•
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el
raqobatidan himoya qiladi;
•
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi
va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va
h.k.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan
kamroq yo’qotishlar hisobiga ham erishsa bo’ladi degan fikrlar ham qaysidir
darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Dostları ilə paylaş: