegara bo‘lgan Yaksart-Sirdaryoga tomon harakat qiladilar.
Yunon-makedonlar Yaksart bo‘yida to‘xtab bu yerdagi shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir yerga to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug‘diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi.
Aleksandr dastlab Yaksart bo‘yida o‘z mavqeini mustahkamlashga qaror qilib, bu yerdagi qo‘zg‘olonlarni bostirdi. Sug‘diyonada mil.avv. 329 yil ko‘zida Spitaman boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (Maroqandda) bostirish uchun sarkarda Farnux boshchiligidagi qo‘shinlarni jo‘natdi. O‘zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo, bu yurish muvafaqiyatsiz tugadi.
Farnux boshchiligidagi Maroqandaga jo‘natilgan qo‘shinlar Spitaman tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Aleksandrning o‘zi asosiy kuchlari bilan Sug‘diyonaga qaytishga majbur bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo‘lishga qaratilgan bo‘lib, Aleksandrning «varvar» larni osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lgan rejalarini puchga chiqardi.
Sug‘diyonaning tog‘li hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagan joylarda qo‘zg‘olonchilar yashirinib olgan edilar. Sug‘diyonaning deyarli barcha aholisi Spitaman tomonida bo‘lib, uning g‘alabalariga katta umid bog‘lagan edilar. Aleksandr esa, mil.avv. 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba’zi manbalarda Navtakada deyiladi) o‘tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilan mo‘zokaralar olib bordi. Natijada Aleksandrning Xorazmga yurish rejasi to‘xtatildi.
Mil.avv. 328 yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan xavotirga tushgan Aleksandr 30 ming qo‘shinini 5 guruhga bo‘lib, bu guruhlarga ishonchli sarkardalar – Gefestion, Ptolemey Lag, Perdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi.
Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o‘rinda Spitamanning jasorati haqida to‘xtalish joizdir. U doimo raqiblarining zaif joylarini izlar va ularga aynan o‘sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman Sug‘diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha mil.avv. 328 yilning oxirida Spitaman o‘z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo‘ladi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo‘lib, u bosqinchilarni Ona – yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo‘lgan barcha tadbirni ko‘rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik hatosidan ham unumli foydalanar va uning zaif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Aleksandr harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi.
Spitaman halok bo‘lganidan so‘ng asosan tog‘ qal’alari qo‘zg‘olon o‘choqlariga aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan «Sug‘d qoyasi» (yoki «Arimaz qoyasi»), «Xoriyen qoyasi» shular jumlasidandir.
Aleksandr Makedonskiy mahalliy aholini kuch bilan yengish nihoyatda og‘ir ekanligini anglab yetganidan so‘ng turli yo‘llar bilan ularga yaqinlashishga qaror qildi. Mahalliy xalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Xususan, zardushtiy qohinlariga birmuncha erkinliklar berib o‘zi ham bu dinni qabul qildi. Qo‘zg‘olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni avf etib, mol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo‘zg‘olonga qatnashganlarga mukofotlar tarqata boshladi. Mahalliy aholi bilan qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatib Oksiartning qizi go‘zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o‘tib ketdilar. Mil.avv. 327 yilning oxirida Sug‘diyonadagi qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi.
Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular yunonlar o‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqaga qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Aleksandr qo‘shinlari butun Sharq davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirganlarida Sug‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar.
O‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. Shunga qaramasdan bunday holatlar davlatchilik tarixida muhim iz qoldirgan.
Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdan mustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo‘shilib, keyinchalik ularning hududida ayrim yunon-makedon davlatlari vujudga keladi.
Aleksandr bosib olgan hududlarda uning boshqaruv faoliyati dastlab Gretsiyaning ayrim demokratik an’analariga (harbiy yo‘dboshchilar kengashi, qo‘shinlar yig‘ini) asoslangan edi. Qo‘shinlar yig‘inida sud ishlari ko‘rib chiqilib, jinoyat va jazo masalalari qat’iy muhokama qilingan. Jinoyat turlari ichida eng og‘irlari-podshoga qarshi fitna, xiyonat, isyonga da’vat etish hisoblanib, ushbu harkatlar uchun yagona jazo – o‘lim jazosi belgilangan. Qatl etish haqidagi qaror qo‘shinlar yig‘inida qabul qilingan. Sharqqa qilgan yurishlari tugaganidan so‘ng Aleksandr bu hududlarda barpo etgan o‘z saltanatida Ahamoniylar davlat boshqaruvidagi idora-tartib usullarini o‘zgartirmagan. YA’ni, satraplik boshqaruvi va soliqlar yig‘ib olish tizimi o‘zining ilgarigi ahamiyatini saqlab qolgan.
O‘rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen-Sug‘diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiart qo‘l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi.
Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi qo‘shinlari yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda So‘za shahrida o‘n mingta yunon-makedon askarlari mahalliy ayollarga uylanadilar. Aleksandrning o‘zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar.
A. Sagdullayevning fikricha, bunday yondoshuv aniq siyosiy maqsad – yangi davlatchilik barpo etish g‘oyasi bilan bog‘langan edi. Bu davlat nafaqat turli halqlarning siyosiy birlashmasi bo‘libgina qolmay, balki uning kelajakda makedonlar va Sharq zodagonlari qon-qarindoshligi vorisligiga tayangan davlatga aylanishi rejalashtirilgan edi.
Ko‘plab xalqlar va mamlakatlarni birlashtirib yagona davlat barpo etish g‘oyasi, insonlarni umumiy ong va yagona tafakkurga bo‘ysundirish g‘oyasi yangilik emas edi. Bunday g‘oyani qadimgi fors podsholari ham o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar va oqibatda mil.avv. 490 yilda yunon-fors urushlari boshlangan.
Aleksandrning harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida mahalliy va yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilik, kulolchilik va tasviriy san’at, yangi yozuvlarning tarqalishi, tangashunoslik hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar o‘z navbatida qadimgi Sharqning juda ko‘plab madaniy yutuqlarini qabul qiladilar hamda mahalliy aholi madaniyatiga ham ta’sir o‘tkazadilar. Aleksandr davridan boshlab, bir necha asrlar davomida, Sharqning siyosiy tarixi (davlat tizimi, boshqaruv usullari, qonunlar va huquq) da turli an’analarning qo‘shilib rivojlanganligini ko‘zatishimiz mumkin.
Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi. Uning vafot etishi bilanoq davlatdagi markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi natijasida Aleksandr to‘zgan davlat parchalanib uning o‘rniga nisbatan barqarorroq bo‘lgan davlat uyushmalari paydo bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlatlar tizimining paydo bo‘lishi tinchlik yo‘li bilan emas balki, Aleksandrning Makedonskiyning yaqin sarkardalari – diadoxlar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan jangu-jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.
Aleksandr Makedonskiy mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil.avv. 306 yilda nisbatan kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglaziy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida o‘z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar. Shu tariqa tarix sahnasida G‘arb va Sharq an’analarini uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati edi.
O‘zining eng gullab – yashnagan davrida bu davlat ilgari Aleksandr saltanatiga kirgan katta hududlarni egallab, g‘arbda Egey dengizidan Sharqda Hind subkontinentigacha cho‘zilgan hamda Kichik Osiyoning janubiy qismini, Suriya, Shimoliy Mesopotamiya, Bobil, Eron, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Afg‘onistonning katta qismini o‘z ichiga olgan edi. Bu ulkan davlatning asoschisi – dastavval Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka edi.
Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni mo‘zokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, Sug‘d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishiga to‘g‘ri keldi». Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi. YA’ni u shunday xabar beradi: «Salavka I baqtriyaliklar, Sug‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular yerlariga hukmronlik qila boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyo yerlarining Salavka tomonidan bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi.
Mil.avv. 293 yilda Salavka o‘g‘li Antiox I ni Sharqiy satraplarga ya’ni, O‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Salavka I va Antiox I (mil.avv. 281-261 yillar mustaqil) hukmronligi davrida Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. Salavkiylar uchta mintaqada – Janubiy Suriya, Kichik Osiyo va Sharqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta yer dengizining sharqidagi davlat sulolasi) bilan tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Chunki bu hududlarda muhim savdo yo‘llari tugab, gullab-yashnagan port-shaharlar mavjud edi. Kichik Osiyoning yunon shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.
Sharqiy viloyatlarda xususan, O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda edi. Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, bu viloyatlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi. Ikkinchidan, Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilarning doimiy xavfi mavjud edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi.
Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv masalalari ham ancha murakkab edi. Katta hududlarni qamrab olgan bu davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jamiyat siyosiy tashkiloti turlicha bo‘lgan ko‘plab viloyatlar mavjud bo‘lib, bu holat ushbu kuchlarni yagona davlatga birlashtirib turishni ancha qiyinlashtirar edi. Bu davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u faqat harbiy yurishlar natijasida, kuch ishlatish yo‘li bilan paydo bo‘lgan edi. Shuning uchun ham davlatning asosiy vazifalaridan biri qaram etilgan xalqlarni zo‘ravonlik bilan ushlab turish yoki birlashtirib turish edi. Sharq xalqlari mahalliy zodagonlaridan bir qismi yoki ayrimlari boshqaruv tizimiga jalb etilgan bo‘lsa-da, asosiy boshqaruvchilar makedonlar va yunonlardan iborat bo‘lgan.
Salavkiylar sulolasida davlat boshlig‘i podsho bo‘lib, uning hokimiyati mutlaq edi. Podsho bir vaqtning o‘zida fuqarolar ma’muriyati oliy boshlig‘i, qo‘shinlarning bosh qo‘mondoni, oliy sudya va hatto, bosh qonun chiqaruvchi vazifalarini bajargan. Manbalarning ma’lumot berishicha, sulola asoschisi Salavka I, «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo adolatlidir», degan tamoyilga qat’iy amal qilgan. Salavkiylar sulolasi podsholari qo‘yidagi ikkita huquqiy asosga ega edilar: 1. Bosib olish huquqi. 2. Hokimiyatni otadan bolaga meros qoldirish huquqi. Ko‘p hollarda salavkiylar podsholari ilohiylashtirilgan. Masalan, tangashunoslik ma’lumotlari Soter-Qutqaruvchi, Dikayos-Adolatparvar, Everget-Ezgulik kabi podsholar bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilganlar.
Manbalarning ma’lumot berishicha, Salavka I Ptolomeylar bilan hokimiyat talashib Sharqiy hududlar va Kichik Osiyo uchun kurash olib borish jarayonidayoq o‘z hokimiyatida boshqaruv tartibini joriy eta boshlagan edi. U Aleksandr an’analariga sodiq qolganligini ko‘rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Tangashunoslik ma’lumotlariga qaraganda, Salavka I davlati Ahamoniylar va Aleksandr davlatiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat 27-28 ta satrapiyaga bo‘lingan.
Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Giyeraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi.
Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili shaharlar ko‘p edi. Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.
Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, salavkiylar davrida anchagina murakab soliq tartibi joriy qilingan bo‘lib, salavkiylar hukmdorlari o‘zlarigacha mavjud bo‘lgan soliq tartibini o‘zlashtirgan holda unga o‘zgartirishlar kiritib, mukammallashtirganlar. Dehqonlardan yer solig‘ini yig‘ib olish satrap-strateglarning vazifasi bo‘lgan. Bunday soliqlarning miqdori aniq belgilangan bo‘lib, viloyatlardan keladigan soliqlarning umumiy miqdori qishloq jamoalaridan to‘shadigan soliqlarga bog‘liq bo‘lgan.
Mil.avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o‘zgarib markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilda kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qiladilar.
XULOSA
Iskandar o'zining vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi, bu uning lashkarboshilari o'rtasida Iskandar meiosi uchun uzoq kurashga olib keldi. Bu kurash bir necha o'n yillarga cho'zilib, juda ko'p qon to'kishlarga olib keldi. Tskandaming o'limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy da’vogarlar yo'q edi: Iskandaming xotini so'g'd malikasi Roksana hali homilador edi. Peigamda Iskandarga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli noqonuniy o'g'li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning noqonuniy o'g'li aqli zaif Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada Iskandaming yaqinlari Roksana agar o'g'il tug‘sa, uni podsho deb e’lon qilish, uning go'dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchiligidagi davlat kengashiga topshirish kerak deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy ayonlarining boshqa bir guruh Arridey nomzodini yo'qlab chiqdilar. Obro'li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl bo'lishi mumkin deb hisobladi. Iskandaming safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Iskandami o'g'illarining onalari Sharq ayollafi, uning asiralaridir, oqibatda bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo'ladi deb hisobladilar. Taxt vorisi to'g'risidagi munozaralar natijasida Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy o'g'li Arrideyni podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Iskandaming bevasi Roksfea o'g'il tug'di va unga Iskandar deb nom qo'yildi. Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan Roksananing o'g'li Aleksandr IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo'shinlar qo'mondonligini o'ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi, shunday qilib, u Iskandar davlatining amaldagi hokimiga aylandi. Iskandaming vafotidan keyin amalda yagona davlatning oliy hokimi bo'lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o'rtasida satrapliklami taqsimlagan edi.
Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr-Pitolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya-Yevmenga, Gellesfont FrigiyasiLeonardga, Buyuk Frigiya-Antigonga, Suriya-taomedontga, Midiya-Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar o'z qo'shinlari bilan o'z mulklariga jo'nab ketdilar. Iskandaming aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) Iskandar merosi uchun qonli kurashni boshladilar. Iskandar o'limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston makedon zulmidan ozod bo'lishga urindi. Antipatr yunon qo'shinlarini tor-mor qilib, bu yeiga makedon garnizonlarini joylashtiidi. Er. aw. 321-yilda Misrda o'rnashib olgan va Perdikkani regentligini tan olmagan Ptolemeyga qarshi yurishda Perdikka halok bo'ldi. Endilikda davlat regenti qilib Yunoniston va Makedoniyaning hokimi keksa Antipatr saylandi. Uning buyrug'i bilan podsho oilasi Makedoniyaga ko'chirildi. Antipatr topshirig'i bilan er. aw. 321-yilda satrapliklar qisman qayta taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salauk Bobilni o'z qo'liga oldi. Shundan ikki yil keyin er. aw. 319-yilda Antipatr vafot qildi. U regentlikka voris qilib, keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni tayinlashga ulgurgan edi. Ammo bu Iskandaming sobiq yaqinlari yosh g'ayratli lashkarboshilarni qondirmadi. Jumladan, Antipatming bu qaroridan o'g'li Kassandr norozi bo'lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan ittifoq tuzdi. Er. aw. 316-yilda Poliperxont regentlikdan chetlashtirildi, Kassandr butun Yunonistonni egallab oldi.
Lekin Antigon va Iskandaming sobiq kotibi Yevmen Kassandrni kuchayib ketishidan norozi bo'ldilar. Iskandar davlatini yaxlitligini saqlab qolishga uringan separat kayfiyatlaiga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi Yevmen edi. U makedon podsholigining «Qonuniy* podsholari nomidan harakat qilgan, qator sabablaiga ko'ra hech qanday hudud va qo'shinga ega bo'lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo'lida Iskandar sobiq davlatining turli shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag'lar bor edi. Yevmen ana shu mablag'lar hisobiga katta yollanma qo'shin to'plab Bobil va Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. aw. 316-yilda Gabiyn yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon o'rtasida hal qiluvchi jang bo'ldi. Yevmenning yollanma qo'shinlaming xoinligi jangni Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo'lga olinib qatl qilindi.
Er. aw. 317-yilda Iskandaming onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o'g'liga qoldirish uchun Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o'ldirishga buyruq berdi. Shundan so'ng uning o'zi Kassandr tomonidan qatl qilinadi, Roksana va Iskandar IV Kassandmi asirligida bir necha yil ushlab turilib o'ldiriladi (er. aw. 311-yil yoki 310-yil). Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o'z hududlarida o'z podsholik hokimiyatlarini o'matishga intilishlari uchun hech qanday rasmiy to'siq qolmaganini bildirar edi. Diadoxlar o'rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. aw. 306-yilda Antigonning o'g'li Demetriy Poliorket («shaharlami qamal qiluvchi») makedon gamizonlarini Yunonistondan haydab yubordi, Afina va Megarada erkinlik va demokratiya e’lon qilindi. Er. aw. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salauk va Kassandr o'zlarini podsho deb eiott qildilar. Er. aw. 301-yiIda Antigon^ 297-yilda Kassandr, 285-yilda Demetriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag, 281-yilda Salauk o'ldi. Iskandaming safdoshlari va bevosita merosxo'rlaridan so'nggi diadox bo'lgan Salaukning halokati bilan diadoxlar davri tugadi. Ularning o'rniga I Ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi. Iskandar vafotidan so'ng, uning eng yaqinlari diadoxlar o'rtasidagi 40 yillik urush natijasida Iskandar davlati xarobalarida 3 asosiy eng yirik podsholiklar Makedoniya (unga bo'ysundirilgan Yunoniston) Misr (Suriyaning janubiy qismi va Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari ellin davrida bir qancha katta-kichik davlatlar birlashmalari Peigam, Vifiniya, Pont. Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari mavjud edi.
Dostları ilə paylaş: |