kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va
moliyaviy operasiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki
sharoitga bog’liq:
- zahiralarning mavjudligi;
- o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini
yo’qqa chiqarishi mumkin.
Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni
qisqacha qarab chiqamiz:
1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi.
2. Turlimamlakatlardadaromadlardagi nisbiy o’zgarishlar..
3. Bahodagi nisbiy o’zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari.
5. Spekulyasiya.
Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida
biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy
bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga
almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u
savdo sharoiti ham
deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega
.
Dostları ilə paylaş: