3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan
kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.