Amaliy mashg‘ulot. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Reja 1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi vauningmakroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Topshiriq №1
Jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib YaMM hajmini hisoblang. YaMM (kostyum ishlab chiqarish)ni qo‘shilgan qiymat asosi usulida aniqlang:
Ishlab chiqarish bosqichi
Mahsulot qiymati,
sh.p.b.
Qo‘shilgan qiymat,
sh.p.b.
1. Paxta yetishtirish
200
200
2. Ip kalava ishlab chiqarish
320
120
3. Mato ishlab chiqarish
480
160
4. Kostyum ishlab chiqarish
700
220
5. Kostyumlarni ulgurji savdo tashkilotlariga sotish
860
160
6. Kostyumni chakana savdo dukonlarda sotish
10 70
210
Topshiriq №2
1. Agar joriy davrda mamlakatda nominal YaIM hajmi 5678 trln so‘mni tashki qilib bu davrda bazis davrga nisbatan narxlar 12 % oshgan bo‘lsa, real YaIM hajmini hisoblang.
Topshiriq №3
1. Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib mamlakatning YaMM va SMM ko‘rsatkichlarini hisoblang. MD - 2150 sh.p. b, davlat tomonidan 350 sh.p. b.da soliq miqdori yig‘ib olindi, amortizatsiya ajratmalar 200 sh.p.b
Topshiriq №4
1. 2004 - 2005 yillarda mamlakatning YaMM 500 mlrd $ dan 600 mlrd $ gacha oshdi. Deflyator esa 125% dan 150% ni tashkil qildi. Real YaMM xajmi qanday o‘zgargan?