18.1. To’lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi
dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U
mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta,
byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish
yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu
jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migrasiyasi ham to’lov balansida
o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va
valyuta operasiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon
bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va
xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan,
chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan
barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin.
To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
joriy operasiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operasiyalar. Shunga ko’ra
to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
1. Joriy operasiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operasiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus»,
import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operasiyalar hisobida
ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish -
import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta
ishlab topib, mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta
chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zahirasini
kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: