Makon va zamon tushunchasi


Makonning ko‘p o‘lchovliligi



Yüklə 35,52 Kb.
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü35,52 Kb.
#165430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Makon va zamon tushunchasi-fayllar.org

Makonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli va kuchsiz, elektromagnit gravitatsion o‘zaro ta'sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovligi va vaqtning bir o‘lchovligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
yerda hayotning paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqt doirasida joylashgan alohida biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. Shu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar e'tiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning umumiyligi, ular universumning barcha strukturalarini qamrab olgan holda, mavjudligini anglatadi. Shu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, mikro- va megadunyoda, balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo‘lish shakllarini qayd etib o‘tish lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil qilinadi.
Makon va vaqtning metrik xossalari. Metrik xossalarga makon va vaqtning ko‘lamlilik, davomlilik kabi miqdor ko‘rsatkichlari kiradi. Ko‘lamlilik joy va o‘rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. O‘rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan koordinatsiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. Shunday qilib, biz makon tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart.
Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning boshqa parchalab bo‘lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o‘zi bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan ob'ekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida amal qiladi. Davomlilik – ob'ekt mavjudligining davomiyligi va saqlanishidir. Davomlilik voqyea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin.

Yüklə 35,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin