(M/P) D = k Y Bu yerda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb
nomlanadi.
8.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni
naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:
1.
transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);
2.
ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum
miqdorda naqd pullarni saqlash);
3.
spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib
olish uchun pulga talab).
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni
afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab
miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab
turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd
pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi.
Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab
turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning
uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq
ushlab turishga harakat qiladi.